Oliy ta'lim muassasasi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali

Kompyuter injiniringi, Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filiali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 2 iyundagi «Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida» PQ - 91 Qaroriga muvofiq tashkil etilgan.Hozirda Filial tasarrufida 3 ta o‘quv bino va talabalar turar joyi uchun 1 ta bino bor.
Zamonaviy tarzda jihozlangan 18ta maʼruza xonalari, 32ta amaliy mashg‘ulot xonalari, 16ta kompyuter sinflari, 5ta o‘quv laboratoriyalari, 1 ta lingafon xonasi, axborot - resurs markazi va sport zal talabalar xizmatida. Har 4 nafar talabaga 1 ta kompyuter to‘g‘ri keladi.

O‘quv ishlari:
Filial tarkibida 2 ta fakultet va 9 ta kafedra mavjud.

Fakultetlar:

  • Kompyuter injiniring;
  • Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb taʼlimi.

Kafedralar:

  • Axborot texnologiyalari;
  • Kompyuter tizimlari;
  • Tabiiy fanlar;
  • Axborot taʼlim texnologiyalari;
  • Telekommunikatsiya injiniring;
  • Axborot xavfsizligi;
  • Gumanitar va ijtimoiy fanlar;
  • Tillar kafedrasi.

Bakalavriatura:

  • Informatika va axborot texnologiyalari;
  • Kasb taʼlimi (Informatika va axborot texnologiyalari);
  • Telekommunikatsiya;
  • Xizmat ko‘rsatish texnikasi va texnologiyasi (elektron va kompyuter texnikasi);
  • Kompyuter injiniringi;
  • Telekommunikatsiya texnnologiyalari;
  • AKT sohasida kasb taʼlimi.

Magistratura:

  • Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy taʼminoti;
  • Kasb taʼlimi (informatika va multimedia texnologiyalari);
  • Kompyuter injiniring (kompyuter tizimlarini loyihalash).

Telefon:
(+998) 66-232-29-29
Sayt:
www.samtuit.uz
Pochta:
admin@samtuit.uz
Manzil:
Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Shohruh Mirzo ko‘chasi, 47A- uy, pochta indeksi: 140100

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma
1. Axborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha)

3 / 7

90.6 63.3
2. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta’limi

3 / 7

74.5 58.3
3. Dasturiy injiniring

5 / 20

91.6 59.6
4. Kompyuter injiniringi: AT-Servis

5 / 20

79 61.8
5. Kompyuter injiniringi: multimedia texnologiyalari

3 / 12

72.3 58.1
6. Kompyuter injiniringi: “Kompyuter injiniringi”

8 / 17

91.6 61.3
7. Pochta aloqa texnologiyasi

3 / 7

68.7 56.7
8. Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

3 / 7

109.7 95.7
9. Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”, "Teleradioeshittirish", "Mobil tizimlar")

5 / 20

73.6 57.7