Oliy ta'lim muassasasi

O‘zbekiston milliy universiteti

Tarix, Kimyo, Fizika, Geografiya- Geologiya, Iqtisodiyot, Jurnalistika, Xorijiy filologiya, Falsafa va Huquq, Mexanika-matematika, Biologiya-tuproqshunoslik, O‘zbekiston milliy universiteti

O‘zbekiston Milliy universiteti tarixi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti (O‘zMU) — O‘zbekistondagi eng yirik oliy o‘quv yurti va ilmiy tekshirish markazlaridan biri hisoblanadi.

Tarixi bo‘yicha turli nomlar bilan atalgan va hozirda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti deb ataladigan universitet 1918- yil 12- mayda Musulmon Xalq Dorulfununi nomi bilan ochilgan. 1918-1919- yillarda Turkiston xalq universitet, 1919-1923- yillarda Turkiston davlat universiteti, 1923-1960- yillarda O‘rta Osiyo davlat universiteti, 1960-2000- yillarda Toshkent davlat universiteti nomlari bilan yuritilib, faoliyat ko‘rsatgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995- yil 14- sentyabr sanasidagi qaroriga binoan universitetga Sharqning buyuk olimi, mutafakkiri Mirzo Ulug‘bek nomi berilgan.

O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovning 2000 yil 28 yanvardagi farmoniga muvofiq, universitetga milliy universitet maqomi berildi va u hozirgi nomi bilan ataldi.

1200ga yaqin professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatadigan universitetda Biologiya, Ijtimoiy fanlar, Fizika, Geografiya-Geologiya, Iqtisodiyot, Jurnalistika, Kimyo, Matematika, Tarix, Xorijiy filologiya fakultetlari va 72 kafedra mavjud bo‘lib, 37 yo‘nalishda bakalavr, 63 yo‘nalishda magistratura taʼlimi berilmoqda.

Shu bilan birga universitetda Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘limi, Axborot xavfsizligi sohasida qayta tayyorlash va malaka oshirish markazi, Axborot texnologiyalari markazi, Axborot-resurs markazi, Bosh mexanik bo‘limi, Bosh energetik bo‘limi, Bosh-muhandis, Bosmaxona, Buxgalteriya, Devonxona, Ichki nazorat va monitoring bo‘limi va uch akademik litsey faoliyat ko‘rsatmoqda.

Universitetning “O‘zbekiston milliy universiteti” gazetasi, "O‘zMU xabarlari" ilmiy tadqiqot jurnali chop etilmoqda. Universitet kutubxonasida 3 milliondan ortiq kitob mavjud bo‘lib, kitob va jurnallar elektron shaklda tadqiqotchi va talabalarga taqdim qilinmoqda.

 

Telefon:
(+998) 71-246-02-24
Sayt:
Pochta:
devonxona@nuu.uz
Manzil:
Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 4- uy, pochta indeksi: 100174

O‘zbekiston milliy universiteti Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma
1. Agrokimyo va agrotuproqshunoslik

Biologiya / Kimyo

0 / 25

0 78.9
2. Arxeologiya

Tarix / Geografiya

0 / 25

0 97.8
3. Bank ishi va auditi

Matematika / Chet tili

0 / 30

0 93.7
4. Biologiya (turlari bo‘yicha)

Biologiya / Kimyo

0 / 30

0 129.9
5. Budjet nazorati va g‘aznachiligi

Matematika / Chet tili

0 / 25

0 82
6. Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

Kimyo / Biologiya

0 / 30

0 71.7
7. Falsafa (yo‘nalishlar bo‘yicha)

Tarix / Ona tili va adabiyoti

0 / 25

0 82
8. Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili

O‘zbek tili va adabiyoti / Chet tili

0 / 75

0 116.4
9. Geodeziya, kartografiya va kadastr (funksiyalari bo‘yicha)

Matematika / Fizika

0 / 30

0 74.7
10. Geografiya

Geografiya / Matematika

0 / 30

0 79.9
11. Geologiya (faoliyat sohasi bo‘yicha)

Matematika / Fizika

0 / 55

0 67.3
12. Gidrologiya (tarmoqlar bo‘yicha)

Matematika / Geografiya

0 / 25

0 57.6
13. Gidrometeorologiya

Geografiya / Matematika

0 / 25

0 70.6
14. Hayotiy faoliyat xavfsizligi

Matematika / Fizika

0 / 25

0 71
15. Ijtimoiy ish (fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari)

Biologiya / Ona tili va adabiyoti

0 / 50

0 59.8
16. Ijtimoiy ish: oila va bolalar bilan ishlash

Biologiya / Ona tili va adabiyoti

0 / 25

0 86.5
17. Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

Matematika / Chet tili

0 / 50

0 95.8
18. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo‘yicha)

Matematika / Chet tili

0 / 30

0 109.9
19. Jurnalistika: bosma ommaviy axborot vositalari jurnalistikasi

Ijodiy (kasbiy) / Chet tili

0 / 25

0 67.1
20. Jurnalistika: internet jurnalistika

Ijodiy (kasbiy) / Chet tili

0 / 25

0 57
21. Jurnalistika: ommaviy axborot vositalari faoliyati

Ijodiy (kasbiy) / Chet tili

0 / 25

0 56.7
22. Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi

Tarix / Ona tili va adabiyoti

0 / 25

0 97.8
23. Moliya va moliyaviy texnologiyalar

Matematika / Chet tili

0 / 50

0 73.9
24. Psixologiya: amaliy psixologiya

Biologiya / Ona tili va adabiyoti

0 / 75

0 86.4
25. Sotsiologiya

Matematika / Ona tili va adabiyoti

0 / 50

0 71.5
26. Sport faoliyati: dzyudo

Ijodiy (kasbiy) / Ijodiy (kasbiy)

0 / 25

0 101.7
27. Sport faoliyati: kurash

Ijodiy (kasbiy) / Ijodiy (kasbiy)

0 / 25

0 145.6
28. Sport faoliyati: regbi

Ijodiy (kasbiy) / Ijodiy (kasbiy)

0 / 25

0 72.5
29. Sport faoliyati: taekvondo WTF

Ijodiy (kasbiy) / Ijodiy (kasbiy)

0 / 25

0 82
30. Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)

Tarix / Geografiya

0 / 30

0 131
31. Yurisprudensiya : biznes huquqi

/ Chet tili

0 / 25

0 153.1