Oliy ta'lim muassasasi

Samarqand davlat chet tillar instituti

Tarjimonlik, Ingliz filologiyasi, Roman-german filologiyasi, Samarqand davlat chet tillar instituti

Mustaqillik hosilasi bo‘lgan Samarqand davlat chet tillar instituti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 8 noyabrdagi Farmoni bilan tashkil etilgan. Hozirda institut oliy va o‘rta maxsus taʼlim va  xalq taʼlimi sohalariga hamda turizm infratuzilmasiga yuqori malakali xorijiy filologiya mutaxassislari, shuningdek, gid-tarjimonlar tayyorlashning halqaro miqyosda eʼtirof etilgan nufuzli yirik markazlaridan biriga aylandi.

Yurtimizda dunyoni yangicha idrok etadigan, millat g‘ururi va haq-huquqi uchun kurashadigan, o‘z taqdirini xalqi, Vatani taqdiri bilan bir deb bilib, faoliyat ko‘rsatayotgan yangi avlod shakllanmoqda. Ular ham ajdodlar maʼnaviy merosini, ham umumbashariy qadriyatlarni barobar o‘zlashtirmoqdalar. Salohiyatli mutaxassis kadrlar - O‘zbekistonning ertangi kunini, millat kelajagini belgilaydi. Shu bois zamon talablariga javob beradigan yuksak madaniyatli, bilimdon yoshlarni tarbiyalash davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi.

Buning natijasi o‘laroq, institutda hozirda 3 fakultet, 16 kafedra, 4 til va madaniyat markazlari, mintaqaviy til o‘rgatish markazi, Taʼlim sifati taʼminoti va innovatsiyalar markazi, eng zamonaviy o‘quv va multimedia uskunalari bilan jihozlangan Axborot – resurs markazi mavjud.

Institutda 12 ta  yo‘nalishda bakalavriatura, 7 mutaxassislik bo‘yicha magistratura, 5 ixtisoslik bo‘yicha doktorantura faoliyat ko‘rsatmoqda. 350 nafar talabaga mo‘ljallangan zamonaviy talabalar turar joyi, 250 o‘rinli oshxona mavjud.

Samarqand davlat chet tillar instituti mustaqillik yillarida nafaqat viloyat, balki mintaqa uchun ilmiy-ijtimoiy o‘ta muhim va eʼtiborga molik oliy taʼlim maskaniga aylandi.

Telefon:
(+998) 66-238-29-37
Sayt:
www.samdchti.uz
Pochta:
info@samdchti.uz
Manzil:
Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Bo‘stonsaroy ko‘chasi, 93- uy, pochta indeksi: 140104

Samarqand davlat chet tillar instituti Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma
1. Filologiya va tillarni o‘qitish: fransuz tili

0 / 75

0 57.1
2. Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili

0 / 80

0 84.9
3. Filologiya va tillarni o‘qitish: ispan tili

0 / 25

0 56.8
4. Filologiya va tillarni o‘qitish: koreys tili

0 / 50

0 60
5. Filologiya va tillarni o‘qitish: nemis tili

0 / 75

0 56.8
6. Filologiya va tillarni o‘qitish: xitoy tili

0 / 50

0 57.9
7. Filologiya va tillarni o‘qitish: yapon tili

0 / 25

0 59.4
8. Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili)

0 / 80

0 84.4
9. Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili

0 / 50

0 79.7
10. Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili

0 / 360

0 63.4