Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga oʻquvchilarni qabul qilish tartibi loyihasi e’lon qilindi

Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga oʻquvchilarni qabul qilish tartibi loyihasi e’lon qilindi

Muhokamalar portaliga Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat faoliyatiga o‘quvchilarni saralab olish va qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizom loyihasi joylashtirildi.

Unga ko‘ra kirish imtihoni har yili qabul komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda o‘tkaziladi.

Maktabga tayyorlov guruhi hamda 1-sinflar uchun kirish imtihonlari ikki bosqichda quyidagicha o‘tkaziladi:

1-bosqichmantiqiy fikrlash bo‘yicha maktabga tayyorlov guruhi uchun 10 ta, 1-sinf uchun 20 ta test shaklida o‘tkaziladi.

Birinchi bosqich natijasiga ko‘ra, qabul kvotasida belgilangan har bir o‘ringa 5 nafar hisobidan maksimal ball to‘plagan o‘quvchilarga ikkinchi bosqichda ishtirok etishga ruxsat etiladi.

2-bosqichpsixologik va intellektual qobiliyat darajasini aniqlash bo‘yicha turli darajadagi suhbatlar shaklida o‘tkaziladi.

Kirish imtihonlari:

a) 2–4-sinflar uchun bir bosqichda quyidagi fanlardan o‘tkaziladi:

  • 2-sinf uchun matematika fanidan 15 ta, ingliz tili fanidan 10 ta test savollari shaklida;

  • 3-sinf uchun matematika fanidan 20 ta, ingliz tili fanidan 10 ta test savollari shaklida;

  • 4-sinf uchun matematika fanidan 20 ta, ingliz tili fanidan 15 ta test savollari shaklida.

b) 5–11-sinflar uchun bir bosqichda matematika fanidan 20 ta, ingliz tili fanidan 25 ta test savollari shaklida o‘tkaziladi.

— Ixtisoslashtirilgan maktabga o‘quvchilar yillik qabul kvotasi (ikkita sinfga bir xil 24 nafardan o‘quvchi taqsimlangan, 48 nafar o‘quvchidan iborat) doirasida qabul qilinadi.

— Ixtisoslashtirilgan maktabda 6 yoshli bolalar uchun 2 ta maktabga tayyorlov guruhi tashkil etiladi, ularga 10 nafardan 20 nafargacha bolalar qabul qilinishi mumkin.

— Ushbu muassasalarga qabul jarayonlari 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Teglar:

O'xshash xabarlar