Oliy ta'lim muassasasi

Toshkent kimyo-texnologiya instituti

Menejment va kasb ta’limi, Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi, Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi, Yoqilg‘i va organik birikmalar kimyoviy texnologiyasi, Toshkent kimyo-texnologiya instituti

Mustaqillikka tengdosh Toshkent kimyo-texnologiya instituti(TKTI) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991 yil 6 maydagi 203-sonli Farmoniga binoan sobiq Toshkent politexnika instituti tarkibidagi kimyoviy texnologiya va muhandislik texnologiyasi fakultetlari negizida tashkil topdi. institut o‘tgan davr ichida kimyo, oziq-ovqat, neft-gaz, qurilish materiallari va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga 10 mingdan ziyod yuqori malakali muhandis texnologlar, taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha mingdan ortiq bakalavr va 30 ga yaqin mutaxassisliklar bo‘yicha magistrlar tayyorlab berdi. Shuningdek, kafedra va ilmiy- tadqiqot laboratoriyalarida bajarilgan katta hajmdagi izlanishlar natijalariga ko‘ra 40 dan ortiq fan doktorlari va 138 nafar fan nomzodlari tayyorlandi. Institutda tahsil olgan mutaxassislar respublikamizning hamda ayrim MDH davlatlarining ko‘plab hukumat tashkilotlarida va ishlab chiqarishning barcha tarmoqlarida masʼuliyatli lavozimlarda samarali faoliyat ko‘rsatib kelyaptilar. Hozirgi kunda TKTI Respublikamiz oliy talim tizimida malakali kadrlar tayyorlab beruvchi yirik tayanch oliy o‘quv yurtlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. O‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, maʼnaviy-maʼrifiy, taʼlim-tarbiya va boshqa ishlarda erishgan yutuqlari tufayli yuqori reyting ko‘rsatkichlari bilan oliy o‘quv yurtlari orasida munosib yyetakchi o‘rinni egallab turibdi.

Institut tarixi O‘zbekistonda kimyo, qurilish materiallari, neft-gaz, oziq-ovqat va shu kabi turdosh tarmoqlar sanoat korxonalarining rivojlanishi bilan bevosita bog’liqdir.Sobiq O‘rta Osiyo davlat universitetining kimyo fakultetiga qarashli bo‘lgan kimyo texnologiya bo‘limida 1934 yili birinchi marotaba “Silikatlar texnologiyasi” mutaxassisligi bo‘yicha 5 nafar, “Yog‘lar texnologiyasi ” mutaxassisligi bo‘yicha 7 nafar, “Charm-dubil ekstraktlari texnologiyasi ” mutaxassisligi bo‘yicha 3 nafar, 1939 yilgacha 192 nafar injener texnologlar tayyorlandi. Toshkent kimyo-texnologiya instituti tarixi 1940 yilda kimyo texnologiya fakultetini tashkil etish bo‘yicha eʼlon qilingan xukumat qaroridan boshlanadi. Institutda tahsil olganlardan 5 nafari O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasining akademigidir. Kadrlar tayyorlash dastlab 3 ta mutaxassislikda olib borilgan bo‘lsa, hozirgi kunda 10 ta taʼlim yo‘nalishida bakalavrlar, 27 ta mutaxassislik bo‘yicha raqobatbardosh magistrlar etkazib berilmoqda. Institut tarkibida 5 ta fakultet, 2 ta o‘quv – uslubiy markaz, 26 kafedra, ixtisoslashtirilgan litsey, 12 ta ilmiy – tadqiqot laboratoriyalari va “Kimyogar” ilmiy – texnologik parki faoliyat yuritmoqda

Telefon:
(+998) 71-244-79-20
Sayt:
Pochta:
tkti_info@edu.uz
Manzil:
Toshkent shahri, Shayhontoxur tumani, Navoiy shoh ko‘chasi, 32- uy, pochta indeksi: 100011

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma
1. Biotexnologiya (tarmoqlar bo‘yicha)

Biologiya / Kimyo

15 / 35

128.7 116.5
2. Energetika (tarmoqlar bo‘yicha)

Matematika / Fizika

30 / 70

100.8 69.3
3. Funksional ovqatlanish va bolalar mahsulotlari texnologiyasi

Kimyo / Biologiya

10 / 40

91.7 69.6
4. Gazni chuqur qayta ishlash texnologiyasi

Kimyo / Matematika

10 / 40

69.3 57.9
5. Kimyoviy texnologiya (chinni va fayans)

Kimyo / Matematika

15 / 35

68.2 56.9
6. Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha)

Kimyo / Matematika

50 / 150

78.2 62.7
7. Kimyoviy texnologiya (qurilish materiallari)

Kimyo / Matematika

15 / 35

70.8 56.7
8. Kimyoviy texnologiya (silikat materiallari)

Kimyo / Matematika

15 / 35

68.1 56.8
9. Konservalash texnologiyasi

Kimyo / Biologiya

10 / 40

73.7 60.3
10. Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

Matematika / Chet tili

5 / 20

140.8 97.8
11. Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (tarmoqlar bo‘yicha)

Kimyo / Matematika

5 / 20

68.6 59.8
12. Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi (tarmoqlar bo‘yicha)

Matematika / Fizika

10 / 15

86.3 69.3
13. Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

Matematika / Chet tili

5 / 20

145.9 100.5
14. Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo‘yicha)

Fizika / Matematika

20 / 55

72.7 60.3
15. Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi

Kimyo / Matematika

25 / 50

75.4 64.4
16. Neftgazkimyo sanoati texnologiyasi

Kimyo / Matematika

20 / 55

71.6 58.8
17. Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha)

Kimyo / Biologiya

30 / 70

94.5 76.8
18. Professional ta’lim: oziq-ovqat texnologiyasi

Kimyo / Biologiya

10 / 15

89.8 78.8
19. Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha)

Fizika / Matematika

5 / 20

94.4 67
20. Texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoqlar bo‘yicha)

Matematika / Fizika

25 / 75

98.9 66.2
21. Vinochilik texnologiyasi, bijg‘ish mahsulotlari va alkogolsiz ichimliklar texnologiyasi

Kimyo / Biologiya

20 / 55

68.5 56.8
22. Yog‘lar, efir moylari va parfumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi

Kimyo / Biologiya

5 / 20

103 89.4