2024-2025-o‘quv yili uchun test sinovlari o‘tkaziladigan binolar - Navoiy viloyati

2024-2025-o‘quv yili uchun test sinovlari o‘tkaziladigan binolar - Navoiy viloyati

Bilimni baholash agentligi tomonidan 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar e’lon qilindi.

Unda quyidagi ma’lumotlar aks etgan:

  • Test sinovi o‘tkaziladigan hududning rasmi;
  • Hududga kirish joylari;
  • Test sinovi o‘tkaziladigan joy nomi;
  • Test sinovi o‘tkaziladigan joy manzili;
  • Bino raqami;
  • Test sinovi o‘tkaziladigan guruhlar;
  • Joylarning google xaritadagi joylashuvi (geolokatsiyasi).

  • Nomi: Navoiy shahridagi "Kimyogar" sport majmuasi sport zali
  • Manzil: Navoiy shahri A.Navoiy ko‘chasi 35-A uy
  • Bino: 1-bino
  • Guruhlar: 1-36 guruhlar
  • Geolokatsiya: https://goo.gl/maps/3uJAG4Wf9jnx7Twi6

  • Nomi: Navoiy shahar 1-BO‘SMga qarashli minifutbol zali va kurash zali
  • Manzil: Navoiy shahri S.Ayniy ko‘chasi 5-uy
  • 2-bino: 37-51 guruhlar
  • 3-bino: 52-61 guruhlar
  • Geolokatsiya: https://maps.app.goo.gl/RvDpd4Di4MaiLFmk8

"Abituriyent ruxsatnomasi"da berilgan QR-kod orqali bino joylashgan manzilni aniqlash imkoni mavjud.

Hurmatli abituriyentlar! Test sinovlariga kech qolmang! O‘zingiz bilan pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasini olishni unutmang (aks holda test sinoviga kira olmaysiz).

Teglar:

O'xshash xabarlar