Oliy ta'lim muassasasi

O‘zbekiston milliy universiteti

Tarix, Kimyo, Fizika, Geografiya- Geologiya, Iqtisodiyot, Jurnalistika, Xorijiy filologiya, Falsafa va Huquq, Mexanika-matematika, Biologiya-tuproqshunoslik, O‘zbekiston milliy universiteti

O‘zbekiston Milliy universiteti tarixi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti (O‘zMU) — O‘zbekistondagi eng yirik oliy o‘quv yurti va ilmiy tekshirish markazlaridan biri hisoblanadi.

Tarixi bo‘yicha turli nomlar bilan atalgan va hozirda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti deb ataladigan universitet 1918- yil 12- mayda Musulmon Xalq Dorulfununi nomi bilan ochilgan. 1918-1919- yillarda Turkiston xalq universitet, 1919-1923- yillarda Turkiston davlat universiteti, 1923-1960- yillarda O‘rta Osiyo davlat universiteti, 1960-2000- yillarda Toshkent davlat universiteti nomlari bilan yuritilib, faoliyat ko‘rsatgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995- yil 14- sentyabr sanasidagi qaroriga binoan universitetga Sharqning buyuk olimi, mutafakkiri Mirzo Ulug‘bek nomi berilgan.

O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovning 2000 yil 28 yanvardagi farmoniga muvofiq, universitetga milliy universitet maqomi berildi va u hozirgi nomi bilan ataldi.

1200ga yaqin professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatadigan universitetda Biologiya, Ijtimoiy fanlar, Fizika, Geografiya-Geologiya, Iqtisodiyot, Jurnalistika, Kimyo, Matematika, Tarix, Xorijiy filologiya fakultetlari va 72 kafedra mavjud bo‘lib, 37 yo‘nalishda bakalavr, 63 yo‘nalishda magistratura taʼlimi berilmoqda.

Shu bilan birga universitetda Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘limi, Axborot xavfsizligi sohasida qayta tayyorlash va malaka oshirish markazi, Axborot texnologiyalari markazi, Axborot-resurs markazi, Bosh mexanik bo‘limi, Bosh energetik bo‘limi, Bosh-muhandis, Bosmaxona, Buxgalteriya, Devonxona, Ichki nazorat va monitoring bo‘limi va uch akademik litsey faoliyat ko‘rsatmoqda.

Universitetning “O‘zbekiston milliy universiteti” gazetasi, "O‘zMU xabarlari" ilmiy tadqiqot jurnali chop etilmoqda. Universitet kutubxonasida 3 milliondan ortiq kitob mavjud bo‘lib, kitob va jurnallar elektron shaklda tadqiqotchi va talabalarga taqdim qilinmoqda.

 

Telefon:
(+998) 71-246-02-24
Sayt:
Pochta:
devonxona@nuu.uz
Manzil:
Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 4- uy, pochta indeksi: 100174

O‘zbekiston milliy universiteti Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma
1. Agrokimyo va agrotuproqshunoslik

15 / 35

111.3 96.6
2. Amaliy etika

20 / 10

137.7 122
3. Amaliy matematika

14 / 36

165.7 124.6
4. Antropologiya va etnologiya

10 / 15

155.1 138.3
5. Arxeologiya

10 / 15

164.7 149.6
6. Arxivshunoslik

5 / 20

139.5 120.8
7. Astronomiya

5 / 20

103.4 57.4
8. Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

10 / 40

149.1 102.2
9. Axborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha)

5 / 20

164.8 114.5
10. Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar

10 / 40

91 58.6
11. Bank ishi va auditi

5 / 45

171.3 101.9
12. Biologiya (matematik biologiya)

10 / 15

68.8 56.9
13. Biologiya (turlari bo‘yicha)

35 / 65

140.6 131.2
14. Biotexnologiya (tarmoqlar bo‘yicha)

15 / 35

126.8 111.1
15. Budjet nazorati va g‘aznachiligi

10 / 40

152.3 80.3
16. Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

5 / 20

84 69.3
17. Ekonometrika

5 / 20

157.4 105.2
18. Falsafa (tizimli tahlil va mantiq)

5 / 20

153.9 118.9
19. Falsafa (yo‘nalishlar bo‘yicha)

5 / 20

173.1 137.3
20. Filologiya va tillarni o‘qitish: fransuz tili

7 / 28

157.1 122.6
21. Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili

15 / 35

180.5 165.7
22. Filologiya va tillarni o‘qitish: nemis tili

5 / 20

161.4 132
23. Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili

20 / 80

167.8 135.1
24. Fizika

55 / 120

132.5 63.9
25. Fizika (matematik fizika)

10 / 15

119.3 71.5
26. Geodeziya, kartografiya va kadastr (funksiyalari bo‘yicha)

6 / 44

120.9 76
27. Geografiya

6 / 24

159.7 113.8
28. Geologiya (faoliyat sohasi bo‘yicha)

75 / 150

96.4 64.4
29. Gidrologiya (tarmoqlar bo‘yicha)

10 / 20

102.2 76.1
30. Gidrometeorologiya

10 / 15

124.6 109.9
31. Hayotiy faoliyat xavfsizligi

15 / 35

76.6 60.9
32. Ijtimoiy ish: oila va bolalar bilan ishlash

5 / 23

119.7 93.4
33. Ijtimoiy ish: oila va bolalar bilan ishlash-Toshkent shahri

2 / 0

0 0
34. Inson resurslarini boshqarish

5 / 20

137.6 103.2
35. Iqtisodiyot (matematika iqtisodiyoti)

10 / 15

152.3 96.6
36. Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

3 / 27

179.7 129.5
37. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo‘yicha)

6 / 24

177.5 130.6
38. Jurnalistika: bosma ommaviy axborot vositalari jurnalistikasi

10 / 20

72.7 65
39. Jurnalistika: internet jurnalistika

3 / 27

131.9 59.4
40. Kimyo (turlari bo‘yicha)

50 / 125

110 71.7
41. Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha)

5 / 45

158.2 96.5
42. Mahsulotlarning kimyoviy tahlili (oziq-ovqat mahsulotlari)

5 / 20

85.3 62.9
43. Matematik injiniring (ishlab chiqarish sohalari bo‘yicha)

5 / 20

152.7 103.7
44. Matematika

52 / 118

161.5 122.7
45. Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik: o‘zbek tili

5 / 20

143.9 118.6
46. Menejment (sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarish)

5 / 20

128.4 66.2
47. Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

3 / 27

176.2 114.6
48. Meteorologiya va iqlimshunoslik

5 / 20

97.9 74.4
49. Mexanika va matematik modellashtirish

10 / 40

93.3 57
50. Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi

5 / 20

179.5 161.6
51. Mintaqaviy iqtisodiyot

5 / 20

166 109.3
52. Moliya va moliyaviy texnologiyalar

5 / 20

166.1 104.3
53. Neft va gaz kimyosi

20 / 55

85.4 62
54. Patentshunoslik

5 / 20

130.8 91.3
55. Psixologiya: amaliy psixologiya

36 / 64

150.8 115.9
56. Psixologiya: oila psixologiyasi

8 / 17

134.3 109.3
57. Psixologiya: yoshlar psixologiyasi

8 / 17

136.2 111.4
58. Seysmologiya va seysmometriya

5 / 20

91.3 71.4
59. Siyosatshunoslik

5 / 40

181.3 159.6
60. Sotsiologiya

10 / 15

94.8 69.7
61. Sport faoliyati: dzyudo

5 / 20

138.7 88.5
62. Sport faoliyati: kurash

5 / 20

143 113.2
63. Sport faoliyati: regbi

3 / 22

125.7 77.9
64. Sport faoliyati: taekvondo WTF

3 / 22

147 106
65. Sug‘urta ishi

5 / 20

124.9 81.9
66. Sun’iy intellekt

10 / 40

137.2 70.4
67. Tabiiy va fiziologik faol birikmalar kimyosi

5 / 20

98.5 77.2
68. Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)

15 / 60

180.4 162.4
69. Tarjima nazariyasi va amaliyoti: fransuz tili

2 / 13

148.6 114.5
70. Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili

4 / 21

176.2 159.1
71. Tarjima nazariyasi va amaliyoti: nemis tili

2 / 13

164.6 122.4
72. Tibbiyot fizikasi

15 / 35

108.2 60.1
73. Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili

25 / 75

177.4 163.7
74. Yurisprudensiya : biznes huquqi

5 / 20

185.7 167.1