Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari 25-iyundan boshlanadi
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga kirish imtihonlari sanasi e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, kirish imtihonlari 2026-yil 25-iyundan boshlanadi.
Imtihonlar Prezident maktablari, ijod maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablar, sport maktablari, tayanch maktablari, muhandislik maktablari hamda jasorat maktablariga qabul uchun o‘tkaziladi.
Shuningdek, Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati, xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamda “Prezident iqtidorli farzandlari”ni qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi uchun ham saralash sinovlari tashkil etiladi.
Talabgorlar imtihon ruxsatnomasini belgilangan sanadan 3 kun oldin shaxsiy kabineti orqali olishi mumkin.
Ruxsatnoma ariza.piima.uz saytidagi shaxsiy kabinetga yuklanadi. Bundan tashqari, arizada ko‘rsatilgan telefon raqamga SMS-xabarnoma yuboriladi.
Ota-onalar va talabgorlarga imtihon sanasini, manzilini hamda ruxsatnomadagi ma’lumotlarni oldindan tekshirib olish tavsiya etiladi.
Ruxsatnomani ariza.piima.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali yuklab olish mumkin.
Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari grafigi
25-iyun
1-smena: 08:00 – 09:00 Prezident maktablari, 1-bosqich5-sinf
26-iyun
1-smena: 08:00 – 10:10 Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati5, 6, 7-sinflar
27-iyun
1-smena: 08:00 – 09:45 Ixtisoslashtirilgan maktablar7-sinf, aniq yo‘nalish
2-smena: 12:00 – 13:45 Ixtisoslashtirilgan maktablar9-sinf, aniq va tabiiy yo‘nalishlar
2-smena: 12:00 – 14:00 Yangi O‘zbekiston universiteti
28-iyun
1-smena: 08:00 – 09:45 Ixtisoslashtirilgan maktablar6-sinf aniq, 10-sinf aniq va tabiiy yo‘nalishlar
2-smena: 12:00 – 13:45 Ixtisoslashtirilgan maktablar7-sinf, tabiiy yo‘nalish
3-smena: 17:00 – 18:45 Ixtisoslashtirilgan maktablar8-sinf, aniq va tabiiy yo‘nalishlar
29-iyun
1-smena: 08:00 – 09:45 Ixtisoslashtirilgan maktablar5-sinf, aniq yo‘nalish
2-smena: 12:00 – 13:45 Ixtisoslashtirilgan maktablar5-sinf, aniq yo‘nalish
30-iyun
1-smena: 08:00 – 09:45 Mirzo Ulug‘bek hamda Muhandislik maktablari7, 8, 9, 10-sinflar, aniq yo‘nalish
1-iyul
1-smena: 08:00 – 09:40 Jasorat maktabi5-sinf
1-smena: 08:00 – 10:20 Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati9-sinf
2-smena: 12:00 – 14:10 “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha milliy dastur10-sinf
2-iyul
1-smena: 08:00 – 09:25 Ijod maktablari, 3-bosqich7, 8, 9, 10-sinflar
3-iyul
1-smena: 08:00 – 09:45 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va uning filiallari7, 8, 9, 10-sinflar, tabiiy yo‘nalish
4-iyul
1-smena: 08:00 – 09:45 Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va uning filiallari5-sinf, aniq yo‘nalish
2-smena: 12:00 – 13:45 Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va uning filiallari5, 8, 9, 10-sinflar, aniq yo‘nalish
3-smena: 17:00 – 18:45 Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va uning filiallari6, 7-sinflar, aniq yo‘nalish
17-iyul
1-smena: 09:00 – 11:25 Prezident maktablari, 2-bosqich5-sinf