Oliy ta'lim muassasasi

Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Toshkent filiali

Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Toshkent filiali

Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filiali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 3 oktabrdagi 840-sonli qaroriga ko‘ra tashkil etilgan. 2020-2021 o‘quv yilidan o‘quv jarayoni boshlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-martdagi PQ-187-son qaroriga asosan, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali maqomi berildi.

Filialda hozirgi kunda bakalavriat bo‘yicha bosqichida kunduzgi, sirtqi, kechki ta’lim yo‘nalishlarida 9 ta, xususan, Veterinariya meditsinasi, Veterinariya sanitariya ekspertizasi, Veterinariya diagnostikasi va laboratoriya ishlari, Veterinariya farmasevtikasi, Zooinjeneriya, Biotexnologiya, Iqtisodiyot, Buxgalteriya hisobi va audit, Chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnalogiyasi kabi yo‘nalishlarda, magistratura bosqichi bo‘yicha 9 ta yo‘nalishda talabalar ta’lim olishmoqda. Jami talabalar soni 1277 tani tashkil qiladi. Bundan tashqari 19 nafar tayanch doktorantlar va 15 nafar mustaqil izlanuvchilar o‘z ilmiy ishlari bilan shug‘illanmoqdalar.

Filialda quyidagi bakalavr yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi:

  • Zooinjeneriya;
  • Veterinariya meditsinasi;
  • Veterinariya-sanitariya ekspertizasi;
  • Veterinariya diagnostikasi va laboratoriya ishlari

 

Telefon:
(+998) 70-975-83-11
Sayt:
www.svmitf.uz
Pochta:
info@svmitf.uz
Manzil:
Toshkent shahri, Chilonzor tumani, 20-mavze, 35A uy, pochta indeksi: 100207

Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Toshkent filiali Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma
1. Agronomiya (yem-xashak ekinlari)

Biologiya / Kimyo

10 / 15

69.6 56.7
2. Biotexnologiya (tarmoqlar bo‘yicha)

Biologiya / Kimyo

15 / 35

111.5 92.3
3. Buxgalteriya hisobi va audit (qishloq xo‘jaligida)

Matematika / Chet tili

5 / 20

99.8 66.5
4. Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi

Biologiya / Kimyo

10 / 15

100.5 81.5
5. Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

Kimyo / Biologiya

10 / 15

70.7 64
6. Iqtisodiyot(qishloq xo‘jaligida)

Matematika / Chet tili

5 / 20

88 62.2
7. O‘rmonchilik va aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirish

Biologiya / Kimyo

8 / 15

70.4 57.5
8. O‘simlikshunoslik (yaylov cho‘l o‘simlikshunosligi)

Biologiya / Kimyo

15 / 35

72.2 56.7
9. Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi (ekin turlari bo‘yicha)

Biologiya / Kimyo

10 / 15

79.8 63.3
10. Veterinariya diagnostikasi va laboratoriya ishlari

Biologiya / Kimyo

10 / 15

96 75.8
11. Veterinariya farmatsevtikasi

Biologiya / Kimyo

10 / 15

115.1 94.5
12. Veterinariya meditsinasi (faoliyat turlari bo‘yicha)

Biologiya / Kimyo

20 / 30

109.1 86.3
13. Veterinariya sanitariya ekspertizasi

Biologiya / Kimyo

10 / 15

97.5 79.7
14. Zooinjeneriya (turlari bo‘yicha)

Biologiya / Kimyo

20 / 30

68.5 59
15. Zooinjeneriya: yilqichilik va tuyachilik

Biologiya / Kimyo

5 / 20

73.3 59.7