Oliy ta'lim muassasasi

Namangan muhandislik-texnologiya instituti

Kimyo texnologiya, Muhandislik-texnologiya, Yengil sanoat texnologiyasi, Namangan muhandislik-texnologiya instituti

Namangan muhandislik-texnologiya instituti mustaqil O‘zbekiston Respublikasining ko‘zga ko‘ringan ilm va ziyo maskani bo‘lib, hozirgi Markaziy Osiyo davlatlari oliy o‘quv yurtlari orasida munosib o‘rin tutadi. Chunki institutning kechgan 45 yildan ziyodroq tarixi O‘zbekistondagina emas, butun Markaziy Osiyo, balki undan ham kengroq, jo‘g‘rofiy mintaqadagi mutaxassis kadrlar tarbiya topgan nufuzli maskan — Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining shonli yo‘li bilan chambarchas bog‘liqdir. Zero mazkur institutga 1968-yilda asos solingan edi. Binobarin 60-yillarning oxirida Namanganda va butun Farg‘ona vodiysida to‘qimachilik va yengil sanoatni keskin rivojlantirish, unga ko‘proq malakali mutaxassis kadrlar yetishtirish masalasi bo‘yicha katta ehtiyoj sezilardi. Bu ehtiyoj asosida yirik institut shaxobchasining ochilishi o‘sha davr uchun g‘oyat muhim ijtimoiy va madaniy hodisa bo‘ldi.

1977 yilga kelib, bu o‘quv-maslahat punkti umumtexnika fakultetiga aylantirildi. Shu davr ichida Namangan shoyi va kostyumbop gazlamalar kombinati (hozirgi Namangan tekstil ishlab chiqarish hissadorlik jamiyati) otalig‘idagi 2-kichik tumanda yangi qurilgan o‘quv binosiga ko‘chib o‘tdi. Bu 4 qavatli binoda o‘quv-tajriba ishlarini nisbatan keng va mazmunliroq tashkil etish imkoniyati yaratildi. Fakultetga fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Xusanov Xamidulla Sultonovich dekan etib tayinlandi. Uning sa’yi-harakatlari bilan ilm dargohida sezilarli o‘zgarishlar qilindi. Talabalar soni 500 kishiga yetdi. Ularga ta’lim bergan professor-o‘qituvchilardan 6 kishi fan nomzodlari va katta o‘qituvchilar edi.

1981-yili umumtexnika fakulteti Toshkentdagi bosh institutning shaxobchasiga aylantirildi. Bu vaqtga kelib talabalar soni jami 750 kishiga yetdi. Shaxobchaga o‘shanda t.f.n., dotsent Ahmadxo‘jayev Xamid Tursunovich boshliq bo‘ldi. Unga asosan to‘quvchilik va yigiruvchilik mutaxassisliklari bo‘yicha yoshlar qabul qilindi. 1984-yildan kechki va sirtqi bo‘limlarda “To‘quvchilik, paxta va-kimyoviy tolalarni yigirish”, “To‘qimachilik mashina va apparatlari” mutaxassisliklari bo‘yicha dastlabki diplom ishlari Namanganda himoya qilindi.

Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 20 maydagi “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-1533-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25 iyuldagi 212-sonli qaroriga asosan, Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti (NamMII) Namangan muhandislik-texnologiya instituti (NamMTI) ga aylantirildi.

Telefon:
(+998) 69-228-76-71
Sayt:
Pochta:
niei_info@edu.uz
Manzil:
Namangan viloyati, Namangan shahri, Kosonsoy ko‘chasi, 7- uy, pochta indeksi: 160115

Namangan muhandislik-texnologiya instituti Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma
1. Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti

Matematika / Fizika

15 / 35

70.6 59.2
2. Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

Matematika / Fizika

20 / 30

79.9 64.1
3. Axborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha)

Matematika / Fizika

20 / 30

81.8 61.2
4. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta’limi

Matematika / Fizika

5 / 20

94.5 61.2
5. Biotexnologiya (tarmoqlar bo‘yicha)

Biologiya / Kimyo

20 / 30

104.9 92.2
6. Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)

Matematika / Chet tili

7 / 18

123.6 89.4
7. Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)

Matematika / Fizika

30 / 70

83.8 63
8. Elektron apparaturalar ishlab chiqarish texnologiyasi

Fizika / Matematika

10 / 15

0 56.7
9. Energiya tejamkorligi va energoaudit

Matematika / Fizika

10 / 15

68.1 57.7
10. Funksional ovqatlanish va bolalar mahsulotlari texnologiyasi

Kimyo / Biologiya

10 / 15

83.8 65.1
11. Intellektual muhandislik tizimlari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

Fizika / Matematika

10 / 15

68.3 56.9
12. Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

Matematika / Chet tili

10 / 40

134.6 93.4
13. Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha)

Kimyo / Matematika

30 / 70

68.3 57.1
14. Logistika (yo‘nalishlar bo‘yicha)

Matematika / Chet tili

10 / 40

88.7 61.2
15. Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

Matematika / Chet tili

5 / 45

120.8 72.5
16. Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish

Matematika / Fizika

10 / 15

71.6 65.3
17. Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (tarmoqlar bo‘yicha)

Kimyo / Matematika

15 / 35

0 56.7
18. Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

Matematika / Chet tili

10 / 40

103.6 71
19. Metallar texnologiyalari (jarayon turlari bo‘yicha)

Matematika / Fizika

10 / 15

74.9 56.9
20. Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo‘yicha)

Fizika / Matematika

15 / 35

68.3 56.7
21. Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi

Kimyo / Matematika

10 / 15

69.3 57.6
22. Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha)

Kimyo / Biologiya

23 / 52

75.5 63.1
23. O‘rmonchilik (o‘rmonchilar va ularning farzandlari uchun)

Biologiya / Kimyo

4 / 0

0 0
24. O‘rmonchilik va aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirish

Biologiya / Kimyo

16 / 30

72.3 62.1
25. Qishloq xo‘jaligida innovatsion texnika va texnologiyalarni qo‘llash

Matematika / Fizika

15 / 35

69.3 56.7
26. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha)

Kimyo / Biologiya

30 / 70

68.1 56.8
27. Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha)

Fizika / Matematika

15 / 35

71.4 58
28. Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari

Matematika / Fizika

25 / 50

68.1 56.7
29. Texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoqlar bo‘yicha)

Matematika / Fizika

30 / 95

68.1 56.7
30. Transportda tashishni tashkil etish va boshqarish (transport turlari bo‘yicha)

Matematika / Fizika

10 / 15

68.2 61
31. Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha )

Tarix / Chet tili

10 / 15

145.9 129.9
32. Yog‘lar, efir moylari va parfumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi

Kimyo / Biologiya

10 / 15

68.7 59