Oliy ta'lim muassasasi

Farg‘ona politexnika instituti

Mexanika, Qurilish, Kimyo-texnologiya, Ishlab chiqarishda boshqaruv, Farg‘ona politexnika instituti

Farg‘ona politexnika instituti 1967 yilda sobiq Ittifoq Ministrlar Sovetining 1963 yil 9 may № 533-raqamli Qarori va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 1967 yil 14 iyun № 251-a hamda 1967 yil 21 avgust № 330-raqamli buyruqlari asosida tashkil qilingan. Hozirgi kunda institutda 6629 nafar talaba tahsil olmoqda va ularga 400 dan ortiq professor-o‘qituvchilar dars berib kelmoqdalar.

Institutning 25 ta kafedrasini o‘z ichiga olgan 5 ta fakultetda va magistratura bo‘limida 10 ta taʼlim yo‘nalishlarida 32 ta bakalavriat taʼlim yo‘nalishlarida mutaxassislar tayyorlanmoqda. Farg‘ona politexnika instituti moddiy texnik bazasi tarkibida o‘quv-auditoriya xonalarining soni 327 tani tashkil etib, umumiy maydoni 14.9 gektardan iborat. Bir talabaga to‘g‘ri keladigan foydali maydon 6.2 m2 tashkil etmoqda. Institutda 22 ta kompyuter zallari va Axborot resurs markazlarida 2 ta kompyuter zallari tashkil etilgan bo‘lib, institut bo‘yicha jami 774 ta kompyuter o‘rnatilgan va ularning 420 tasi internet tarmog‘iga ulangan. Institutda 600 o‘ringa mo‘ljallangan ovqatlanish majmuasi va 70 o‘ringa mo‘ljallangan 3 ta bufet faoliyat ko‘rsatmoqda. Institutning 5 ta talabalar turar joyi mavjud bo‘lib, ularda 1000 dan ortiq talaba yashaydi.

Telefon:
(+998) 73-241-12-06
Sayt:
Pochta:
ferpi_info@edu.uz
Manzil:
Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahri, Farg‘ona ko‘chasi, 86- uy, pochta indeksi: 150107

Farg‘ona politexnika instituti Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma
1. Arxitektura (turlari bo‘yicha)

10 / 20

121.8 96.6
2. Bino va inshootlar qurilishi (turlari bo‘yicha)

35 / 65

92.4 72.45
3. Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)

9 / 31

148.05 106.05
4. Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)

20 / 80

115.5 76.65
5. Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (tarmoqlar bo‘yicha)

20 / 30

99.75 74.55
6. Elektronika va asbobsozlik (tarmoqlar bo‘yicha)

15 / 35

89.25 70.35
7. Energetika (tarmoqlar bo‘yicha)

20 / 30

102.9 77.7
8. Energiya tejamkorligi va energoaudit

20 / 55

94.5 66.15
9. Funksional ovqatlanish va bolalar mahsulotlari texnologiyasi

10 / 15

99.75 87.15
10. Geodeziya, kartografiya va kadastr (funksiyalari bo‘yicha)

25 / 50

105 85.05
11. Intellektual muhandislik tizimlari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

5 / 20

117.6 71.4
12. Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

4 / 36

166.95 112.35
13. Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha)

20 / 105

92.4 69.3
14. Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish

25 / 100

100.8 73.5
15. Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (qurilish)

5 / 20

84 68.25
16. Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi (tarmoqlar bo‘yicha)

3 / 10

96.6 74.55
17. Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

4 / 36

149.1 102.9
18. Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo‘yicha)

20 / 30

87.15 71.4
19. Mexatronika va robototexnika

5 / 20

130.2 73.5
20. Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (turlari bo‘yicha)

20 / 55

88.2 69.3
21. Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi

3 / 10

116.55 77.7
22. Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha)

25 / 75

111.3 96.6
23. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha)

20 / 55

101.85 77.7
24. Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish

20 / 55

90.3 73.5
25. Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi (xomashyo va jarayon turlari bo‘yicha)

20 / 30

79.8 69.3
26. Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha)

20 / 35

88.2 70.35
27. Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari

7 / 30

100.8 72.45
28. Texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoqlar bo‘yicha)

25 / 100

94.5 67.2
29. Transport vositalari muhandisligi (turlari bo‘yicha)

35 / 90

102.9 70.35
30. Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha)

25 / 100

90.3 67.2
31. Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha)

30 / 70

80.85 66.15