Oliy ta'lim muassasasi

Guliston davlat universiteti

Tabiatshunoslik, Ijtimoiy- iqtisodiy, Pedagogika, Fizika- matematika, Chet tillari, Jismoniy tarbiya, Guliston davlat universiteti

Guliston davlat universiteti tarixi

Hozirgi Guliston davlat universiteti 1965- yilda ilk marta ish boshlagan Sirdaryo davlat pedagogika instituti (SDPI) negizida tashkil etilgan. Ko‘pmillatli ko‘hna Mirzacho‘l hududida o‘zbek, qozoq, rus, tojik maktablari mavjud bo‘lib, ularda pedagoglar, fan mutaxassislari yetishmasligi o‘lkada oliy taʼlim muassasasining tashkil etilishiga asos bo‘lgan. Dastlabki yili institutda 1ta fakultet (filologiya)ga 400 nafar talaba qabul qilingan. Jami 5ta kafedra mavjud bo‘lgan. Kadrlarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib, fakultetda o‘zbek, rus, qozoq tili va adabiyoti, xorijiy tillar bo‘limlari ochilgan. Dastlabki yili institutda 30 nafar o‘qituvchi (shundan 5 nafar fan nomzodi) faoliyat yuritgan.

Birinchi o‘n yillikda institutning poydevori qurilib, yangi fakultetlar : matematika, fizika, jismoniy tarbiya, sirtqi bo‘limlar, kutubxonachilik, boshlang‘ich taʼlim, tarix yo‘nalishlari ochildi. 1976- yilgacha institut xalq xo‘jaligiga va taʼlim tizimiga 3200 mutaxassis tayyorlab bergan. Ilmiy darajasi bor o‘qituvchilar 5 nafardan 39 nafarga yetgan. Anqoboy Quljonov, Xudoyberdi Doniyorovlar institut dargohida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Ikkinchi o‘n yillikda dars jarayonlarini texnik vositalar bilan taʼminlashga asosiy eʼtibor qaratilgan. Jumladan, telemarkazning ishga tushishi, texnik vositalar orqali dars o‘tish, teleekranlarda namoyish qilish orqali kirish imtihonlari, davlat imtihonlari qabul qilish tajribasi respublikadagina emas, sobiq sho‘ro davlatida ham katta qiziqish uyg‘otgan. Fakultetlar safiga pedagogika, hamda tarix va boshlang‘ich taʼlim uslubiyati fakulteti ham qo‘shilgan, biologiya yo‘nalishi bo‘lim sifatida ochilgan. Ilmiy salohiyat ham o‘sgan. 1 ta doktorlik, 25 ta nomzodlik dissertatsiyasi yoqlangan.

Uchinchi o‘n yillik Guliston shahrida hozirgi universitet yangi binosi qurib bitkazilishi bilan yodda qoldi. Yorug‘ va shinam o‘quv xonalari, zamonaviy usulda jihozlangan kabinetlar, laboratoriyalar, kafedralar har qanday taraqqiy topgan xorijiy davlat ham havas qilsa arzigulik holda edi.

Guliston davlat universiteti mustaqillik yillarida

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, kadrlar tayyorlash, taʼlim-tarbiya jarayonlarini takomillashtirishga katta eʼtibor berila boshladi. Milliy hurriyat eʼlon qilinganiga yarim yil ham o‘tmay, aniqrog‘i 1992- yilning fevralida bir qator viloyatlarda, jumladan, Sirdaryo viloyatida ham universitet tashkil etish haqida qaror qabul qilindi.

Bugungi kunda universitetda beshta: Filologiya, Fizika-matematika, Pedagogika, Tabiatshunoslik va Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetlari va 21 ta kafedra faoliyat ko‘rsatayapti.

Ayni vaqtda universitet bo‘yicha jami 4 ming 953 nafar talaba bilim olayotgan bo‘lib, ularga 402 nafar professor-o‘qituvchi taʼlim bermoqda. . Professor-o‘qituvchilarning 7 nafari fan doktori va 100 dan ortig‘i fan nomzodi hisoblanadi. Talabalarning chuqur va har tomonlama bilim olishlari uchun zarur moddiy-texnika bazasi ortig‘i bilan yaratilgan. Axborot resurs markazining maʼlumotlar bazasida 4 mingdan ortiq elektron kitob va o‘quv qo‘llanmalari mavjud. Bundan tashqari talabalar universitet veb sahifasidan barcha kerakli maʼlumotlarni olish imkoniyatiga ega. Universitet veb sahifasiga darsliklar, maʼruza matnlari, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va boshqa maʼlumotlar joylashtirilgan.

Universitetda dunyoning nufuzli taʼlim dargohlaridagi kabi laboratoriyalarning rivojlanishiga ham katta eʼtibor berilmoqda. Mavjud laboratoriyalarning umumiy maydoni 2008 kvadrat metrni tashkil etadi. Bu har bir talabaga 4.5 kvadrat metr to‘g‘ri kelishini bildiradi. Hammasi bo‘lib 25 ta o‘quv xonasi laboratoriya sifatida jihozlangan, 1 ta o‘quv xonasiga lingafon tizimi joriy etilgan.

Talabalarning Internet tarmog‘idan foydalanishi va universitet doirasida lokal elektron kutubxonani tatbiq etish uchun keng masshtabli ishlar amalga oshirilmoqda. Universitetda 30 ta kompyuter sinfi bo‘lib, ularda 700 dan ortiq kompyuter mavjud, shundan 400 tasi internet tarmog‘iga ulangan. Bu har 7 nafar talabaga 1 ta kompyuter to‘g‘ri kelishini ko‘rsatadi.

Ayni kunlarda universitetda 8 ta fakultet, 27 kafedra 450 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatmoqda. Universitetda so‘ngi to‘rt yilda 2 ta yangi fakultet, 6 ta yangi kafedra, 10 dan ortiq yangi yo‘nalishlar ochildi. Shuningdek, 10 ta magistratura yo‘nalishlari tashkil etildi. Universitetning kunduzgi, sirtqi, kechki bo‘limlarida 13 770 nafar bakalavr va magistrlar tahsil olmoqdalar. So‘ngi 3 yilda 32 nafar dissertatsiya himoyalari bo‘lib o‘tdi.

Telefon:
(+998) 67-225-40-42
Sayt:
guldu.uz
Pochta:
glsu_info@edu.uz
Manzil:
Sirdaryo viloyati, Guliston shahri, 4- mittitumani, pochta indeksi: 100031

Guliston davlat universiteti Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma
1. Agrokimyo va agrotuproqshunoslik

Biologiya / Kimyo

10 / 40

101.6 70.7
2. Agronomiya: anorchilik

Biologiya / Kimyo

10 / 40

80.7 58.8
3. Amaliy matematika

Matematika / Fizika

20 / 55

120.9 79.2
4. Amaliy san'at: badiiy kulolchilik

Ijodiy (kasbiy) / Ijodiy (kasbiy)

5 / 20

136.9 74.7
5. Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

Matematika / Fizika

20 / 55

95.7 69.4
6. Biologiya (turlari bo‘yicha)

Biologiya / Kimyo

30 / 45

127.9 116.2
7. Biotexnologiya (tarmoqlar bo‘yicha)

Biologiya / Kimyo

10 / 40

122.6 104.8
8. Biznesni boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha)

Matematika / Chet tili

5 / 20

128.6 86.4
9. Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)

Matematika / Chet tili

5 / 20

137.7 97.9
10. Cholg‘u ijrochiligi: xalq cholg‘ulari (rubob prima, qashqar va afg‘on rubobi)

Ijodiy (kasbiy) / Ijodiy (kasbiy)

5 / 20

168.5 80.6
11. Davolash ishi

Biologiya / Kimyo

12 / 35

153.8 140.3
12. Davolash ishi-Guliston shahri

Biologiya / Kimyo

3 / 0

132 0
13. Dizayn: interyerni loyihalash

Ijodiy (kasbiy) / Ijodiy (kasbiy)

5 / 20

129.8 73.2
14. Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi

Biologiya / Kimyo

10 / 40

102 83.7
15. Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

Kimyo / Biologiya

10 / 40

94.9 72.3
16. Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili

Ingliz tili / Ona tili va adabiyoti

5 / 20

174.1 153.9
17. Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili

O‘zbek tili va adabiyoti / Chet tili

30 / 70

140.4 118.5
18. Fizika

Fizika / Matematika

30 / 45

91.8 69.5
19. Geodeziya, kartografiya va kadastr (funksiyalari bo‘yicha)

Matematika / Fizika

10 / 15

84.2 69.3
20. Geografiya

Geografiya / Matematika

15 / 35

100 70.2
21. Ijtimoiy ish: oila va bolalar bilan ishlash

Biologiya / Ona tili va adabiyoti

4 / 40

105.9 78.7
22. Ijtimoiy ish: oila va bolalar bilan ishlash-Jizzax viloyati

Biologiya / Ona tili va adabiyoti

2 / 0

0 0
23. Ijtimoiy ish: oila va bolalar bilan ishlash-Sirdaryo viloyati

Biologiya / Ona tili va adabiyoti

2 / 0

0 0
24. Ijtimoiy ish: oila va bolalar bilan ishlash-Toshkent viloyati

Biologiya / Ona tili va adabiyoti

2 / 0

0 0
25. Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

Matematika / Chet tili

10 / 40

145.9 103
26. Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish

Biologiya / Kimyo

10 / 15

75.8 62
27. Kimyo (turlari bo‘yicha)

Kimyo / Matematika

30 / 45

79.1 66.2
28. Matematika

Matematika / Fizika

35 / 40

126.5 94.6
29. Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi (tarmoqlar bo‘yicha)

Matematika / Fizika

10 / 15

68.3 63
30. Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

Matematika / Chet tili

5 / 20

133.2 92.2
31. Meva-sabzavotchilik va uzumchilik

Biologiya / Kimyo

20 / 30

70.3 58.9
32. Moliya va moliyaviy texnologiyalar

Matematika / Chet tili

5 / 20

118.6 80
33. Muqobil energiya manbalari (turlari bo‘yicha)

Fizika / Matematika

10 / 40

68.2 59.2
34. Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha)

Kimyo / Biologiya

10 / 40

76.1 64.6
35. O‘simliklar karantini va himoyasi

Kimyo / Biologiya

10 / 15

69.4 62
36. Pediatriya ishi

Biologiya / Kimyo

12 / 35

148.5 138.4
37. Pediatriya ishi-Guliston shahri

Biologiya / Kimyo

3 / 0

129.9 0
38. Psixologiya: amaliy psixologiya

Biologiya / Ona tili va adabiyoti

20 / 30

104.9 84.9
39. Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish

Matematika / Fizika

10 / 40

68.1 56.9
40. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha)

Kimyo / Biologiya

10 / 40

73.7 62.1
41. Rangtasvir: dastgohli

Ijodiy (kasbiy) / Ijodiy (kasbiy)

5 / 20

143.7 109.5
42. Sport faoliyati: basketbol

Ijodiy (kasbiy) / Ijodiy (kasbiy)

6 / 14

86.7 57.4
43. Sport faoliyati: futbol

Ijodiy (kasbiy) / Ijodiy (kasbiy)

6 / 14

120.6 97.2
44. Sport faoliyati: kurash

Ijodiy (kasbiy) / Ijodiy (kasbiy)

6 / 14

113.9 69.3
45. Sport faoliyati: qo‘l to‘pi

Ijodiy (kasbiy) / Ijodiy (kasbiy)

6 / 14

69.3 58.8
46. Sport faoliyati: voleybol

Ijodiy (kasbiy) / Ijodiy (kasbiy)

6 / 14

94.6 57.2
47. Suv xo‘jaligi va melioratsiya

Matematika / Fizika

5 / 20

68.5 56.8
48. Suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish

Matematika / Fizika

5 / 20

68.7 56.8
49. Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi (xomashyo va jarayon turlari bo‘yicha)

Fizika / Matematika

10 / 40

68.4 57.8
50. Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)

Tarix / Geografiya

15 / 35

159.3 124.6
51. Vokal san'ati: an'anaviy xonandalik

Ijodiy (kasbiy) / Ijodiy (kasbiy)

5 / 20

164.3 100.3
52. Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha)

Matematika / Fizika

10 / 40

69.6 59.7