Oliy ta'lim muassasasi

Samarqand veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti

Agronomiya, Iqtisodiyot va boshqaruv, Veterinariya, zootexniya va qorako‘lchilik, Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va mahsulotlarni qayta ishlash, Samarqand veterinariya meditsinasi instituti

Samarqand veterinariya meditsinasi instituti 1929 yilda Samarqand qishloq xo‘jalik instituti nomi bilan tashkil etilgan. Institut Markaziy Osiyoning veterinariya sohasidagi yirik oliy o‘quv yurtlaridan biridir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 08 maydagi PQ-3703 qaroriga asosan Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti negizida Samarqand veterinariya meditsinasi instituti tashkil etilgan.

Hozirgi vaqtda institutda davr talablariga javob beradigan yuqori malakali bakalavrlar, magistrlar, fan nomzodlari, fan doktorlari tayyorlanmoqda. Institutning 4 fakultetida quyidagi taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanmoqda:

  • Veterinariya meditsinasi (faoliyat turlari bo‘yicha)
  • Veterinariya farmatsevtikasi
  • Veterinariya diagnostikasi va laboratoriya ishlari
  • Veterinariya sanitariya ekspertizasi
  • Zooinjeneriya (turlar bo‘yicha)
  • Biotexnologiya
  • O‘simlikshunoslik (yaylov cho‘l o‘simlikshunosligi)
  • Agronomiya (yem-xashak ekinlari)
  • Chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi

Institut 89 yillik faoliyati mobaynida 170 dan ortiq fan doktori va 393 ga yaqin nomzodlik dissertatsiyalari tayyorlandi va himoya qilindi. Keyingi 10 yilda 24 ta fan doktorligi, 61 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi.

Boshoqli don ekinlarning 7 ta, kartoshkaning 3 ta, no‘xatning 2 ta navi, qorako‘l qo‘ylarning 3 ta zavod tipi, 4 ta vetpreparatlar, 7 ta yangi mexanizmlar yaratildi. Institut olimlarining ijodiy faoliyati va keng ko‘lamli ilmiy izlanishlari natijasida umumtaʼlim va mutaxassis fanlar bo‘yicha 100 dan ortiq darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari, monografiyalar, 120 ta ilmiy-amaliy tavsiyalar chop etildi va ular Respublika xalq xo‘jaligida qo‘llanilmoqda.

Telefon:
(+998) 66-234-76-86
Sayt:
ssuv.uz
Pochta:
samvmi@edu.uz
Manzil:
Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 77- uy, pochta indeksi: 140103

Samarqand veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma