Oliy ta'lim muassasasi

Urganch davlat universiteti

Tarix, Chet tillari, Iqtisodiyot, Pedagogika, Kimyo-texnika, Fizika-matemetika, Filologiya va san’at, Jismoniy madaniyat, Tabiatshunoslik va geografiya, Urganch davlat universiteti

Urganch davlat universiteti ilgaridan faoliyat ko‘rsatib kelgan Xorazm davlat pedagogika instituti asosida tashkil topdi. Xorazm Davlat pedagogika instituti 1 sentyabr 1942 yilda to‘liqsiz oliy maʼlumotli o‘qituvchilar tayyorlaydigan institut asosida tashkil topgan. Institut tarkibida 4 ta fakultet mavjud edi: fizika-matematika, o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, tarix. 1991 yilga kelib XDPI da 6 ta fakultet va 22 kafedra faoliyat olib borgan.

Urganch davlat universiteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 28 fevraldagi PF-356 sonli farmoniga muvofiq, oldingi Xorazm davlat pedagogika instituti negizida tashkil qilingan.

Urganch davlat universitetida 11 ta fakultet, 36 ta kafedra faoliyat ko‘rsatib, ularda 58 taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar, 27 ta mutaxassislik bo‘yicha magistrlar tayyorlanmoqda. Talabalar kontingenti bakalavriat kunduzgi bo‘limida 16496 nafar.

Telefon:
(+998) 62-224-67-00
Sayt:
www.urdu.uz
Pochta:
info@urdu.uz
Manzil:
Xorazm viloyati, Urganch shahri, Hamid Olimjon ko‘chasi, 14- uy, pochta indeksi: 220100

Urganch davlat universiteti Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma
1. Arxitektura (turlari bo‘yicha)

Matematika / Ona tili va adabiyoti

10 / 15

74.8 60.3
2. Biologiya (turlari bo‘yicha)

Biologiya / Kimyo

8 / 17

89 77.5
3. Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili

Rus tili va adabiyoti / Chet tili

15 / 25

127.6 99.7
4. Fizika

Fizika / Matematika

5 / 15

69.4 56.9
5. Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

Matematika / Chet tili

5 / 15

145.9 124.2
6. Kimyo (turlari bo‘yicha)

Kimyo / Matematika

8 / 17

68.5 57.7
7. Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha)

Kimyo / Matematika

10 / 15

0 57.8
8. Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha)

Matematika / Fizika

8 / 17

85.3 65.1
9. Matematika

Matematika / Fizika

10 / 15

91.3 63.2
10. Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha)

Kimyo / Biologiya

8 / 17

68 57.8
11. Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)

Tarix / Geografiya

8 / 17

87.2 57.9