Oliy ta'lim muassasasi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali

Kompyuter injiniringi, Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali

TATU Farg‘ona filiali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 2 iyundagi PQ – 91 son “Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus taʼlim vazirligining 2005 yil 14 iyun 130-son “Oliy taʼlim muassasalari filiallari to‘g‘risidagi namunaviy Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i hamda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2005 yil 21 iyul 07-8/2015-son taqdimnomasini amalga oshirish maqsadida 2005 yil 23 iyuldan Farg‘ona shahrida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining mintaqaviy filiali sifatida tashkil etilgan.

Filialda jami 85 ta professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatib, shundan: 22 nafar fan nomzodi hamda 63 nafar ilmiy daraja va unvonga ega bo‘lmagan pedagoglar faoliyat ko‘rsatadilar. O‘qituvchilar safida kafedra professorlari: dotsentlar D.Halilov, N.Usmonov va boshqalarning nomlarini alohida hurmatga sazovor bo‘lib, talabalarga chuqur bilim beradilar.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bakalavrlar tayyorlaydi:

  • Kompyuter injiniringi (Kompyuter injiniringi)
  • AKT sohasida kasb taʼlimi
  • Telekommunikatsiya texnologiyalari
  • Xizmat ko‘rsatish texnikasi va texnologiyasi (elektron va kompyuter texnikasi)

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha magistrlar tayyorlaydi:

  • Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi tizimlarini loyihalash”)
  • Kasb taʼlimi (axborot va multimedia texnologiyalari bo‘yicha)

Telefon:
(+998) 73-226-82-09
Sayt:
Pochta:
tuitff@umail.uz
Manzil:
Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahri, Mustaqillik ko‘chasi, 185-uy, pochta indeksi: 150118

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma
1. Axborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha)

10 / 15

152.25 112.35
2. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta’limi

10 / 65

123.9 79.8
3. Dasturiy injiniring

10 / 20

154.35 109.2
4. Kompyuter injiniringi: AT-Servis

10 / 15

139.65 105
5. Kompyuter injiniringi: “Kompyuter injiniringi”

20 / 140

138.6 84
6. Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

10 / 15

148.05 119.7
7. Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”)

8 / 22

138.6 92.4