Oliy ta'lim muassasasi

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti

Yengil sanoat matbaa mahsulotlari texnologiyasi, Paxta sanoati texnalogiyasi, To‘qmichalik saoati texnologiyasi, Avtomatlashitirish va boshqaruv, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti

Institutning tashkil etilishiga oʼtgan asrning 20 yillarida Respublikamizda qurib ishga tushirilgan Farg‘ona toʼqimachilik kombinati, Farg‘ona, Buxoro, Samarqand, Marg‘ilon pillakashlik fabrikalari, Marg‘ilon shoyi kombinati va “Atlas” ishlab chiqarish birlashmasi, Toshkent, Buxoro, Samarqand, Qoʼqon, Urganch, Andijon tikuv fabrikalari, Toshkent koʼn zavodi, poyabzal fabrikasi, ishlab turgan koʼplab paxta tozalash zavodlari, qurilishi boshlangan Toshkent toʼqimachilik kombinati kabi yengil sanoat korxonalarini yuqori malakali mutaxassis kadrlar bilan taʼminlash zarurati asos boʼldi.

Bunga qadar mazkur korxonalar oliy maʼlumotli mutaxassislar bi­lan qisman Oʼzbekiston Milliy universiteti (ToshdUning «Paxtani dastlabki ishlash» kafedrasi (1927 y.), 1929 yildan universitetdan ajralib chiqqan Oʼrta Osiyo paxtachilik-irrigatsiya politexnika institutining toʼqimachilik fakultetida, 1931 yildan Oʼrta Osiyo mexanika-tex­nologiya instituti toʼqimachilik fakulteti bazasida, asosan esa sobiq markazdan yuborilgan kadrlar hisobiga taʼminlangan.

Oʼrta Osiyo mexanika-texnologiya institutida paxtani dastlabki ishlash va yigirish, toʼquvchilik, ipak texnologiyasi boʼyicha mutaxassislar tayyorlash yoʼlga qoʼyilgan edi. Mana shu institut va fakultet hamda mutaxassisliklar negizida alohida toʼqimachilik institutini tashkil etish zarurati paydo boʼldi.

Shunday qilib, 1932 yil sentyabrdan institut oʼz faoliyatini boshladi. Dastlabki yili institutda 2 ta fakultet: «Paxtani dastlabki ishlash» va «Mexanikaviy texnologiya» fakultetlari oʼz tarkibida 4 ta mutaxassislik, paxtani dastlabki ishlash, toʼquvchilik, yigiruv va ipak texnologiyasi mutaxassisliklari bilan faoliyatini boshladi.

1991 yil 31 avgustda Oʼzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining eʼlon qilinishi bilan institut tarixida yangi bosqich boshlandi. Mustaqillikning oʼtgan 30 yili ichida institut jamoasi taʼlim-tarbiya jarayonini zamon talablari darajasida qayta qurish, uni yana-da takomillashtirib, samaradorligini oshirish, oʼquv-laboratoriya va kabinetlarini yangi, eng zamonaviy kompyuterlar, boshqa asbob-uskunalar bilan jihozlash, taʼlim-tarbiyada milliy qadriyatlar va xalq anʼanalariga alohida eʼtibor berish, talaba-yoshlar ongiga mustaqillik va milliy istiqlol g‘oyasini singdirish kabi masalalarda jiddiy yutuqlarga erishdilar.

Bugungi kunda institutda 13 ta yoʼnalish boʼyicha 46 nafar stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi nomzodlik, 3 nafar katta ilmiy-xodim-izlanuvchi esa dissertatsiya ustida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Bundan tashqari professor-oʼqituvchilar tarkibidan yana 71 nafar kishi mustaqil tadqiqotchi sifatida 68 ta nomzodlik va 3 ta doktorlik    dissertatsiyasi ustida ishlamoqda.

Telefon:
(+998) 71-253-06-06
Sayt:
Pochta:
titlp__info@edu.uz
Manzil:
Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shohjaxon ko‘chasi, 5- uy, pochta indeksi: 100100

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma
1. Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)

Matematika / Chet tili

4 / 121

143.9 80.4
2. Dizayn: kostyum dizayni

Ijodiy (kasbiy) / Ijodiy (kasbiy)

4 / 71

168.9 110.4
3. Dizayn: poyabzal va aksessuarlar dizayni

Ijodiy (kasbiy) / Ijodiy (kasbiy)

5 / 45

143.3 85
4. Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

Kimyo / Biologiya

10 / 40

77 62.8
5. Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

Matematika / Chet tili

8 / 117

146.8 80.1
6. Kimyoviy texnologiya (qog‘oz sanoati)

Kimyo / Matematika

4 / 21

0 57.7
7. Kimyoviy texnologiya (to‘qimachilik sanoati)

Kimyo / Matematika

8 / 67

69.4 56.7
8. Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

Matematika / Chet tili

4 / 121

143.9 73.8
9. Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi

Kimyo / Matematika

15 / 35

68 56.7
10. Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (tarmoqlar bo‘yicha)

Kimyo / Matematika

10 / 40

74.5 56.7
11. Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi (tarmoqlar bo‘yicha)

Matematika / Fizika

10 / 40

82.1 60.6
12. Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo‘yicha)

Fizika / Matematika

15 / 60

69.4 58.7
13. Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi (xomashyo va jarayon turlari bo‘yicha)

Fizika / Matematika

22 / 78

68.2 57.6
14. Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha)

Fizika / Matematika

15 / 60

70.5 58.9
15. Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (charm buyumlarida innovatsion texnologiyalar)

Matematika / Fizika

3 / 22

73.5 56.9
16. Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (charm va mo‘yna sanoatida innovatsion texnologiyalar)

Matematika / Fizika

3 / 22

72.6 56.7
17. Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi: gilamchilik

Matematika / Fizika

3 / 22

71.4 56.7
18. Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi: ipak mahsulotlari ishlab chiqarish

Matematika / Fizika

3 / 22

79.7 58.9
19. Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi: noto‘qima materiallar texnologiyasi

Matematika / Fizika

3 / 22

68.3 57.1
20. Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi: shaxsiy buyurtma asosida kiyim tayyorlash

Matematika / Fizika

5 / 45

75.8 57.8
21. Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi: tikuv buyumlari texnologiyasi

Matematika / Fizika

6 / 44

78.9 56.8
22. Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi: to‘qima

Matematika / Fizika

3 / 22

76 56.7
23. Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi: trikotaj

Matematika / Fizika

3 / 47

84.2 56.9
24. Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi: yigirilgan ip ishlab chiqarish

Matematika / Fizika

3 / 22

84.2 56.8
25. Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari (mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish)

Matematika / Fizika

5 / 20

75.9 60
26. Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari (tarmoq mashinalarini ekspluatatsiyasi va loyihalash)

Matematika / Fizika

13 / 62

69.5 56.9
27. Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari: charm va mo‘ynani qayta ishlash va jihozlari

Matematika / Fizika

5 / 20

70.3 58.8
28. Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari: poyabzal, charm-attorlik buyumlari ishlab chiqarish va jihozlari

Matematika / Fizika

5 / 20

69.5 58.9
29. Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari: tikuvchilik sanoatida kreativ loyihalash va innovatsion texnologiyalar

Matematika / Fizika

10 / 40

80.1 57.7