Oliy ta'lim muassasasi

Farg‘ona politexnika instituti

Mexanika, Qurilish, Kimyo-texnologiya, Ishlab chiqarishda boshqaruv, Farg‘ona politexnika instituti

Farg‘ona politexnika instituti 1967 yilda sobiq Ittifoq Ministrlar Sovetining 1963 yil 9 may № 533-raqamli Qarori va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 1967 yil 14 iyun № 251-a hamda 1967 yil 21 avgust № 330-raqamli buyruqlari asosida tashkil qilingan. Hozirgi kunda institutda 6629 nafar talaba tahsil olmoqda va ularga 400 dan ortiq professor-o‘qituvchilar dars berib kelmoqdalar.

Institutning 25 ta kafedrasini o‘z ichiga olgan 5 ta fakultetda va magistratura bo‘limida 10 ta taʼlim yo‘nalishlarida 32 ta bakalavriat taʼlim yo‘nalishlarida mutaxassislar tayyorlanmoqda. Farg‘ona politexnika instituti moddiy texnik bazasi tarkibida o‘quv-auditoriya xonalarining soni 327 tani tashkil etib, umumiy maydoni 14.9 gektardan iborat. Bir talabaga to‘g‘ri keladigan foydali maydon 6.2 m2 tashkil etmoqda. Institutda 22 ta kompyuter zallari va Axborot resurs markazlarida 2 ta kompyuter zallari tashkil etilgan bo‘lib, institut bo‘yicha jami 774 ta kompyuter o‘rnatilgan va ularning 420 tasi internet tarmog‘iga ulangan. Institutda 600 o‘ringa mo‘ljallangan ovqatlanish majmuasi va 70 o‘ringa mo‘ljallangan 3 ta bufet faoliyat ko‘rsatmoqda. Institutning 5 ta talabalar turar joyi mavjud bo‘lib, ularda 1000 dan ortiq talaba yashaydi.

Telefon:
(+998) 73-241-12-06
Sayt:
Pochta:
ferpi_info@edu.uz
Manzil:
Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahri, Farg‘ona ko‘chasi, 86- uy, pochta indeksi: 150107

Farg‘ona politexnika instituti Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma