Oliy ta'lim muassasasi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

Rus filologiyasi, Birinchi Ingliz tili, Ikkinchi Ingliz tili, Uchinchi Ingliz tili, Roman-german filologiyasi, Tarjima nazariyasi va amaliyoti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O‘zDJTU) 1949 yilda Toshkent chet tillari pedagogika instituti nomi bilan faoliyatini boshlagan. Universitet 70 yillik tarixga ega.

1992 yili Toshkent chet tillari pedagogika instituti hamda Respublika Rus tili va adabiyoti instituti birlashib, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti maqomiga ega bo‘ldi.

Bugungi kunda universitetda 9 000 ga yaqin talaba 20 ga yaqin xorijiy tilni jahon taʼlim standartlari asosida o‘rganmoqda. Har yili universitetda 15 ta taʼlim yo‘nalishida bakalavr, 13 ta taʼlim yo‘nalishida magistrlik darajasiga ega mutaxassislar tayyorlanadi.

Universitet talabalari chuqur bilim va ko‘nikmalar asosida til o‘rganish, o‘qitish, tarjima va talqin qilish malakalariga ega bo‘lmoqda. Kun sayin rivojlanib borayotgan tezkor zamonda taʼlim tizimi ham o‘zgarmoqda. Oliy taʼlim muassasasida til va madaniyat o‘rtasidagi aloqa taʼlim tizimining asosiy tamoyili hisoblanadi.

Ingliz tili 1-, 2-, 3-fakultetlari, Roman-german filologiyasi, Rus filologiyasi fakultetlarida bo‘lajak pedagoglar til o‘qitishning sir-asrorlarini o‘rganmoqdalar, Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetida esa ingliz, nemis, koreys, yapon, xitoy tili yo‘nalishlarida tarjima mahoratidan tahsil olmoqdalar.

Telefon:
(+998) 71-230-12-91
Sayt:
Pochta:
sk@edu.uz
Manzil:
Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Kichik xalqa yo‘li, 21A - uy, pochta indeksi: 100138

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma