
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali
Kompyuter injiniringi, Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali
TATU Farg‘ona filiali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 2 iyundagi PQ – 91 son “Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus taʼlim vazirligining 2005 yil 14 iyun 130-son “Oliy taʼlim muassasalari filiallari to‘g‘risidagi namunaviy Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i hamda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2005 yil 21 iyul 07-8/2015-son taqdimnomasini amalga oshirish maqsadida 2005 yil 23 iyuldan Farg‘ona shahrida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining mintaqaviy filiali sifatida tashkil etilgan.
Filialda jami 85 ta professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatib, shundan: 22 nafar fan nomzodi hamda 63 nafar ilmiy daraja va unvonga ega bo‘lmagan pedagoglar faoliyat ko‘rsatadilar. O‘qituvchilar safida kafedra professorlari: dotsentlar D.Halilov, N.Usmonov va boshqalarning nomlarini alohida hurmatga sazovor bo‘lib, talabalarga chuqur bilim beradilar.
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bakalavrlar tayyorlaydi:
- Kompyuter injiniringi (Kompyuter injiniringi)
- AKT sohasida kasb taʼlimi
- Telekommunikatsiya texnologiyalari
- Xizmat ko‘rsatish texnikasi va texnologiyasi (elektron va kompyuter texnikasi)
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha magistrlar tayyorlaydi:
- Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi tizimlarini loyihalash”)
- Kasb taʼlimi (axborot va multimedia texnologiyalari bo‘yicha)
- Telefon:
-
(+998) 73-226-82-09
- Sayt:
- Pochta:
- tuitff@umail.uz
- Manzil:
- Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahri, Mustaqillik ko‘chasi, 185-uy, pochta indeksi: 150118