Oliy ta'lim muassasasi

Nukus davlat pedagogika instituti

Tarix, Filologiya, Tabiatshunoslik, Jismoniy tarbiya, Fizika-matemetika, Maktabgacha ta’lim, Boshlang‘ich ta’lim, Qoraqalpoq tili va adabiyoti, Nukus davlat pedagogika instituti

Nukus davlat pedagogika instituti O‘zbekistonning shimoliy hududidagi ilk oliy o‘quv yurtlaridan bo‘lib, u 1934 yili o‘sha vaqtda gi poytaxt hisoblangan To‘rtko‘l shahrida tashkil qilingan. Pedinstitut uzoq yillar davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq taʼlimi sohasi uchun kadrlar tayyorlab kelgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasining ko‘pchilik davlat arboblari, jumladan, xalq xo‘jaligi, madaniyat va fan arboblari turli yillarda pedagogika institutida tahsil olgan. Nukus davlat pedagogika instituti bitiruvchilari O‘zbekistonning turli viloyatlarida, shuningdek, Turkmaniston, Qozog‘iston va chet davlatlarda faoliyat yuritmoqda. Institutimiz bitiruvchilari safida 6 nafar akademik, 5 nafar O‘zbekiston Qahramonlari bor ekanligidan faxrlanamiz. 1976 yil Qoraqalpoq davlat pedagogika instituti bazasida Nukus davlat universiteti tashkil etilgan.

1991 yilda qayta tashkil etilgan Nukus davlat pedagogika instituti esa O‘zbekistonda pedagogik kadrlar tayyorlash va taʼlim sifatini yuksaltirish borasida taraqqiy etayotgan yangi yondashuvning o‘ziga xos bir ko‘rinishidir. 1992 yildan eʼtiboran institut qoraqalpoq xalqi eʼzozlagan buyuk alloma-shoir Ajiniyoz nomi bilan atalib kelmoqda. Hozirgi kunga kelib institutda 9ta fakultet va 1 magistratura bo‘limi 21 ta bakalavriat yo‘nalishi va 7 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha yuqori malakali pedagoglar tayyorlanmoqda. Shuningdek, 3 ta mutaxassislik bo‘yicha tayanch doktorantura mavjud. Institut olimlari xalq tarixi va etnik tarkibi, arxeologiya va etnografiya, Orol dengizining qurishi oqibatida hududning flora va faunasiga taʼsiri, til va adabiyot, qoraqalpoq xalqining yozma va og‘zaki yodgorliklarini o‘rganish borasida chuqur ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

Telefon:
(+998) 61-229-40-75
Sayt:
www.ndpi.uz
Pochta:
nkspi_info@edu.uz
Manzil:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, P.Seytov ko‘chasi, raqamsiz uy

Nukus davlat pedagogika instituti Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma
1. Biologiya

Biologiya / Kimyo

14 / 25

119.6 113.3
2. Biologiya-To'rtko'l tumani

Biologiya / Kimyo

1 / 0

109.2 0
3. Boshlang‘ich ta’lim

Ona tili va adabiyoti / Matematika

6 / 25

148.6 104.9
4. Boshlang‘ich ta’lim-Bo‘zatov tumani

Ona tili va adabiyoti / Matematika

1 / 0

109.8 0
5. Fizika va astronomiya

Fizika / Matematika

13 / 25

82.8 62.9
6. Fizika va astronomiya-Mo'ynoq tumani

Fizika / Matematika

1 / 0

94.1 0
7. Fizika va astronomiya-Taxtako'pir tumani

Fizika / Matematika

1 / 0

71.5 0
8. Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari

Geografiya / Matematika

11 / 25

96.3 67.8
9. Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari-Mo'ynoq tumani

Geografiya / Matematika

1 / 0

100.3 0
10. Jismoniy madaniyat

Ijodiy (kasbiy) / Ijodiy (kasbiy)

16 / 35

139.6 118.1
11. Jismoniy madaniyat (xotin-qizlar sporti yo‘nalishi bo‘yicha)

Ijodiy (kasbiy) / Ijodiy (kasbiy)

4 / 17

107.5 58.4
12. Kimyo

Kimyo / Matematika

13 / 25

68 57.6
13. Kimyo-Ellikqal'a tumani

Kimyo / Matematika

1 / 0

0 0
14. Kimyo-Taxtako'pir tumani

Kimyo / Matematika

1 / 0

0 0
15. Maktabgacha ta’lim

Biologiya / Ona tili va adabiyoti

12 / 35

116.7 86.5
16. Maktabgacha va boshlang‘ich ta'limda jismoniy tarbiya va sport

Ijodiy (kasbiy) / Ijodiy (kasbiy)

4 / 8

98.4 86.4
17. Matematika va informatika

Matematika / Fizika

19 / 40

123.7 84.2
18. Matematika va informatika-Mo'ynoq tumani

Matematika / Fizika

2 / 0

118.2 0
19. Matematika va informatika-Taxtako'pir tumani

Matematika / Fizika

1 / 0

108.1 0
20. Matematika va informatika-To'rtko'l tumani

Matematika / Fizika

1 / 0

89.2 0
21. Maxsus pedagogika : logopediya

Biologiya / Ona tili va adabiyoti

29 / 75

119.3 86.1
22. Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi

Tarix / Ona tili va adabiyoti

3 / 9

153 116.1
23. Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi-Ellikqal'a tumani

Tarix / Ona tili va adabiyoti

1 / 0

85.5 0
24. Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi-Mo'ynoq tumani

Tarix / Ona tili va adabiyoti

1 / 0

126.9 0
25. Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi-To'rtko'l tumani

Tarix / Ona tili va adabiyoti

1 / 0

136.4 0
26. Musiqa ta'limi

Ijodiy (kasbiy) / Ijodiy (kasbiy)

9 / 39

123.4 61.5
27. Ona tili va adabiyot: qoraqalpoq tili va adabiyot

Qoraqalpoq tili va adabiyoti / Tarix

30 / 50

122.8 93.2
28. Pedagogika

Tarix / Ona tili va adabiyoti

7 / 37

137.7 97.7
29. Pedagogika-Ellikqal'a tumani

Tarix / Ona tili va adabiyoti

1 / 0

84.3 0
30. Pedagogika-To'rtko'l tumani

Tarix / Ona tili va adabiyoti

1 / 0

90.1 0
31. Tarix

Tarix / Geografiya

9 / 25

151 131.2
32. Tarix-To'rtko'l tumani

Tarix / Geografiya

3 / 0

120.6 0
33. Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi

Ijodiy (kasbiy) / Ijodiy (kasbiy)

9 / 30

104.6 59.5
34. Texnologik ta’lim

Fizika / Matematika

7 / 20

77.8 62.1
35. Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili

Ingliz tili / Ona tili va adabiyoti

11 / 60

147.4 66.7
36. Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili-Bo‘zatov tumani

Ingliz tili / Ona tili va adabiyoti

1 / 0

106.5 0
37. Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili-To'rtko'l tumani

Ingliz tili / Ona tili va adabiyoti

3 / 0

68 0