Oliy ta'lim muassasasi

Toshkent davlat agrar universiteti

Agronomiya, Zootexnika, Agroiqtisodiyot, Fermer xo‘jaligini boshqarish, Meva-sabzavotchilik va uzumchilik, Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash, Seleksiya, urug‘chilik va o‘simliklarni himoya qilish, Toshkent davlat agrar universiteti

Toshkent davlat agrar universitetning shakllanishi Markaziy Osiyodagi ko‘plab boshqa oliy o‘quv yurtlari singari 1918 yilda mahalliy ziyolilar tashabbusi bilan tashkil qilingan Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy Universitet nomi bilan chambarchas bog‘liq. 20-yillarda uning tarkibidagi 8 ta fakultet ichida - qishloq xo‘jaligi fakulteti faoliyat yuritgan. 1930 yil 26-mayda ushbu fakultet negizida mustaqil holda O‘rta Osiyo qishloq xo‘jaligi instituti tashkil qilingan va bir qancha o‘zgarishlardan so‘ng, 1934 yil oktyabridan Toshkent qishloq xo‘jaligi instituti deb nomlandi.

1991 yil aprel oyida oliy o‘quv yurti Toshkent davlat agrar universiteti maqomini oldi. Bunday maqom o‘sha davrdagi MDH dagi 104 ta qishloq xo‘jaligi oliy o‘quv yurtlaridan faqat 8 tasiga kadrlar tayyorlash, fanni rivojlantirish, ilmiy-pedagogik salohiyat, sifatini yaxshilash, moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlashdagi yutuqlari uchun berilgan edi.

Mustaqillik yillarida oliy o‘quv yurtimizning xalqaro munosabatlarni kengaytirish va chuqurlashtirishga katta e‘tibor qaratilmoqda. Xorijiy oliy ta‘lim muassasalari bilan tuzilgan 50 ga yaqin shartnoma va memorandumlar imzolangan. Hamkorlik shartnomalariga asosan universitetning 150 dan ortiq talabasi Germaniyaning Bavariya fermerlar uyushmasiga, 300 nafardan ortiq talaba Rossiya Federatsiyasining Janubiy Ural davlat agrar universiteti ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘tash uchun borib kelishdi. 200 dan ortiq professor-o‘qituvchilar tuzilgan hamkorlik shartnomlariga asosan dunyoning turli davlatlariga halqaro loyihalar doirasida o‘quv kurslari va seminarlarda ishtirok etib kelishdi.

Telefon:
(+998) 71-260-43-82
Sayt:
tdau.uz
Pochta:
tuag-info@edu.uz
Manzil:
Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2- uy, pochta indeksi:100200

Toshkent davlat agrar universiteti Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma