Oliy ta'lim muassasasi

Toshkent davlat pedagogika universiteti

Tarix, Kasb ta’limi, Chet tillari, Defektologiya, Tabiiy fanlar, Fizika-matematika, Pedagogika-psixologiya, Chaqiriqqacha harbiy ta’lim, Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat, Toshkent davlat pedagogika universiteti

Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti 1935 yil 14 sentyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Xalq maorifi komissarligining 1364-sonli qaroriga binoan O‘rta Osiyo Davlat universitetining pedagogika fakulteti zaminida tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 2 fevralidagi 77-sonli qaroriga muvofiq Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika institutiga universitet maqomi berilib, u respublikadagi akademik litsey, kasb-hunar kollejlari uchun pedagogik kadrlar - fan o‘qituvchilari tayyorlaydigan yetakchi tayanch oliy o‘quv yurti deb belgilandi. Universitetda xorijiy (Janubiy Koreya) va MDH (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston) mamlakatlaridan ham talabalar tahsil olishmoqda. Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti Respublikamizdagi eng salohiyatli va salmoqli oliy o‘quv yurtlaridan biridir. Uning umumiy maydoni 77074,25 metr kvadrat metr, shu jumladan o‘quv maydoni 24694 metr kvadratni tashkil etadi. Universitetning 11 ta fakultetida 66 nafardan ortiq fan doktorlari, professorlar hamda akademiklar, 225 nafardan ortiq fan nomzodlari, dotsentlar, 400 dan ortiq o‘qituvchilar talaba va magistrantlarga fanlar asoslaridan tahsil bermoqdalar. Universitetda 7 ta o‘quv bino, 8 ta talabalar uyi mavjud. Toshkent viloyati Xumson qishlog‘ida joylashgan o‘quv dala amaliyoti va sog‘lomlashtirish bazasi (maydoni 6,5 ga) hamda Toshkent viloyati Qibray tumanidagi Tuzel qishlog‘ida joylashgan agrobiostansiyalar (maydoni 13,5 ga) talabalar va professor-o‘qituvchilar xizmatida.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti respublikamizdagi yirik ilmiy-ma‘rifiy markazlardan biri bo‘lib, o‘z boy tarixi va shakllangan ijobiy an‘analariga ega. Universitetning yuqori malakali ilmiy-pedagoglar jamoasi talabalarga sifatli bilimlar berishmoqda. O‘quv binolari, laboratoriyalar, axborot resurs markazi, elektron biblioteka, axborot texnologiyalari markazi, tipografiya, sport kompleksi, muzey, malaka oshirish va qayta tayyorlash markazlari, o‘quv-sog‘lomlashtirish lageri, talabalar turar joylari va oshxonalar talabalar va professor-o‘qituvchilar ixtiyorida.

 

Telefon:
(+998) 71-202-44-21
Sayt:
Pochta:
info@tdpu.uz
Manzil:
Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko‘chasi, 27- uy, pochta indeksi: 100070

Toshkent davlat pedagogika universiteti Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma
1. Biologiya

Biologiya / Kimyo

15 / 35

142.3 133.1
2. Boshlang‘ich ta’lim

Ona tili va adabiyoti / Matematika

10 / 40

153.5 124.9
3. Chaqiriqqacha harbiy ta’lim

Matematika / Ijodiy (kasbiy)

10 / 65

95.9 69.3
4. Fizika va astronomiya

Fizika / Matematika

20 / 35

124.8 82.9
5. Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari

Geografiya / Matematika

15 / 20

119.4 87.2
6. Jismoniy madaniyat

Ijodiy (kasbiy) / Ijodiy (kasbiy)

5 / 30

157.2 137.4
7. Jismoniy madaniyat (xotin-qizlar sporti yo‘nalishi bo‘yicha)

Ijodiy (kasbiy) / Ijodiy (kasbiy)

5 / 10

146.4 90.9
8. Kimyo

Kimyo / Matematika

20 / 40

92.3 70.5
9. Maktabgacha ta’lim

Biologiya / Ona tili va adabiyoti

20 / 55

110.9 91.3
10. Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi

Biologiya / Ona tili va adabiyoti

15 / 35

112.6 87.6
11. Matematika va informatika

Matematika / Fizika

35 / 40

151.9 119.6
12. Maxsus pedagogika : logopediya

Biologiya / Ona tili va adabiyoti

20 / 30

148.8 114.9
13. Maxsus pedagogika : oligofrenopedagogika

Biologiya / Ona tili va adabiyoti

10 / 15

123 104.9
14. Maxsus pedagogika : supdopedagogika

Biologiya / Ona tili va adabiyoti

20 / 30

130.2 99.6
15. Maxsus pedagogika: surdotarjimonlik faoliyati

Ijodiy (kasbiy) / Ona tili va adabiyoti

5 / 40

110.4 70
16. Maxsus pedagogika: surdotarjimonlik faoliyati (oila a'zolaridan biri kar va soqov bo‘lgan abituriyentlar uchun)

Ijodiy (kasbiy) / Ona tili va adabiyoti

5 / 0

122.2 0
17. Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi

Tarix / Ona tili va adabiyoti

5 / 20

161.4 118.3
18. Musiqa ta'limi

Ijodiy (kasbiy) / Ijodiy (kasbiy)

5 / 45

154.7 118.1
19. O‘zbek tili va adabiyoti

O‘zbek tili va adabiyoti / Chet tili

15 / 55

147.1 125.8
20. Pedagogika

Tarix / Ona tili va adabiyoti

8 / 17

153.5 115.4
21. Professional ta'lim: axborot tizimlari va texnologiyalari

Matematika / Fizika

7 / 28

123.9 92.7
22. Professional ta'lim: texnologik mashinalar va jihozlar

Matematika / Fizika

5 / 20

106 66.2
23. Professional ta’lim: yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (tikuv buyumlari texnologiyasi)

Matematika / Fizika

5 / 20

74.6 61.7
24. Psixologiya: amaliy psixologiya

Biologiya / Ona tili va adabiyoti

30 / 70

123.6 94.4
25. Tarix

Tarix / Geografiya

10 / 25

168.8 145.7
26. Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi

Ijodiy (kasbiy) / Ijodiy (kasbiy)

10 / 40

145.4 107
27. Texnologik ta’lim

Fizika / Matematika

10 / 40

84.3 67.2
28. Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili

Ingliz tili / Ona tili va adabiyoti

20 / 55

173.1 158.1
29. Xorijiy til va adabiyoti: nemis tili

Nemis tili / Ona tili va adabiyoti

10 / 15

82.2 57.1