Oliy ta'lim muassasasi

Toshkent davlat agrar universiteti

Agronomiya, Zootexnika, Agroiqtisodiyot, Fermer xo‘jaligini boshqarish, Meva-sabzavotchilik va uzumchilik, Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash, Seleksiya, urug‘chilik va o‘simliklarni himoya qilish, Toshkent davlat agrar universiteti

Toshkent davlat agrar universitetning shakllanishi Markaziy Osiyodagi ko‘plab boshqa oliy o‘quv yurtlari singari 1918 yilda mahalliy ziyolilar tashabbusi bilan tashkil qilingan Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy Universitet nomi bilan chambarchas bog‘liq. 20-yillarda uning tarkibidagi 8 ta fakultet ichida - qishloq xo‘jaligi fakulteti faoliyat yuritgan. 1930 yil 26-mayda ushbu fakultet negizida mustaqil holda O‘rta Osiyo qishloq xo‘jaligi instituti tashkil qilingan va bir qancha o‘zgarishlardan so‘ng, 1934 yil oktyabridan Toshkent qishloq xo‘jaligi instituti deb nomlandi.

1991 yil aprel oyida oliy o‘quv yurti Toshkent davlat agrar universiteti maqomini oldi. Bunday maqom o‘sha davrdagi MDH dagi 104 ta qishloq xo‘jaligi oliy o‘quv yurtlaridan faqat 8 tasiga kadrlar tayyorlash, fanni rivojlantirish, ilmiy-pedagogik salohiyat, sifatini yaxshilash, moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlashdagi yutuqlari uchun berilgan edi.

Mustaqillik yillarida oliy o‘quv yurtimizning xalqaro munosabatlarni kengaytirish va chuqurlashtirishga katta e‘tibor qaratilmoqda. Xorijiy oliy ta‘lim muassasalari bilan tuzilgan 50 ga yaqin shartnoma va memorandumlar imzolangan. Hamkorlik shartnomalariga asosan universitetning 150 dan ortiq talabasi Germaniyaning Bavariya fermerlar uyushmasiga, 300 nafardan ortiq talaba Rossiya Federatsiyasining Janubiy Ural davlat agrar universiteti ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘tash uchun borib kelishdi. 200 dan ortiq professor-o‘qituvchilar tuzilgan hamkorlik shartnomlariga asosan dunyoning turli davlatlariga halqaro loyihalar doirasida o‘quv kurslari va seminarlarda ishtirok etib kelishdi.

Telefon:
(+998) 71-260-43-82
Sayt:
tdau.uz
Pochta:
tuag-info@edu.uz
Manzil:
Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2- uy, pochta indeksi:100200

Toshkent davlat agrar universiteti Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma
1. Agrobiznes va investitsion faoliyat

15 / 35

115.2 76.5
2. Agrokimyo va agrotuproqshunoslik

20 / 80

103.6 76.6
3. Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari bo‘yicha)

40 / 110

95.5 71.7
4. Axborot tizimlari va texnologiyalari (qishloq xo‘jaligida raqamli texnologiyalar)

10 / 40

90.6 68.6
5. Biotexnologiya (tarmoqlar bo‘yicha)

15 / 35

109.3 93.8
6. Buxgalteriya hisobi va audit (qishloq xo‘jaligida)

5 / 20

131.2 83.9
7. Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi

20 / 80

112.1 92.2
8. Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (qishloq xo‘jaligida)

15 / 35

71.2 61.9
9. Ipakchilik va tutchilik

20 / 80

91 67.4
10. Iqtisodiyot: qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti

15 / 35

103 74.9
11. Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish

20 / 55

73 58.9
12. Korporativ boshqaruv

15 / 35

134.9 86.7
13. Logistika (agrologistika)

10 / 40

121.2 76.7
14. Manzarali bog‘dorchilik va ko‘kalamzorlashtirish

20 / 55

80.5 56.7
15. Marketing (qishloq xo‘jaligida)

15 / 60

85.6 59.3
16. Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo‘yicha)

20 / 55

68 56.9
17. Mevachilik va uzumchilik

20 / 55

84.6 63.3
18. Muqobil energiya manbalari (turlari bo‘yicha)

15 / 35

77.9 56.7
19. Organik qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlash

5 / 20

110.7 70.5
20. Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha)

15 / 35

70.5 61.2
21. O‘rmonchilik

35 / 65

80.8 66.1
22. O‘rmonchilik (o‘rmonchilar va ularning farzandlari uchun)

8 / 0

70.5 0
23. O‘simliklar va qishloq xo‘jalik mahsulotlari karantini

20 / 55

68.1 56.8
24. O‘simliklarni himoya qilish (ekin turlari bo‘yicha)

45 / 80

68.2 56.7
25. Professional ta'lim: agronomiya

6 / 14

114.6 94.5
26. Professional ta'lim: o‘rmonchilik

6 / 14

96.7 68.1
27. Professional ta'lim: o‘simliklarni himoya qilish

6 / 14

117.1 99.3
28. Professional ta'lim: qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi

6 / 14

104.5 87.2
29. Professional ta'lim: tuproq bonitirovkasi va yer resurslaridan foydalanish

6 / 14

98.7 78.5
30. Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi (ekin turlari bo‘yicha)

20 / 55

92.1 70.4
31. Qishloq xo‘jaligida innovatsion texnika va texnologiyalarni qo‘llash

15 / 35

71.7 65.1
32. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha)

40 / 110

68.2 56.7
33. Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

15 / 35

127 80
34. Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik

20 / 55

76.8 59.3
35. Suv bioresurslari va akvakultura

0 / 25

0 62
36. Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (qishloq xo‘jaligida)

20 / 30

68.7 57.9
37. Tuproq bonitirovkasi va yer resurslaridan foydalanish

20 / 55

83.7 63
38. Turizm (agroturizm)

15 / 35

145.1 119.5
39. Veterinariya meditsinasi (faoliyat turlari bo‘yicha)

10 / 40

114.7 80
40. Yurisprudensiya (qishloq xo‘jaligi huquqi)

5 / 45

172.3 143.8
41. Zooinjeneriya (parrandachilik)

0 / 25

0 56.9
42. Zooinjeneriya (qoramolchilik)

15 / 35

75.8 64.1
43. Zooinjeneriya: asalarichilik

15 / 35

75.6 62
44. Zooinjeneriya: baliqchilik

15 / 35

77.3 62.8
45. Zooinjeneriya: qorako‘lchilik

15 / 35

83.9 70.7