Oliy ta'lim muassasasi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali

Kompyuter injiniringi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali

Muhammad-al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nukus filiali O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A. Karimovning 2002 yil 30 maydagi «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida»gi 3080-son Farmoni va 2005 yil 2 iyundagi «Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi PQ-91-sonli Qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 2005 yil 17 iyundagi 130-son buyrug‘i bilan tashkil etilgan. Filialning Nizomi bosh tayanch universitet Nizomi va Ustaviga muvofiq tasdiqlangan.

Filialda hozirgi kunda 2 ta o‘quv binosi mavjud, eski o‘quv binosida 2005 yildan va yangi o‘quv binosida 2009 yil sentyabr oyidan dars mashg‘ulotlari olib borilmoqda.

TATU Nukus filialida bakalavriatning 6 ta yo‘nalishi va magistraturaning 2 ta ixtisosligi bo‘yicha taʼlim jarayoni olib boriladi. Yo‘nalishlarning va ixtisosliklarning barchasi bo‘yicha Davlat taʼlim standartlari va namunaviy o‘quv rejalari mavjud.

Hozirgi kunda filialda quyidagi mutaxassisliklari bo‘yicha magistrlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan:

  • 5330300 - Axborot xavfsizligi(sohalar bo‘yicha);
  • 5330600 - Dasturiy injiniring;
  • 5330501 - Kompyuter injiniringi;
  • 5330502 - AT servis;
  • 5330400 - AKT sohasida kasb taʼlimi;
  • 5350100 - Telekommunikatsiya texnologiyalari;
  • 5A330501 - Kompyuter injiniringi (Kompyuter tizimlarini loyihalash);
  • 5A350101 - Telekommunikatsiya injiniringi (Telekommunikatsiya tarmoqlari);

Bugungi kunda filialda 2 ta fakultet, 6 ta kafedra, 8 ta bo‘lim, 2 ta markaz va 2 ta sektor faoliyat ko‘rsatmoqda.

Telefon:
(+998) 61-222-49-10
Sayt:
tatunf.uz
Pochta:
kantatunf@umail.uz
Manzil:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, Do‘snazarov ko‘chasi, 74- uy, pochta indeksi: 230113

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma
1. Axborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha)

Matematika / Fizika

4 / 12

132.8 72.4
2. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta’limi

Matematika / Fizika

4 / 12

120.4 71.5
3. Dasturiy injiniring

Matematika / Fizika

6 / 32

148.1 78.9
4. Elektron tijorat

Matematika / Chet tili

2 / 8

144.6 82.1
5. Kiberxavfsizlik injiniringi

Matematika / Fizika

4 / 12

136.5 68.3
6. Kompyuter injiniringi: AT-Servis

Matematika / Fizika

6 / 18

126.5 70.3
7. Kompyuter injiniringi: multimedia texnologiyalari

Matematika / Fizika

4 / 12

121.8 72.4
8. Kompyuter injiniringi: “Kompyuter injiniringi”

Matematika / Fizika

6 / 18

127.2 69.4
9. Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

Matematika / Chet tili

4 / 12

154 99.7
10. Sun’iy intellekt

Matematika / Fizika

2 / 8

145.9 76.6
11. Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”)

Matematika / Fizika

4 / 16

124.8 66.7