Oliy ta'lim muassasasi

Termiz davlat universiteti

Tarix, Iqtisodiyot, Filologiya, Pedagogika, Fizika-matematika, Jismoniy madaniyat, Tabiyot geografiya, Termiz davlat universiteti

Termiz davlat universiteti tarixi

Termiz davlat universiteti Surxon vohasining nufuzli oliy dargohi sanalib, ko‘p sonli jamoaga egadir. O‘zbekistonning janubiy viloyatlari Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida o‘qituvchi kadrlarga bo‘lgan talab va ehtiyojni hisobga olgan holda, O‘zbekiston SSR Minstrlar Soveti 1954-yil 24-fevralda Marg‘ilon o‘qituvchilar Institutini Qarshi va Termiz shaharlariga ko‘chirish haqida qaror qabul qildi. 1954-yilda Marg‘ilon o‘qituvchilar Instituti negizida Termiz o‘qituvchilar instituti ta’sis etildi. Termiz o‘qituvchilar institutining ochilishi Surxon vohasi ta’lim tizimi va madaniy hayotida ulkan burilish yasadi. Mazkur maskan tashkil etilgan dastlabki o‘quv yili, ya’ni 1954-1955- o‘quv yilida 175 nafar yoshlar talabalikka qabul qilindi va quyidagi bo‘limlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan edi: O‘zbek tili va adabiyoti, Rus tili va adabiyoti, Fizika va matematika, Tabiatshunoslik va kimyo. 1956-1957-o‘quv yilida Termiz o‘qituvchilar institutini 187 nafar to‘liqsiz oliy ma’lumot olgan talabalar bitirib hayotga yo‘llanma olishdi. 1956-1957-o‘quv yilida Termiz o‘qituvchilar instituti Termiz davlat Pedagogika Institutiga aylantirildi va bu orqali Surxon vohasida ilk Oliy o‘quv yurtiga asos solindi.

Termiz davlat universiteti mustaqillik yillarida

Mustaqillik yillarida Termiz davlat universiteti Surxon vohasining yirik fan, ta’lim va madaniyat markaziga aylandi. Ushbu oliy ta’lim maskani O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 28-fevraldagi PF-356-sonli farmoniga muvofiq universitetga aylantirildi. Bugungi kunda universitetda 10921 nafar talaba (2019-yil), shundan kunduzgi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 9255 nafar, sirtqi bo‘lim bo‘yicha 2219 nafar, magistratura bo‘yicha esa 264 nafar talabalar tahsil olmoqda. Universitetda joriy o‘quv yilida 57 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 25 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan. Ayni vaqtda 575 nafar professor-o‘qituvchilardan 18 nafari fan doktori, professorlar, 119 nafari esa fan nomzodlari, falsafa doktorlari (PhD), dotsentlardir. Universitetda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 2019- yilda 12 ta ixtisoslik bo‘yicha 30 nafar tayanch doktorant, 2 nafar doktorant tahsil olmoqda. Zamonaviy shart-sharoitlarga ega universitetda 2019-yilda xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan 10 ta shartnoma va 7 ta memorandum imzolandi. 3 ta xalqaro, 4 ta respublika miqyosidagi anjuman, an’anaviy talabalar konferensiyasi yuqori saviyada tashkil etildi. Universitet talabalari viloyat, Respublika va boshqa davlatlarda xalqaro miqyosda o‘tkazilgan sport musobaqalarida 25 ta oltin, 6 ta kumush va 3 ta bronza medalni qo‘lga kiritgan.

Telefon:
(+998) 76-223-13-11
Sayt:
Pochta:
termizdu@umail.uz
Manzil:
Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, Barkamol avlod ko‘chasi, 43- uy, pochta indeksi: 190111

Termiz davlat universiteti Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma
1. Amaliy filologiya

10 / 40

137.2 106
2. Amaliy matematika

15 / 35

129.3 93.6
3. Arxeologiya

5 / 20

157.9 125.9
4. Biologiya (turlari bo‘yicha)

20 / 55

131 121.4
5. Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)

10 / 40

143.7 88.6
6. Dizayn: (milliy kostyum)

10 / 15

144.5 129.7
7. Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

5 / 20

70.3 62.1
8. Filologiya va tillarni o‘qitish: fransuz tili

10 / 15

127.9 105.9
9. Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili

15 / 35

172.9 150.8
10. Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili

25 / 75

153.9 123.6
11. Fizika

8 / 55

90.2 59
12. Fizika-Bobotog' hududi

1 / 0

0 0
13. Fizika-Denov tumani

3 / 0

71.9 0
14. Fizika-Muzrabot tumani

1 / 0

70.4 0
15. Fizika-Oltinsoy tumani

2 / 0

0 0
16. Fizika-Sherobod tumani

2 / 0

70.6 0
17. Fizika-Sho'rchi tumani

1 / 0

87.5 0
18. Fizika-Uzun tumani

2 / 0

83 0
19. Geografiya

10 / 40

120.4 94.3
20. Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: ingliz tili

10 / 15

153.8 138.7
21. Inson resurslarini boshqarish

5 / 20

132.6 79.8
22. Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

10 / 40

154.5 102
23. Kimyo (turlari bo‘yicha)

4 / 85

100.7 64.3
24. Kimyo (turlari bo‘yicha)-Bobotog' hududi

1 / 0

0 0
25. Kimyo (turlari bo‘yicha)-Denov tumani

1 / 0

101.3 0
26. Kimyo (turlari bo‘yicha)-Oltinsoy tumani

2 / 0

69.2 0
27. Kimyo (turlari bo‘yicha)-Qumqo'rg'on tumani

1 / 0

84.4 0
28. Kimyo (turlari bo‘yicha)-Sariosiyo tumani

2 / 0

68.2 0
29. Kimyo (turlari bo‘yicha)-Sherobod tumani

2 / 0

80.1 0
30. Kimyo (turlari bo‘yicha)-Uzun tumani

2 / 0

79.4 0
31. Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha)

30 / 60

107.1 72.7
32. Kutubxona-axborot faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)

5 / 20

80 69.4
33. Mahsulotlarning kimyoviy tahlili (oziq-ovqat mahsulotlari)

5 / 20

71.4 56.7
34. Matematika

27 / 85

127.2 86.3
35. Matematika-Bobotog' hududi

1 / 0

69.2 0
36. Matematika-Boysun tumani

3 / 0

114.2 0
37. Matematika-Denov tumani

1 / 0

103.9 0
38. Matematika-Muzrabot tumani

1 / 0

159.2 0
39. Matematika-Oltinsoy tumani

2 / 0

127 0
40. Matematika-Sariosiyo tumani

1 / 0

142.7 0
41. Matematika-Uzun tumani

4 / 0

110 0
42. Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (tarmoqlar bo‘yicha)

10 / 40

70.2 56.8
43. Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish

5 / 20

109.2 69.5
44. Moliya va moliyaviy texnologiyalar

10 / 40

149.9 96.9
45. Neft va gaz kimyosi

10 / 40

69 58.6
46. Professional ta'lim: axborot tizimlari va texnologiyalari

15 / 25

89.3 69.3
47. Professional ta'lim: qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi

10 / 30

93.2 69.1
48. Professional ta’lim: qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish

15 / 25

69.4 58.7
49. Psixologiya: amaliy psixologiya

10 / 65

133.2 99.2
50. Sport faoliyati: kurash

5 / 20

143.3 104.7
51. Tabiiy va fiziologik faol birikmalar kimyosi

10 / 15

75.1 64.2
52. Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)

15 / 60

167.8 147.4
53. Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili

10 / 15

163.4 141.2
54. Tuproqshunoslik

5 / 20

84.5 72.6
55. Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha )

5 / 20

164.8 140.7
56. Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (milliy tikuv buyumlari)

10 / 15

80.9 66.3
57. Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha)

10 / 40

179.5 163.4