Oliy ta'lim muassasasi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

Rus filologiyasi, Birinchi Ingliz tili, Ikkinchi Ingliz tili, Uchinchi Ingliz tili, Roman-german filologiyasi, Tarjima nazariyasi va amaliyoti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O‘zDJTU) 1949 yilda Toshkent chet tillari pedagogika instituti nomi bilan faoliyatini boshlagan. Universitet 70 yillik tarixga ega.

1992 yili Toshkent chet tillari pedagogika instituti hamda Respublika Rus tili va adabiyoti instituti birlashib, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti maqomiga ega bo‘ldi.

Bugungi kunda universitetda 9 000 ga yaqin talaba 20 ga yaqin xorijiy tilni jahon taʼlim standartlari asosida o‘rganmoqda. Har yili universitetda 15 ta taʼlim yo‘nalishida bakalavr, 13 ta taʼlim yo‘nalishida magistrlik darajasiga ega mutaxassislar tayyorlanadi.

Universitet talabalari chuqur bilim va ko‘nikmalar asosida til o‘rganish, o‘qitish, tarjima va talqin qilish malakalariga ega bo‘lmoqda. Kun sayin rivojlanib borayotgan tezkor zamonda taʼlim tizimi ham o‘zgarmoqda. Oliy taʼlim muassasasida til va madaniyat o‘rtasidagi aloqa taʼlim tizimining asosiy tamoyili hisoblanadi.

Ingliz tili 1-, 2-, 3-fakultetlari, Roman-german filologiyasi, Rus filologiyasi fakultetlarida bo‘lajak pedagoglar til o‘qitishning sir-asrorlarini o‘rganmoqdalar, Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetida esa ingliz, nemis, koreys, yapon, xitoy tili yo‘nalishlarida tarjima mahoratidan tahsil olmoqdalar.

Telefon:
(+998) 71-230-12-91
Sayt:
Pochta:
sk@edu.uz
Manzil:
Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Kichik xalqa yo‘li, 21A - uy, pochta indeksi: 100138

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma
1. Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar

30 / 60

80.4 58.5
2. Filologiya va tillarni o‘qitish: arab tili

20 / 40

170.8 122.6
3. Filologiya va tillarni o‘qitish: fransuz tili

10 / 20

106.6 63.7
4. Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili

55 / 110

182.6 168.5
5. Filologiya va tillarni o‘qitish: ispan tili

7 / 11

153.5 94.8
6. Filologiya va tillarni o‘qitish: koreys tili

15 / 30

165.5 135.8
7. Filologiya va tillarni o‘qitish: nemis tili

20 / 30

103.3 69.8
8. Filologiya va tillarni o‘qitish: xitoy tili

15 / 30

158 116.6
9. Filologiya va tillarni o‘qitish: yapon tili

15 / 30

152.8 100.3
10. Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: ingliz tili

15 / 30

173 154.1
11. Jurnalistika: xalqaro jurnalistika

10 / 40

122 63.7
12. Siyosatshunoslik

0 / 20

0 159
13. Tarjima nazariyasi va amaliyoti: arab tili

20 / 40

163.4 105.2
14. Tarjima nazariyasi va amaliyoti: fransuz tili

15 / 30

83 57.2
15. Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili

30 / 60

174 153.8
16. Tarjima nazariyasi va amaliyoti: italyan tili

15 / 30

114.2 62.4
17. Tarjima nazariyasi va amaliyoti: nemis tili

15 / 30

89.6 59.8
18. Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili

295 / 660

174.9 153.8