Oliy ta'lim muassasasi

Namangan muhandislik-texnologiya instituti

Kimyo texnologiya, Muhandislik-texnologiya, Yengil sanoat texnologiyasi, Namangan muhandislik-texnologiya instituti

Namangan muhandislik-texnologiya instituti mustaqil O‘zbekiston Respublikasining ko‘zga ko‘ringan ilm va ziyo maskani bo‘lib, hozirgi Markaziy Osiyo davlatlari oliy o‘quv yurtlari orasida munosib o‘rin tutadi. Chunki institutning kechgan 45 yildan ziyodroq tarixi O‘zbekistondagina emas, butun Markaziy Osiyo, balki undan ham kengroq, jo‘g‘rofiy mintaqadagi mutaxassis kadrlar tarbiya topgan nufuzli maskan — Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining shonli yo‘li bilan chambarchas bog‘liqdir. Zero mazkur institutga 1968-yilda asos solingan edi. Binobarin 60-yillarning oxirida Namanganda va butun Farg‘ona vodiysida to‘qimachilik va yengil sanoatni keskin rivojlantirish, unga ko‘proq malakali mutaxassis kadrlar yetishtirish masalasi bo‘yicha katta ehtiyoj sezilardi. Bu ehtiyoj asosida yirik institut shaxobchasining ochilishi o‘sha davr uchun g‘oyat muhim ijtimoiy va madaniy hodisa bo‘ldi.

1977 yilga kelib, bu o‘quv-maslahat punkti umumtexnika fakultetiga aylantirildi. Shu davr ichida Namangan shoyi va kostyumbop gazlamalar kombinati (hozirgi Namangan tekstil ishlab chiqarish hissadorlik jamiyati) otalig‘idagi 2-kichik tumanda yangi qurilgan o‘quv binosiga ko‘chib o‘tdi. Bu 4 qavatli binoda o‘quv-tajriba ishlarini nisbatan keng va mazmunliroq tashkil etish imkoniyati yaratildi. Fakultetga fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Xusanov Xamidulla Sultonovich dekan etib tayinlandi. Uning sa’yi-harakatlari bilan ilm dargohida sezilarli o‘zgarishlar qilindi. Talabalar soni 500 kishiga yetdi. Ularga ta’lim bergan professor-o‘qituvchilardan 6 kishi fan nomzodlari va katta o‘qituvchilar edi.

1981-yili umumtexnika fakulteti Toshkentdagi bosh institutning shaxobchasiga aylantirildi. Bu vaqtga kelib talabalar soni jami 750 kishiga yetdi. Shaxobchaga o‘shanda t.f.n., dotsent Ahmadxo‘jayev Xamid Tursunovich boshliq bo‘ldi. Unga asosan to‘quvchilik va yigiruvchilik mutaxassisliklari bo‘yicha yoshlar qabul qilindi. 1984-yildan kechki va sirtqi bo‘limlarda “To‘quvchilik, paxta va-kimyoviy tolalarni yigirish”, “To‘qimachilik mashina va apparatlari” mutaxassisliklari bo‘yicha dastlabki diplom ishlari Namanganda himoya qilindi.

Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 20 maydagi “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-1533-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25 iyuldagi 212-sonli qaroriga asosan, Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti (NamMII) Namangan muhandislik-texnologiya instituti (NamMTI) ga aylantirildi.

Telefon:
(+998) 69-228-76-71
Sayt:
Pochta:
niei_info@edu.uz
Manzil:
Namangan viloyati, Namangan shahri, Kosonsoy ko‘chasi, 7- uy, pochta indeksi: 160115

Namangan muhandislik-texnologiya instituti Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma