Oliy ta'lim muassasasi

Samarqand davlat universiteti

Tarix, Fizika, Filologiya, Pedagogika, Tabiiy fanlar, Huquqshunoslik, O‘zbek filologiyasi, Ijtimoiy-iqtisodiyot, Jismoniy madaniyat, Mexanika-matematika, Musiqa, badiiy va mehnat ta’limi, Samarqand davlat universiteti

Samarqand davlat universitetining tarixi buyuk olim Muhammad Xavofiy 100 dan ortiq tinglovchilar oldida Klavdiy Ptolomey nazariyasi bo‘yicha ilmiy maʼruza qilgan 1420 yilning 21 sentyabridan – Mirzo Ulug‘bek madrasasi tashkil etilgan kundan boshlanadi. O‘sha kundan eʼtiboran ish boshlagan Mirzo Ulug‘bek madrasasida talabalar diniy bilimlar bilan bir qatorda algebra (al-jabr), geometriya (handasa), huquq (fiqh) va boshqa fundamental fanlardan saboq ola boshladi.

Yozma manbalar va ilmiy izlanishlar Samarqand davlat universiteti Mirzo Ulug‘bek madrasasining bevosita vorisi ekanligini tasdiqlaydi. Demak, 2020 yilda Samarqand davlat universiteti 600 yoshga to‘ladi.

Turkiston Respublikasi rahbariyatining qarori bilan 1920 yildan boshlab Mirzo Ulug‘bek madrasasi mudarrislari pedagog kadrlar tayyorlash bo‘yicha qisqa muddatli kurslarga jalb qilinib, ularning bitiruvchilari keyinchalik taʼlim muassasalarida dars bera boshladi. Keyinchalik, 1927 yil 22 yanvarda O‘zbekiston SSR poytaxti Samarqandda Oliy pedagogika instituti tashkil etildi. Ushbu taʼlim muassasasi Markaziy Osiyodagi birinchi oliy o‘quv yurtlaridan biri edi. Madrasada oliy maʼlumot olgan milliy ziyolilarning taniqli vakillari bilan bir qatorda sobiq ittifoqning Moskva, Leningrad va Kiyev shaharlaridan professor-o‘qituvchilar institutga ishga taklif etildi.

1930 yilda taʼlim muassasasi Oliy pedagogika akademiyasiga aylantirildi. Akademiyaning birinchi rektori Karim Abdullayev (1931-1935) bo‘lib, keyinchalik u Stalin qatag‘oniga uchragan edi. 1933 yilda Pedagogika akademiyasi va Tibbiyot instituti negizida Markaziy Osiyodagi eng yirik universitetlardan biri – O‘zbekiston davlat universiteti tashkil etildi.

XIV asarning 60 yillarda Mirzo Ulug‘bek madrasasida tahsil olgan shoir, faylasuf va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 500-yilligi munosabati bilan 1941 yilda O‘zbekiston davlat universitetiga ulug‘ allomaning nomi berildi. Xuddi shu yili Ikkinchi Jahon urushi boshlanishi munosabati bilan universitet faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. 1941-1944-yillarda Samarqand universiteti vaqtincha Toshkent davlat universiteti bilan birlashtirildi.

1944 yilda rektor Musa Mo‘minov tashabbusi va mamlakat rahbariyati ko‘magi bilan universitet faoliyati qayta tiklandi. 1944-1951 yillarda M.Mo‘minov universitetga S. Ayniy, U. Tursunov, I. Kukles, R. Iskandarov, I. I. Umnyakov kabi taniqli olimlarni, boshqa tajribali pedagoglarni jalb qildi.

1961 yilda O‘zbek davlat universitetining nomi Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti deb o‘zgartirildi.

1992 yilda S.Ayniy nomidagi Samarqand pedagogika instituti Samarqand davlat universiteti tarkibiga kiritildi.

1994 yilda Samarqand davlat universitetining chet tillari fakulteti negizida Samarqand davlat chet tillar instituti tashkil etildi.

Telefon:
(+998) 66-239-15-23
Sayt:
samdu.uz
Pochta:
monitor@samdu.uz
Manzil:
Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15- uy, pochta indeksi: 140104

Samarqand davlat universiteti Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma
1. Agrobiznes va investitsion faoliyat

5 / 15

79.3 63.1
2. Amaliy matematika

20 / 35

139.8 103.1
3. Arxeologiya

10 / 15

153.9 141.5
4. Bank ishi va auditi

5 / 15

144.9 94.1
5. Biologiya (turlari bo‘yicha)

7 / 25

141.4 130.7
6. Biologiya (turlari bo‘yicha)-Kattaqo'rg'on tumani

1 / 0

157.3 0
7. Biologiya (turlari bo‘yicha)-Nurobod tumani

4 / 0

139.3 0
8. Biologiya (turlari bo‘yicha)-Payariq tumani

1 / 0

135 0
9. Biologiya (turlari bo‘yicha)-Urgut tumani

2 / 0

133.8 0
10. Biotexnologiya (tarmoqlar bo‘yicha)

15 / 35

121.5 107.8
11. Dasturiy injiniring

20 / 35

119.4 77.4
12. Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

15 / 30

75.9 65.2
13. Falsafa (yo‘nalishlar bo‘yicha)

5 / 15

160.7 128.3
14. Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili

14 / 60

167 136.1
15. Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili-Ishtixon tumani

1 / 0

163.4 0
16. Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili-Kattaqo'rg'on tumani

2 / 0

126.6 0
17. Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili-Nurobod tumani

7 / 0

140.5 0
18. Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili-Paxtachi tumani

1 / 0

134.4 0
19. Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili-Payariq tumani

2 / 0

169 0
20. Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili-Urgut tumani

3 / 0

157.3 0
21. Fizika

6 / 28

110.6 68.4
22. Fizika-Narpay tumani

1 / 0

106.2 0
23. Fizika-Nurobod tumani

9 / 0

74.6 0
24. Fizika-Urgut tumani

1 / 0

108.4 0
25. Geografiya

5 / 25

133.4 105.4
26. Geografiya-Kattaqo'rg'on tumani

1 / 0

111 0
27. Geografiya-Nurobod tumani

3 / 0

118.2 0
28. Geografiya-Qo'shrabot tumani

1 / 0

120.2 0
29. Geologiya (faoliyat sohasi bo‘yicha)

10 / 15

87.4 66.3
30. Gidrometeorologiya

5 / 15

114.3 91.3
31. Ijtimoiy ish: oila va bolalar bilan ishlash

7 / 30

120.4 92.5
32. Ijtimoiy ish: oila va bolalar bilan ishlash-Navoiy viloyati

2 / 0

77.8 0
33. Ijtimoiy ish: oila va bolalar bilan ishlash-Qashqadaryo viloyati

2 / 0

0 0
34. Ijtimoiy ish: oila va bolalar bilan ishlash-Samarqand viloyati

2 / 0

72.7 0
35. Ijtimoiy ish: oila va bolalar bilan ishlash-Surxondaryo viloyati

2 / 0

0 0
36. Inson resurslarini boshqarish

5 / 15

95.7 67.3
37. Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

5 / 15

161.6 113.3
38. Kimyo (turlari bo‘yicha)

5 / 28

111.1 74.6
39. Kimyo (turlari bo‘yicha)-Ishtixon tumani

1 / 0

112.5 0
40. Kimyo (turlari bo‘yicha)-Kattaqo'rg'on tumani

1 / 0

106.3 0
41. Kimyo (turlari bo‘yicha)-Nurobod tumani

7 / 0

69.2 0
42. Kimyo (turlari bo‘yicha)-Payariq tumani

2 / 0

99.8 0
43. Kimyo (turlari bo‘yicha)-Qo'shrabot tumani

1 / 0

104.7 0
44. Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha)

15 / 35

76.5 63.3
45. Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha)

10 / 15

116.5 87.4
46. Matematik injiniring (ishlab chiqarish sohalari bo‘yicha)

10 / 15

106.6 82.1
47. Matematika

16 / 63

149.1 108.8
48. Matematika-Nurobod tumani

8 / 0

119.9 0
49. Matematika-Paxtachi tumani

1 / 0

115.8 0
50. Matematika-Payariq tumani

2 / 0

139.5 0
51. Matematika-Qo'shrabot tumani

1 / 0

142.7 0
52. Matematika-Urgut tumani

9 / 0

98.6 0
53. Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (tarmoqlar bo‘yicha)

10 / 15

70.4 60.3
54. Noshirlik ishi

5 / 15

133.4 113
55. Psixologiya: amaliy psixologiya

30 / 45

136.5 110.4
56. Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

5 / 15

119.7 81.2
57. Sotsiologiya

10 / 20

76.1 64.5
58. Sun’iy intellekt

10 / 15

97 73.9
59. Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)

3 / 20

180.4 161.3
60. Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)-Kattaqo'rg'on tumani

3 / 0

156.9 0
61. Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)-Nurobod tumani

4 / 0

148.6 0
62. Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha)

5 / 20

184.6 170.9