Oliy ta'lim muassasasi

Samarqand veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti

Agronomiya, Iqtisodiyot va boshqaruv, Veterinariya, zootexniya va qorako‘lchilik, Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va mahsulotlarni qayta ishlash, Samarqand veterinariya meditsinasi instituti

Samarqand veterinariya meditsinasi instituti 1929 yilda Samarqand qishloq xo‘jalik instituti nomi bilan tashkil etilgan. Institut Markaziy Osiyoning veterinariya sohasidagi yirik oliy o‘quv yurtlaridan biridir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 08 maydagi PQ-3703 qaroriga asosan Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti negizida Samarqand veterinariya meditsinasi instituti tashkil etilgan.

Hozirgi vaqtda institutda davr talablariga javob beradigan yuqori malakali bakalavrlar, magistrlar, fan nomzodlari, fan doktorlari tayyorlanmoqda. Institutning 4 fakultetida quyidagi taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanmoqda:

  • Veterinariya meditsinasi (faoliyat turlari bo‘yicha)
  • Veterinariya farmatsevtikasi
  • Veterinariya diagnostikasi va laboratoriya ishlari
  • Veterinariya sanitariya ekspertizasi
  • Zooinjeneriya (turlar bo‘yicha)
  • Biotexnologiya
  • O‘simlikshunoslik (yaylov cho‘l o‘simlikshunosligi)
  • Agronomiya (yem-xashak ekinlari)
  • Chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi

Institut 89 yillik faoliyati mobaynida 170 dan ortiq fan doktori va 393 ga yaqin nomzodlik dissertatsiyalari tayyorlandi va himoya qilindi. Keyingi 10 yilda 24 ta fan doktorligi, 61 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi.

Boshoqli don ekinlarning 7 ta, kartoshkaning 3 ta, no‘xatning 2 ta navi, qorako‘l qo‘ylarning 3 ta zavod tipi, 4 ta vetpreparatlar, 7 ta yangi mexanizmlar yaratildi. Institut olimlarining ijodiy faoliyati va keng ko‘lamli ilmiy izlanishlari natijasida umumtaʼlim va mutaxassis fanlar bo‘yicha 100 dan ortiq darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari, monografiyalar, 120 ta ilmiy-amaliy tavsiyalar chop etildi va ular Respublika xalq xo‘jaligida qo‘llanilmoqda.

Telefon:
(+998) 66-234-76-86
Sayt:
ssuv.uz
Pochta:
samvmi@edu.uz
Manzil:
Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 77- uy, pochta indeksi: 140103

Samarqand veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma
1. Agronomiya (yem-xashak ekinlari)

Biologiya / Kimyo

20 / 30

68.6 56.7
2. Biotexnologiya (tarmoqlar bo‘yicha)

Biologiya / Kimyo

30 / 45

107.1 92.5
3. Buxgalteriya hisobi va audit (qishloq xo‘jaligida)

Matematika / Chet tili

15 / 60

86.4 63.8
4. Chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi

Kimyo / Biologiya

20 / 30

68.4 56.7
5. Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi

Biologiya / Kimyo

10 / 15

98.9 85
6. Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

Kimyo / Biologiya

20 / 30

71.3 64
7. Iqtisodiyot(qishloq xo‘jaligida)

Matematika / Chet tili

20 / 55

91.7 63.1
8. O‘rmonchilik (o‘rmonchilar va ularning farzandlari uchun)

Biologiya / Kimyo

4 / 0

0 0
9. O‘rmonchilik va aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirish

Biologiya / Kimyo

16 / 30

68.2 57.7
10. O‘simliklar karantini va himoyasi

Kimyo / Biologiya

10 / 15

69.2 58.2
11. O‘simlikshunoslik (yaylov cho‘l o‘simlikshunosligi)

Biologiya / Kimyo

20 / 30

68.3 56.7
12. Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi (ekin turlari bo‘yicha)

Biologiya / Kimyo

10 / 15

82 69.2
13. Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish

Matematika / Fizika

15 / 35

69.4 58.8
14. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha)

Kimyo / Biologiya

15 / 35

69.5 56.7
15. Suv bioresurslari va akvakultura

Biologiya / Kimyo

10 / 15

71.5 57.7
16. Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (qishloq xo‘jaligida)

Fizika / Matematika

10 / 15

68.1 59.8
17. Veterinariya biotexnologiyasi

Biologiya / Kimyo

10 / 15

94.3 74.9
18. Veterinariya diagnostikasi va laboratoriya ishlari

Biologiya / Kimyo

25 / 25

97.5 83
19. Veterinariya farmatsevtikasi

Biologiya / Kimyo

20 / 30

110.3 93.5
20. Veterinariya meditsinasi (faoliyat turlari bo‘yicha)

Biologiya / Kimyo

110 / 90

94.4 80.5
21. Veterinariya sanitariya ekspertizasi

Biologiya / Kimyo

25 / 25

93 77.9
22. Zooinjeneriya (turlari bo‘yicha)

Biologiya / Kimyo

55 / 70

68.2 56.7
23. Zooinjeneriya: qorako‘lchilik

Biologiya / Kimyo

20 / 30

69.3 58.7