Oliy ta'lim muassasasi

Samarqand davlat chet tillar instituti

Tarjimonlik, Ingliz filologiyasi, Roman-german filologiyasi, Samarqand davlat chet tillar instituti

Mustaqillik hosilasi bo‘lgan Samarqand davlat chet tillar instituti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 8 noyabrdagi Farmoni bilan tashkil etilgan. Hozirda institut oliy va o‘rta maxsus taʼlim va  xalq taʼlimi sohalariga hamda turizm infratuzilmasiga yuqori malakali xorijiy filologiya mutaxassislari, shuningdek, gid-tarjimonlar tayyorlashning halqaro miqyosda eʼtirof etilgan nufuzli yirik markazlaridan biriga aylandi.

Yurtimizda dunyoni yangicha idrok etadigan, millat g‘ururi va haq-huquqi uchun kurashadigan, o‘z taqdirini xalqi, Vatani taqdiri bilan bir deb bilib, faoliyat ko‘rsatayotgan yangi avlod shakllanmoqda. Ular ham ajdodlar maʼnaviy merosini, ham umumbashariy qadriyatlarni barobar o‘zlashtirmoqdalar. Salohiyatli mutaxassis kadrlar - O‘zbekistonning ertangi kunini, millat kelajagini belgilaydi. Shu bois zamon talablariga javob beradigan yuksak madaniyatli, bilimdon yoshlarni tarbiyalash davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi.

Buning natijasi o‘laroq, institutda hozirda 3 fakultet, 16 kafedra, 4 til va madaniyat markazlari, mintaqaviy til o‘rgatish markazi, Taʼlim sifati taʼminoti va innovatsiyalar markazi, eng zamonaviy o‘quv va multimedia uskunalari bilan jihozlangan Axborot – resurs markazi mavjud.

Institutda 12 ta  yo‘nalishda bakalavriatura, 7 mutaxassislik bo‘yicha magistratura, 5 ixtisoslik bo‘yicha doktorantura faoliyat ko‘rsatmoqda. 350 nafar talabaga mo‘ljallangan zamonaviy talabalar turar joyi, 250 o‘rinli oshxona mavjud.

Samarqand davlat chet tillar instituti mustaqillik yillarida nafaqat viloyat, balki mintaqa uchun ilmiy-ijtimoiy o‘ta muhim va eʼtiborga molik oliy taʼlim maskaniga aylandi.

Telefon:
(+998) 66-238-29-37
Sayt:
www.samdchti.uz
Pochta:
info@samdchti.uz
Manzil:
Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Bo‘stonsaroy ko‘chasi, 93- uy, pochta indeksi: 140104

Samarqand davlat chet tillar instituti Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma
1. Filologiya va tillarni o‘qitish: fransuz tili

3 / 17

0 59.1
2. Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili

9 / 31

161 140
3. Filologiya va tillarni o‘qitish: ispan tili

3 / 17

140.8 66.6
4. Filologiya va tillarni o‘qitish: italyan tili

3 / 12

116.5 62.8
5. Filologiya va tillarni o‘qitish: koreys tili

3 / 17

149.7 117.3
6. Filologiya va tillarni o‘qitish: nemis tili

3 / 17

105.6 57.6
7. Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili

5 / 20

137.6 112.1
8. Filologiya va tillarni o‘qitish: xitoy tili

3 / 17

131.5 76.6
9. Filologiya va tillarni o‘qitish: yapon tili

3 / 17

145.3 85
10. Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: ingliz tili

5 / 15

146.4 125
11. Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili)

5 / 15

146.5 111.3
12. Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili

3 / 17

150.9 125
13. Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili

15 / 35

153.7 127.4