Oliy ta'lim muassasasi

Andijon mashinasozlik instituti

Avtomatika va elektrotexnologiya, Mashinasozlik, Texnologiya, Andijon mashinasozlik instituti

Oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiyalash, ularni zamonaviy o‘quv va ilmiy-laboratoriya jihozlari bilan taʼminlash, yuqori malakali kadrlar tayyorlash yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini maqbullashtirish, taʼlim standartlarini takomillashtirish hisobiga taʼlim jarayonini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish, ilg‘or pedagogik texnologiyalar va o‘qitish shakllarini joriy etish, o‘qituvchi kadrlar mehnatini rag‘batlantirishni kuchaytirish asosida iqtisodiyot soha va tarmoqlarida talab qilingan oliy maʼlumotga ega mutaxassislarni tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash maqsadida:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining manfaatdor vazirliklari, idoralari va xo‘jalik birlashmalari bilan kelishilgan ixtisoslashuvini o‘zgartirish va qayta tashkil etish to‘g‘risidagi taklifga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ‑1533 sonli va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini Andijon mashinasozlik institutiga aylantirish to‘g‘risidagi 2011 yil 25 iyuldagi 214 sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 2011 yil 29 iyuldagi 319 sonli buyrug‘iga binoan Andijon muhandislik‑iqtisodiyot instituti negizida Andijon mashinasozlik instituti tashkil qilingan.

Andijon mashinasozlik instituti rektori vazifasida iqtisod fanlari doktori, professor Sotvoldiyev Abdulaziz Abdimo‘minovich, institut professori, tarix fanlari doktori Ulug‘bek Abdullayev, texnika fanlari doktori Ravshan Saydaxmedov, texnika fanlari nomzodi A.E.Teshaboev va Fizika matematika fanlari nomzodi, Ph.D. Doktor U.R.Salomovlar faoliyat ko‘rsatganlar.

2019 yil iyun oyidan buyon Andijon mashinasozlik instituti rektori vazifasida Turdialiyev Umid Muxtoraliyevich faoliyat olib bormoqda.

Andijon mashinasozlik institutida hozirgi kunda 5 ta fakultet mavjud bo‘lib, ular quyidagilar:

  • Avtomatika va elektrotexnika fakulteti.
  • Avtomobilsozlik fakulteti.
  • Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti.
  • Transport va logistika fakulteti.
  • Innovatsion taʼlim texnologiyalari fakulteti.

Bugungi kunga kelib, institutdagi mavjud “Mashinasozlik texnologiyasi”, “Avtomatika va elektrotexnika”, “Avtomobilsozlik”, “Transport va logistika” hamda “Innovatsion taʼlim texnologiyalari” fakultetlari negizida 16 ta bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari va 5 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda. O‘quv jarayonlari mavjud 18 ta kafedra asosida tashkil etilgan. 

Telefon:
(+998) 74-223-43-67
Sayt:
Pochta:
info@andmiedu.uz
Manzil:
Andijon viloyati, Andijon shahri, Bobur shoh ko‘chasi, 56- uy, pochta indeksi: 170119

Andijon mashinasozlik instituti Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma
1. Avtomobil servisi

15 / 60

103.95 77.7
2. Avtomobilsozlik va traktorsozlik

5 / 45

119.7 72.45
3. Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

5 / 45

131.25 77.7
4. Biotibbiyot muhandisligi

5 / 20

126 112.35
5. Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)

5 / 20

140.7 106.05
6. Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)

5 / 20

106.05 74.55
7. Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (tarmoqlar bo‘yicha)

10 / 40

100.8 73.5
8. Energiya mashinasozligi (tarmoqlar bo‘yicha)

5 / 20

98.7 75.6
9. Energiya tejamkorligi va energoaudit

20 / 55

87.15 67.2
10. Intellektual muhandislik tizimlari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

5 / 20

100.8 67.2
11. Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

5 / 20

133.35 103.95
12. Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish

20 / 30

108.15 80.85
13. Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (tarmoqlar bo‘yicha)

10 / 40

84 70.35
14. Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi (tarmoqlar bo‘yicha)

10 / 40

84 67.2
15. Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

5 / 20

138.6 101.85
16. Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo‘yicha)

15 / 35

85.05 69.3
17. Mexatronika va robototexnika

10 / 15

114.45 79.8
18. Muqobil energiya manbalari (turlari bo‘yicha)

5 / 20

86.1 68.25
19. Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha)

15 / 35

94.5 71.4
20. Texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoqlar bo‘yicha)

15 / 35

85.05 70.35
21. Transport logistikasi (transport turlari bo‘yicha)

10 / 15

124.95 90.3
22. Transport vositalari muhandisligi (turlari bo‘yicha)

10 / 40

105 71.4
23. Yo‘l harakatini tashkil etish

5 / 20

111.3 78.75