17 ta OTM Oliy ta’lim vazirligi tizimiga o‘tkazildi

17 ta OTM Oliy ta’lim vazirligi tizimiga o‘tkazildi

O‘zbekistonda davlat oliy ta’lim tashkilotlarini boshqarish tizimida o‘zgarish amalga oshirildi. 17 ta oliy ta’lim muassasasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimiga o‘tkazildi.

Bu Prezidentning 2026-yil 2-oktabrdagi PQ–358-son “Ayrim davlat oliy ta’lim muassasalarining boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan belgilandi.

Qarorga muvofiq, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida bo‘lgan 14 ta pedagogika oliy ta’lim muassasasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimiga o‘tkazildi.

Shuningdek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi yana uchta OTM:

  • Yangi O‘zbekiston universiteti;

  • Al-Xorazmiy universiteti;

  • Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti

ham Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufiga o‘tkazildi.

Qaror bilan O‘zbekiston milliy pedagogika universitetiga Nizomiy Ganjaviy nomi berildi.

Endilikda oliygoh Nizomiy Ganjaviy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti deb ataladi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining pedagog kadrlar tayyorlash bilan bog‘liq qator vazifalari ham Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yuklatildi.

Endilikda vazirlik:

  • oliy ma’lumotli pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘yicha yagona konseptual siyosatni yuritadi;

  • pedagogik ta’limni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi;

  • pedagogik ta’limning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlaydi;

  • ta’lim jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etadi;

  • pedagogika sohasidagi ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantiradi.

Shuningdek, pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliygohlarning boshqaruv tizimini takomillashtirish ham vazirlik vazifalaridan biri etib belgilandi.

Teglar:

O'xshash xabarlar