O‘zbekiston milliy universiteti
Tarix, Kimyo, Fizika, Geografiya- Geologiya, Iqtisodiyot, Jurnalistika, Xorijiy filologiya, Falsafa va Huquq, Mexanika-matematika, Biologiya-tuproqshunoslik, O‘zbekiston milliy universiteti
O‘zbekiston Milliy universiteti tarixi
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti (O‘zMU) — O‘zbekistondagi eng yirik oliy o‘quv yurti va ilmiy tekshirish markazlaridan biri hisoblanadi.
Tarixi bo‘yicha turli nomlar bilan atalgan va hozirda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti deb ataladigan universitet 1918- yil 12- mayda Musulmon Xalq Dorulfununi nomi bilan ochilgan. 1918-1919- yillarda Turkiston xalq universitet, 1919-1923- yillarda Turkiston davlat universiteti, 1923-1960- yillarda O‘rta Osiyo davlat universiteti, 1960-2000- yillarda Toshkent davlat universiteti nomlari bilan yuritilib, faoliyat ko‘rsatgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995- yil 14- sentyabr sanasidagi qaroriga binoan universitetga Sharqning buyuk olimi, mutafakkiri Mirzo Ulug‘bek nomi berilgan.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovning 2000 yil 28 yanvardagi farmoniga muvofiq, universitetga milliy universitet maqomi berildi va u hozirgi nomi bilan ataldi.
1200ga yaqin professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatadigan universitetda Biologiya, Ijtimoiy fanlar, Fizika, Geografiya-Geologiya, Iqtisodiyot, Jurnalistika, Kimyo, Matematika, Tarix, Xorijiy filologiya fakultetlari va 72 kafedra mavjud bo‘lib, 37 yo‘nalishda bakalavr, 63 yo‘nalishda magistratura taʼlimi berilmoqda.
Shu bilan birga universitetda Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘limi, Axborot xavfsizligi sohasida qayta tayyorlash va malaka oshirish markazi, Axborot texnologiyalari markazi, Axborot-resurs markazi, Bosh mexanik bo‘limi, Bosh energetik bo‘limi, Bosh-muhandis, Bosmaxona, Buxgalteriya, Devonxona, Ichki nazorat va monitoring bo‘limi va uch akademik litsey faoliyat ko‘rsatmoqda.
Universitetning “O‘zbekiston milliy universiteti” gazetasi, "O‘zMU xabarlari" ilmiy tadqiqot jurnali chop etilmoqda. Universitet kutubxonasida 3 milliondan ortiq kitob mavjud bo‘lib, kitob va jurnallar elektron shaklda tadqiqotchi va talabalarga taqdim qilinmoqda.
- Telefon:
-
(+998) 71-246-02-24
- Sayt:
- Pochta:
- devonxona@nuu.uz
- Manzil:
- Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 4- uy, pochta indeksi: 100174
O‘zbekiston milliy universiteti Qabul kvotalari va kirish ballari 2024
Mutaxassislik | Qabul | Grant | Shartnoma |
---|---|---|---|
1. Agrokimyo va agrotuproqshunoslik |
10 / 40 |
111.3 | 80.85 |
2. Amaliy matematika |
14 / 36 |
165.9 | 126 |
3. Antropologiya va etnologiya |
10 / 15 |
156.45 | 138.6 |
4. Arxeologiya |
10 / 15 |
157.5 | 138.6 |
5. Arxivshunoslik |
5 / 20 |
141.75 | 123.9 |
6. Astronomiya |
5 / 20 |
142.8 | 87.15 |
7. Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) |
6 / 44 |
151.2 | 86.1 |
8. Axborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha) |
5 / 20 |
163.8 | 108.15 |
9. Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar |
10 / 40 |
161.62 | 135.45 |
10. Biologiya (turlari bo‘yicha) |
24 / 51 |
133.35 | 114.45 |
11. Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) |
5 / 20 |
121.91 | 110.25 |
12. Ekonometrika |
5 / 20 |
133.35 | 78.75 |
13. Falsafa (yo‘nalishlar bo‘yicha) |
10 / 15 |
168 | 152.25 |
14. Filologiya va tillarni o‘qitish: fransuz tili |
5 / 20 |
150.15 | 85.05 |
15. Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili |
15 / 35 |
171.15 | 140.7 |
16. Filologiya va tillarni o‘qitish: nemis tili |
5 / 20 |
164.85 | 109.2 |
17. Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili |
20 / 55 |
173.25 | 145.95 |
18. Fizika |
50 / 140 |
156.45 | 92.4 |
19. Geodeziya, kartografiya va kadastr (funksiyalari bo‘yicha) |
6 / 44 |
137.55 | 90.3 |
20. Geografiya |
6 / 24 |
147 | 97.65 |
21. Geologiya (faoliyat sohasi bo‘yicha) |
66 / 184 |
116.55 | 82.95 |
22. Gidrologiya (tarmoqlar bo‘yicha) |
8 / 17 |
103.95 | 86.1 |
23. Gidrometeorologiya |
6 / 19 |
102.9 | 82.95 |
24. Ijtimoiy ish: oila va bolalar bilan ishlash |
3 / 25 |
135.45 | 99.75 |
25. Ijtimoiy ish: pensiya ta’minoti |
2 / 13 |
141.75 | 119.7 |
26. Inson resurslarini boshqarish |
3 / 27 |
156.45 | 75.6 |
27. Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) |
3 / 27 |
177.45 | 145.95 |
28. Jurnalistika: internet jurnalistika |
5 / 20 |
155.4 | 131.25 |
29. Kimyo (turlari bo‘yicha) |
43 / 132 |
131.25 | 78.75 |
30. Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha) |
5 / 20 |
157.5 | 109.2 |
31. Mahsulotlarning kimyoviy tahlili (oziq-ovqat mahsulotlari) |
5 / 20 |
98.7 | 71.4 |
32. Matematik injiniring (ishlab chiqarish sohalari bo‘yicha) |
5 / 20 |
134.4 | 78.75 |
33. Matematika |
40 / 60 |
166.95 | 131.25 |
34. Menejment (sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarish) |
5 / 20 |
148.05 | 121.8 |
35. Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) |
3 / 27 |
169.05 | 133.35 |
36. Meteorologiya va iqlimshunoslik |
5 / 20 |
99.75 | 75.6 |
37. Mexanika va matematika modellashtirish |
10 / 40 |
143.85 | 74.55 |
38. Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi |
5 / 20 |
179.55 | 159.6 |
39. Mintaqaviy iqtisodiyot |
5 / 20 |
162.75 | 120.75 |
40. Neft va gaz kimyosi |
20 / 55 |
107.1 | 70.35 |
41. Patentshunoslik |
5 / 20 |
135.45 | 78.75 |
42. Psixologiya: amaliy psixologiya |
30 / 70 |
132.3 | 96.54 |
43. Psixologiya: oila psixologiyasi |
15 / 35 |
122.85 | 92.4 |
44. Psixologiya: yoshlar psixologiyasi |
15 / 35 |
128.1 | 98.7 |
45. Seysmologiya va seysmometriya |
5 / 20 |
94.5 | 77.7 |
46. Siyosatshunoslik |
5 / 20 |
180.6 | 161.7 |
47. Sotsiologiya |
8 / 17 |
143.85 | 114.45 |
48. Sport faoliyati: kurash |
5 / 20 |
116.8 | 63.4 |
49. Sport faoliyati: regbi |
5 / 20 |
104.4 | 67.3 |
50. Sport faoliyati: taekvondo WTF |
5 / 20 |
100.4 | 74.7 |
51. Tabiiy va fiziologik faol birikmalar kimyosi |
5 / 20 |
129.15 | 113.4 |
52. Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha) |
15 / 60 |
175.35 | 154.35 |
53. Tarjima nazariyasi va amaliyoti: fransuz tili |
2 / 8 |
147 | 71.4 |
54. Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili |
4 / 16 |
164.85 | 129.15 |
55. Tarjima nazariyasi va amaliyoti: nemis tili |
2 / 8 |
148.05 | 112.35 |
56. Tibbiyot fizikasi |
15 / 35 |
132.3 | 81.9 |
57. Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili |
25 / 75 |
169.05 | 127.05 |