Oliy ta'lim muassasasi

Buxoro davlat universiteti

Filologiya, Pedagogika, Tabiiy fanlar, Badiiy grafika, Jismoniy-tarbiya, Fizika-matematika, Ijtimoiy-iqtisodiy, Buxoro davlat universiteti

1922 yilda Buxoro Xalq Jumhuriyati qarori bilan Buxoro va Chorjo‘yda xalq maorifi instituti ochildi. Bu – zamonaviy oliy o‘quv yurti tashkil etish yo‘lidagi dastlabki harakat edi. F.Xo‘jayev va A.Fitrat shu institut negizida dorilfunun tashkil etish g‘oyasi bilan chiqdilar, ammo BXJning tugatilishi bilan bu g‘oya amalga oshmay qoldi. 1930 yilga kelib esa Buxoro pedagogika instituti ochildi. Dastlab uning kimyo-biologiya va tarix-ijtimoiyot singari ikki bo‘limida 45 talaba tahsil olgan. 1935 yilda esa BuxDPI tarkibida 2 yillik o‘qituvchilar instituti hamda 5 bo‘lim faoliyat ko‘rsatdi, keyinchalik bu bo‘limlar fakultetlarga aylantirildi. Institutning oyoqqa turishida A.Fitrat, Miyonbuzruk Solihov, Muso Saidjonov, B.Cho‘ponzoda, I.Kojin, F.Trudakov, P.Korolenko, N.Merkulovich, V.Abdullayev, G.Yusupov kabi olimlarning xizmatlari katta bo‘ldi. Ikkinchi jahon urushi yillarida bir qator o‘qituvchilar va 47 talaba ko‘ngillilar qatorida urushga ketdi. Bu murakkab davrda talabalarni o‘qishga ko‘proq jalb etish maqsadida Qarshi, G‘ijduvon va Shofirkonda filiallar ochildi. Hozirgi paytda mustaqil O‘zbekistonning yetakchi oliy o‘quv yurtlari darajasiga ko‘tarilgan Xorazm, Qarshi va Termiz davlat universitetlari ilk bor filial sifatida BuxDPI tarkibida ish boshlagan edi.

BuxDPI urushdan keyingi yillarda respublikaning yetakchi ilm maskanlaridan biri sifatida shuhrat topdi: talabalar soni 1946–1960 yillarda 521 tadan 1575 taga, 1960–1980 yillarda 7531 taga yetdi; oliygohda turli yillarda M.Mirzayev, Sh.Balavadze, S.Aliyev, M.Abdullayev, V.Mo‘minov, N.Jabborov, J.Namozov, H.Neʼmatov, F.Qosimov, B.Ochilov, R.Vohidov, O.Safarov, A.Atoyev, O.Yoriyev, R.Rahmonov, K.Zaripov, S.Inoyatov, O.Roziqov kabi fan va maorif fidoyilari faoliyat ko‘rsatdilar; fanning kimyo, fizika, geliotexnika, ixtiologiya, falsafa, tarix, adabiyotshunoslik, tilshunoslik singari yo‘nalishlari rivoj topdi; 1989 yilda esa BuxDPI huzurida tilshunoslik va adabiyotshunoslik yo‘nalishlarida aspirantura ochildi. Institut respublikaning zamonaviy ilm-fan markazlaridan biriga aylanib, 1981 yilda orden bilan mukofotlandi.

Institut 1992 yilda universitetga aylantirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 1992 yil 28 fevraldagi Farmoniga asosan Buxoro pedagogika institutiga Universitet maqomi berilgach, imkoniyatlar yana-da kengaydi. Ayni paytda universitetda 8 ta fakultet, 43 ta kafedra va maxsus sirtqi bo‘limi hamda malaka oshirish markazi faoliyat ko‘rsatmoqda. Universitetda 36 taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat, 22 mutaxassislik bo‘yicha magistratura, 23 mutaxassislik bo‘yicha aspirantura va 4 ta yo‘nalish bo‘yicha doktorantura mavjud.

Shu tariqa universitet ilmiy imkoniyatlari yil sayin to‘lishib, mustahkamlanib bormoqda. Bu hol universitet huzurida maxsus nashriyot va ilmiy jurnal tashkil etilishini taqozo eta boshladi. Shu hayotiy ehtiyojni taʼminlash maqsadida 2000 yilda universitetda maxsus nashriyot tashkil etildi. «BuxDU ilmiy axboroti» jurnali nafaqat Buxoro, balki Respublikamizning boshqa oliy o‘quv yurtlarida qizg‘in ilmiy izlanishlar olib borayotgan barcha tadqiqotchilarga ham beminnat xizmat qilib kelmoqda. 1997 yildan biznes maktabi, 1999 yildan esa gimnaziya maktabi universitet qaramog‘ida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Respublikada birinchilardan bo‘lib universitetda talabalar bilimini reyting tizimi asosida baholash to‘la kompyuterlashtirildi. 2000 yilda esa lokal kompyuter tizimi ishga tushirildi.

Universitet mamlakatimiz Fanlar Akademiyasining qator ilmiy-tadqiqot institutlari, O‘zMU, SamDU, FarDU va viloyatlardagi boshqa yetakchi oliy o‘quv yurtlari bilan birga xorijiy mamlakatlardagi yirik ilmiy maskanlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Bu jihatdan Misr Arab Respublikasining Aynush-Shams va Al-Azhar universitetlari, shuningdek, Saudiya Arabistonning Ar-Riyo, Germaniyaning Shtutgart, Fransiyaning Sorboniya III va V Buyuk Britaniyaning Redding, Rossiyaning Novosibirsk universitetlari bilan shartnomalar tuzildi.

Natijada shu o‘quv yurtlari bilan talabalar ayirboshlash, tajriba almashish anʼanaga aylanib qoldi. 2004–2006 yillarda universitet bo‘yicha 2 magistr Prezident stipendiyasi sohibi bo‘ldi, 9 nafar talaba davlat, 44 talaba universitet, 32 nafar talaba esa boshqa nomlardagi stipendiyalar sovrindori bo‘lishdi.

2004–2006 yillar davomida universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan 12 ta darslik va o‘quv qo‘llanma, 250 dan ortiq usuliy ishlar eʼlon qilindi, 52 ta elektron o‘quv qo‘llanma, 2004–2007 yillarda 210 dan ortiq maʼruza matnlarining elektron versiyasi yaratildi.

Keyingi uch yilda ilmiy tadqiqot ishlarining natijasi yana-da samarali bo‘ldi. 2004–2006 yillarda 8 ta doktorlik, 28 ta nomzodlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilindi.

Universitet professor-o‘qituvchilari davlat grantlari, fundamental, amaliy va innovatsion yo‘nalishlarda tadqiqotlar fondi tanlovida faol qatnashib qator yutuqlarga erishmoqdalar.

2004–2006 yillarda 9 ta grant asosida (36199000 so‘m) ilmiy ishlar bajarildi.

Universitet huzurida 4 ta akademik litsey, gimnaziya, biznes maktabi, 6 ta til o‘rganish markazi, elektron kutubxona va axborot resurs markazi, test markazi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Hozirgi kunda universitetda 8778 talaba tahsil oladi. Bo‘lajak mutaxassislarga 36 nafar fan doktori va professorlar, 161 nafar fan nomzodi va dotsentlar fan asoslarini o‘rgatib kelmoqdalar.

Telefon:
(+998) 65-221-29-14
Sayt:
buxdu.uz
Pochta:
buxdu_rektor@buxdu.uz
Manzil:
Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Muhammad Iqbol ko‘chasi, 11- uy, pochta indeksi: 200118

Buxoro davlat universiteti Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma
1. Agrobiznes va investitsion faoliyat

15 / 35

120.75 80.85
2. Agrokimyo va agrotuproqshunoslik

15 / 35

92.4 72.45
3. Amaliy matematika

20 / 30

148.05 99.75
4. Amaliy san`at: badiiy kulolchilik

10 / 15

123.4 85.7
5. Arxeologiya

5 / 20

159.6 131.25
6. Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

10 / 40

135.45 73.5
7. Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar

5 / 20

150.15 124.95
8. Biologiya (turlari bo‘yicha)

20 / 80

120.75 99.75
9. Biotexnologiya (tarmoqlar bo‘yicha)

20 / 30

115.5 102.9
10. Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)

15 / 35

158.55 113.4
11. Cholg‘u ijrochiligi: xalq cholg‘ulari (rubob prima, qashqar va afg‘on rubobi)

10 / 40

132.5 56.7
12. Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

15 / 35

110.25 91.35
13. Filologiya va tillarni o‘qitish: fransuz tili

8 / 30

155.4 88.2
14. Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili

4 / 34

183.75 147
15. Filologiya va tillarni o‘qitish: nemis tili

4 / 34

155.4 92.4
16. Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili

30 / 95

161.7 134.4
17. Fizika

20 / 80

135.45 69.3
18. Geografiya

10 / 40

121.8 82.95
19. Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: fransuz tili

4 / 16

148.05 70.35
20. Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: ingliz tili

5 / 18

163.8 127.05
21. Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: nemis tili

4 / 16

136.5 99.75
22. Ijtimoiy ish: oila va bolalar bilan ishlash

9 / 35

114.45 91.35
23. Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

10 / 20

168 138.6
24. Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish

10 / 15

81.9 67.2
25. Jurnalistika: bosma ommaviy axborot vositalari jurnalistikasi

5 / 20

152.25 126
26. Kimyo (turlari bo‘yicha)

20 / 80

113.4 71.4
27. Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha)

10 / 40

135.45 76.65
28. Logistika (agrologistika)

15 / 35

113.4 74.55
29. Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish

10 / 40

162.75 118.65
30. Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

10 / 20

138.6 105
31. Matematika

32 / 68

150.15 89.25
32. Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish

19 / 56

124.95 81.9
33. Mevachilik va uzumchilik

10 / 15

72.45 67.2
34. Mexanika va matematika modellashtirish

5 / 20

108.15 69.3
35. O‘simliklarni himoya qilish (ekin turlari bo‘yicha)

20 / 30

91.35 79.8
36. Psixologiya: amaliy psixologiya

30 / 45

117.6 87.15
37. Psixologiya: oila psixologiyasi

10 / 15

114.45 92.4
38. Psixologiya: sport psixologiyasi

10 / 15

101.85 85.05
39. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha)

20 / 55

80.85 67.2
40. Rangtasvir: dastgohli

10 / 40

83 58.6
41. Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik

10 / 15

70.35 63
42. Sport faoliyati: boks

7 / 18

134.2 112.5
43. Sport faoliyati: kurash

8 / 17

134.4 125.1
44. Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

5 / 20

127.05 75.6
45. Tarix (islom tarixi va manbashunosligi)

5 / 20

158.55 131.25
46. Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)

25 / 50

168 147
47. Tarjima nazariyasi va amaliyoti: fransuz tili

5 / 8

141.75 82.95
48. Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili

5 / 7

168 137.55
49. Tarjima nazariyasi va amaliyoti: nemis tili

5 / 8

138.6 109.2
50. Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha )

18 / 37

170.1 154.35
51. Vokal san`ati: an`anaviy xonandalik

10 / 40

133.6 56.8