Ichki ishlar akademiyasiga kirish imtihonlari sanasi ma’lum qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasining kunduzgi ta’lim shakliga 2026/2027-o‘quv yili uchun nomzodlarni o‘qishga qabul qilish bo‘yicha tanlov tadbirlari grafigi e’lon qilindi.
Grafikka ko‘ra, tanlov tadbirlari 27-iyundan 12-iyulgacha bosqichma-bosqich o‘tkaziladi.
Tanlov jarayonlari bir necha bosqichdan iborat bo‘ladi. Nomzodlar avvalo tibbiy ko‘rikdan o‘tadi, shuningdek, chet tili yoki matematika bo‘yicha sinov topshiradi.
Keyingi bosqichda jismoniy tayyorgarlik darajasi baholanadi. Bundan tashqari, nomzodlar yozma ish hamda kimyo, fizika, informatika va axborot texnologiyalari fanlarini o‘zlashtirganlik darajasi bo‘yicha baholash jarayonlarida ishtirok etadi.
Tanlovning yakuniy bosqichida nomzodlar bilan yakka tartibdagi yakuniy suhbat o‘tkaziladi.
Jadvalga ko‘ra, dastlabki tanlov tadbirlari 27-iyun kuni Sirdaryo viloyati IIB tomonidan yuborilgan nomzodlar uchun boshlanadi. Ularning yakuniy suhbat bosqichi 29-iyunga belgilangan.
Namangan viloyati nomzodlari uchun tanlov 28-iyunda, Navoiy va Jizzax viloyatlari nomzodlari uchun esa 29-iyunda boshlanadi.
Qashqadaryo viloyati nomzodlari 30-iyundan, Buxoro viloyati hamda barcha ichki ishlar organlaridan hujjatlarini rasmiylashtirgan ayrim nomzodlar 1-iyuldan tanlov tadbirlarida ishtirok etadi.
Andijon va Xorazm viloyatlari nomzodlari uchun jarayon 3-iyuldan, Farg‘ona viloyati nomzodlari uchun 4-iyuldan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV nomzodlari uchun esa 5-iyuldan boshlanadi.
Nomzod qizlar uchun tanlov tadbirlari alohida jadval asosida tashkil etiladi. Ular uchun tibbiy ko‘rik va fan sinovlari 6-iyulga, jismoniy tayyorgarlik hamda yozma ish bosqichi 7-iyulga belgilangan. Yakuniy suhbat esa 8–9-iyul kunlari o‘tkaziladi.
Qo‘shimcha kunlarda Surxondaryo viloyati, Toshkent shahri, Toshkent viloyati hamda Samarqand viloyati nomzodlari uchun tanlov tadbirlari tashkil etiladi.
Surxondaryo viloyati va Toshkent shahri nomzodlari uchun jarayon 8-iyuldan, Toshkent viloyati nomzodlari uchun 9-iyuldan, Samarqand viloyati nomzodlari uchun esa 10-iyuldan boshlanadi.
Eng so‘nggi yakuniy suhbat Samarqand viloyati nomzodlari uchun 12-iyul kuni o‘tkaziladi.
Umumiy hisobda Akademiyaga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha tanlov tadbirlarida 4 612 nafar nomzod ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
Nomzodlarga belgilangan sanalar, hujjatlar va sinov bosqichlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish tavsiya etiladi.
Tanlov tadbirlari hududlar kesimida
Ichki ishlar akademiyasiga qabul bo‘yicha tanlov tadbirlari quyidagi tartibda o‘tkaziladi:
-
Sirdaryo viloyati IIB: 212 nafar nomzod. Tibbiy ko‘rik va fan sinovi: 27.06.2026. Jismoniy tayyorgarlik, yozma ish va fanlarni o‘zlashtirganlik darajasini baholash: 28.06.2026. Yakuniy suhbat: 29.06.2026;
-
Namangan viloyati IIB: 171 nafar nomzod. Tibbiy ko‘rik va fan sinovi: 28.06.2026. Baholash bosqichi: 29.06.2026. Yakuniy suhbat: 30.06.2026;
-
Navoiy viloyati IIB: 241 nafar nomzod. Tibbiy ko‘rik va fan sinovi: 29.06.2026. Baholash bosqichi: 30.06.2026. Yakuniy suhbat: 01.07.2026;
-
Jizzax viloyati IIB: 199 nafar nomzod. Tibbiy ko‘rik va fan sinovi: 29.06.2026. Baholash bosqichi: 30.06.2026. Yakuniy suhbat: 01.07.2026;
-
Qashqadaryo viloyati IIB: 322 nafar nomzod. Tibbiy ko‘rik va fan sinovi: 30.06.2026. Baholash bosqichi: 01.07.2026. Yakuniy suhbat: 02.07.2026;
-
Buxoro viloyati IIB: 264 nafar nomzod. Tibbiy ko‘rik va fan sinovi: 01.07.2026. Baholash bosqichi: 02.07.2026. Yakuniy suhbat: 03.07.2026;
-
Barcha ichki ishlar organlaridan hujjatlarini rasmiylashtirgan nomzodlar: 105 nafar nomzod. Tibbiy ko‘rik va fan sinovi: 01.07.2026. Baholash bosqichi: 02.07.2026. Yakuniy suhbat: 03.07.2026;
-
Barcha RSTIQKFga rasmiylashtirilgan nomzodlar: 353 nafar nomzod. Tibbiy ko‘rik va fan sinovi: 02.07.2026. Baholash bosqichi: 03.07.2026. Yakuniy suhbat: 04.07.2026;
-
Andijon viloyati IIB: 264 nafar nomzod. Tibbiy ko‘rik va fan sinovi: 03.07.2026. Baholash bosqichi: 04.07.2026. Yakuniy suhbat: 05.07.2026;
-
Xorazm viloyati IIB: 170 nafar nomzod. Tibbiy ko‘rik va fan sinovi: 03.07.2026. Baholash bosqichi: 04.07.2026. Yakuniy suhbat: 05.07.2026;
-
Farg‘ona viloyati IIB: 305 nafar nomzod. Tibbiy ko‘rik va fan sinovi: 04.07.2026. Baholash bosqichi: 05.07.2026; Yakuniy suhbat: 06.07.2026;
-
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV: 219 nafar nomzod. Tibbiy ko‘rik va fan sinovi: 05.07.2026. Baholash bosqichi: 06.07.2026. Yakuniy suhbat: 07.07.2026;
-
Barcha ichki ishlar organlaridan rasmiylashtirilgan nomzod qizlar: 580 nafar nomzod. Tibbiy ko‘rik va fan sinovi: 06.07.2026. Baholash bosqichi: 07.07.2026. Yakuniy suhbat: 08–09.07.2026;
Qo‘shimcha kunlardagi tanlov tadbirlari
-
Surxondaryo viloyati IIB: 237 nafar nomzod. Tibbiy ko‘rik va fan sinovi: 08.07.2026. Baholash bosqichi: 09.07.2026. Yakuniy suhbat: 10.07.2026;
-
Toshkent shahar IIBB: 257 nafar nomzod. Tibbiy ko‘rik va fan sinovi: 08.07.2026. Baholash bosqichi: 09.07.2026. Yakuniy suhbat: 10.07.2026;
-
Toshkent viloyati IIBB: 431 nafar nomzod. Tibbiy ko‘rik va fan sinovi: 09.07.2026. Baholash bosqichi: 10.07.2026. Yakuniy suhbat: 11.07.2026;
-
Samarqand viloyati IIB: 282 nafar nomzod. Tibbiy ko‘rik va fan sinovi: 10.07.2026. Baholash bosqichi: 11.07.2026. Yakuniy suhbat: 12.07.2026;
Jami tanlov tadbirlarida 4 612 nafar nomzod ishtirok etishi rejalashtirilgan.