Aqliy salohiyatni rivojlantirishga yordam beruvchi 33 ta internet sayt
Tadbirkor Tomas Oppong Medium portalida e`lon qilgan eslatmasida o‘zining aqliy salohiyatini rivojlantirmoqchi bo‘lganlar uchun 33 sayt manzilini joylashtirdi. Siz ularning bir qismidan foydalansangiz ham hayotingizda o‘zgarishlar bo‘lishini ko‘rasiz.
Ma`lumki, internet yangi bilimlar manbasi sifatida o‘z o‘rnini mustahkamlab bormoqda. Chunki Oksford professorining yozgan kitobini izlab yurish shart emas, chunki ayni shu mutaxassis onlayn kurslarni tashkil etgan bo‘lishi mumkin.
Biroq ta`lim beruvchi saytlar soni ko‘payib borayotgani ham sezilarli muammoga aylangan. Ularning har biri o‘nlab va hatto yuzlab kurslarga egaligi e`tiborga olinsa, foydalilarini tanlash uchun ham vaqt talab etiladi. Quyida tadbirkor va bloger Tomas Oppong bu tashvishni yengillashtiradi. Faqatgina, bu saytlarning aksariyati ingliz tilidadir.
BBC Future — zamonaviy dunyo haqidagi maqolalar va videolar sayti
99U — Yetakchilik, smaradorlik va o‘zini tarbiya qilishga doir YouTube-sahifasi
YouTube EDU — Ta`lim videolarini o‘z ichiga olgan YouTube qismi
WikiWand — «Vikipediya» saytining ancha puxta ishlangan interfeysi
The long read (The Guardian) —The Guardian nashrining o‘yga toldiruvchilar lavhalar bo‘limi
TED — o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashuvchi ilg‘or kishilar ishtirokidagi video
iTunes U — Yetakchi universitetlarning ma`ruzalariga bag‘ishlangan iTunes bo‘limi
Insightful Questions —Reddit ijtimoiy tarmog‘ining intellektual muhokamalar bo‘limi
Cerego — kishining kuchli va zaif tomonlariga bog‘liq ta`lim berish rejasini ishlab chiquvchi xizmat
University of the People — turli mutaxassisliklar bo‘yicha bepul kurslarni taqdim etuvchi onlayn-universitet
Open Sesame — kurslarni sotish uchun maydon
CreativeLive — ijodiy mutaxassisliklar bo‘yicha jahon ekspertlaridan bepul kurslar
Coursera — dunyoning yuzlab mashhur universitetlarining kurslariga ega sayt
University of Reddit — Reddit ijtimoiy tarmog‘ining foydalanuvchilar o‘z bilimlari bilan o‘rtoqlashadigan bo‘limi
Quora — biznesdan komikslargacha bo‘lgan turli xil savollarga javob topish mumkin bo‘lgan sayt
Digital Photography School — fotosuratga olishni o‘rgatishga bag‘ishlangan sayt
Umano — ma`ruza va maqolalar o‘qilgan yirik audioyozuvlar zaxirasi
Peer 2 Peer University — ochiq ta`lim loyihasi
MIT Open CourseWare — Massachusets texnologiya instituta bepul kurslari
Gibbon — ta`lim beruvchi pley-listlarni tashkil etuvchi xizmat
Investopedia — investitsiya kiritish, moliya bozorlaridagi o‘yinlar va shaxsiy moliyani ta`lim beradi
Udacity — texnik yo‘nalishdagi onlayn-kurslar
Mozilla Developer Network — veb-dasturlovchilari uchun hujjatlar
Future Learn — yetakchi univversitetlardan bepul onlayn darslar
Google Scholar — ilmiy adabiyotlar: kitoblar, maqolalar, jurnallar va boshqa manbalardan qidirish
Brain Pump — har kuni nimadir yangi narsa o‘rganish mumkin bo‘lgan sayt
Mental Floss — turli sohalardagi bilim darajasini aniqlash bo‘yicha testlar
Learnist — ekspertlar tomonidan tanlangan mavzular bilan ta`lim berish
DataCamp — ma`lumotlar fani bo‘yicha onlayn-tutoriallar va kurslar
edX — turli universitetlarning onlayn-kurslari
Highbrow — elektron pochtaga yuboriladigan uncha katta bo‘lmagan kunlik kurslar
Coursmos — e`tiborini tez-tez boshqa narsalarga qaratadiganlar uchun qisqa kurslar
Platzi — dizayn, marketing va dasturlash bo‘yicha onlayn-darslar
Manba: kun.uz