Oliy ta'lim muassasasi

Buxoro davlat universiteti

Filologiya, Pedagogika, Tabiiy fanlar, Badiiy grafika, Jismoniy-tarbiya, Fizika-matematika, Ijtimoiy-iqtisodiy, Buxoro davlat universiteti

1922 yilda Buxoro Xalq Jumhuriyati qarori bilan Buxoro va Chorjo‘yda xalq maorifi instituti ochildi. Bu – zamonaviy oliy o‘quv yurti tashkil etish yo‘lidagi dastlabki harakat edi. F.Xo‘jayev va A.Fitrat shu institut negizida dorilfunun tashkil etish g‘oyasi bilan chiqdilar, ammo BXJning tugatilishi bilan bu g‘oya amalga oshmay qoldi. 1930 yilga kelib esa Buxoro pedagogika instituti ochildi. Dastlab uning kimyo-biologiya va tarix-ijtimoiyot singari ikki bo‘limida 45 talaba tahsil olgan. 1935 yilda esa BuxDPI tarkibida 2 yillik o‘qituvchilar instituti hamda 5 bo‘lim faoliyat ko‘rsatdi, keyinchalik bu bo‘limlar fakultetlarga aylantirildi. Institutning oyoqqa turishida A.Fitrat, Miyonbuzruk Solihov, Muso Saidjonov, B.Cho‘ponzoda, I.Kojin, F.Trudakov, P.Korolenko, N.Merkulovich, V.Abdullayev, G.Yusupov kabi olimlarning xizmatlari katta bo‘ldi. Ikkinchi jahon urushi yillarida bir qator o‘qituvchilar va 47 talaba ko‘ngillilar qatorida urushga ketdi. Bu murakkab davrda talabalarni o‘qishga ko‘proq jalb etish maqsadida Qarshi, G‘ijduvon va Shofirkonda filiallar ochildi. Hozirgi paytda mustaqil O‘zbekistonning yetakchi oliy o‘quv yurtlari darajasiga ko‘tarilgan Xorazm, Qarshi va Termiz davlat universitetlari ilk bor filial sifatida BuxDPI tarkibida ish boshlagan edi.

BuxDPI urushdan keyingi yillarda respublikaning yetakchi ilm maskanlaridan biri sifatida shuhrat topdi: talabalar soni 1946–1960 yillarda 521 tadan 1575 taga, 1960–1980 yillarda 7531 taga yetdi; oliygohda turli yillarda M.Mirzayev, Sh.Balavadze, S.Aliyev, M.Abdullayev, V.Mo‘minov, N.Jabborov, J.Namozov, H.Neʼmatov, F.Qosimov, B.Ochilov, R.Vohidov, O.Safarov, A.Atoyev, O.Yoriyev, R.Rahmonov, K.Zaripov, S.Inoyatov, O.Roziqov kabi fan va maorif fidoyilari faoliyat ko‘rsatdilar; fanning kimyo, fizika, geliotexnika, ixtiologiya, falsafa, tarix, adabiyotshunoslik, tilshunoslik singari yo‘nalishlari rivoj topdi; 1989 yilda esa BuxDPI huzurida tilshunoslik va adabiyotshunoslik yo‘nalishlarida aspirantura ochildi. Institut respublikaning zamonaviy ilm-fan markazlaridan biriga aylanib, 1981 yilda orden bilan mukofotlandi.

Institut 1992 yilda universitetga aylantirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 1992 yil 28 fevraldagi Farmoniga asosan Buxoro pedagogika institutiga Universitet maqomi berilgach, imkoniyatlar yana-da kengaydi. Ayni paytda universitetda 8 ta fakultet, 43 ta kafedra va maxsus sirtqi bo‘limi hamda malaka oshirish markazi faoliyat ko‘rsatmoqda. Universitetda 36 taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat, 22 mutaxassislik bo‘yicha magistratura, 23 mutaxassislik bo‘yicha aspirantura va 4 ta yo‘nalish bo‘yicha doktorantura mavjud.

Shu tariqa universitet ilmiy imkoniyatlari yil sayin to‘lishib, mustahkamlanib bormoqda. Bu hol universitet huzurida maxsus nashriyot va ilmiy jurnal tashkil etilishini taqozo eta boshladi. Shu hayotiy ehtiyojni taʼminlash maqsadida 2000 yilda universitetda maxsus nashriyot tashkil etildi. «BuxDU ilmiy axboroti» jurnali nafaqat Buxoro, balki Respublikamizning boshqa oliy o‘quv yurtlarida qizg‘in ilmiy izlanishlar olib borayotgan barcha tadqiqotchilarga ham beminnat xizmat qilib kelmoqda. 1997 yildan biznes maktabi, 1999 yildan esa gimnaziya maktabi universitet qaramog‘ida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Respublikada birinchilardan bo‘lib universitetda talabalar bilimini reyting tizimi asosida baholash to‘la kompyuterlashtirildi. 2000 yilda esa lokal kompyuter tizimi ishga tushirildi.

Universitet mamlakatimiz Fanlar Akademiyasining qator ilmiy-tadqiqot institutlari, O‘zMU, SamDU, FarDU va viloyatlardagi boshqa yetakchi oliy o‘quv yurtlari bilan birga xorijiy mamlakatlardagi yirik ilmiy maskanlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Bu jihatdan Misr Arab Respublikasining Aynush-Shams va Al-Azhar universitetlari, shuningdek, Saudiya Arabistonning Ar-Riyo, Germaniyaning Shtutgart, Fransiyaning Sorboniya III va V Buyuk Britaniyaning Redding, Rossiyaning Novosibirsk universitetlari bilan shartnomalar tuzildi.

Natijada shu o‘quv yurtlari bilan talabalar ayirboshlash, tajriba almashish anʼanaga aylanib qoldi. 2004–2006 yillarda universitet bo‘yicha 2 magistr Prezident stipendiyasi sohibi bo‘ldi, 9 nafar talaba davlat, 44 talaba universitet, 32 nafar talaba esa boshqa nomlardagi stipendiyalar sovrindori bo‘lishdi.

2004–2006 yillar davomida universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan 12 ta darslik va o‘quv qo‘llanma, 250 dan ortiq usuliy ishlar eʼlon qilindi, 52 ta elektron o‘quv qo‘llanma, 2004–2007 yillarda 210 dan ortiq maʼruza matnlarining elektron versiyasi yaratildi.

Keyingi uch yilda ilmiy tadqiqot ishlarining natijasi yana-da samarali bo‘ldi. 2004–2006 yillarda 8 ta doktorlik, 28 ta nomzodlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilindi.

Universitet professor-o‘qituvchilari davlat grantlari, fundamental, amaliy va innovatsion yo‘nalishlarda tadqiqotlar fondi tanlovida faol qatnashib qator yutuqlarga erishmoqdalar.

2004–2006 yillarda 9 ta grant asosida (36199000 so‘m) ilmiy ishlar bajarildi.

Universitet huzurida 4 ta akademik litsey, gimnaziya, biznes maktabi, 6 ta til o‘rganish markazi, elektron kutubxona va axborot resurs markazi, test markazi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Hozirgi kunda universitetda 8778 talaba tahsil oladi. Bo‘lajak mutaxassislarga 36 nafar fan doktori va professorlar, 161 nafar fan nomzodi va dotsentlar fan asoslarini o‘rgatib kelmoqdalar.

Telefon:
(+998) 65-221-29-14
Sayt:
buxdu.uz
Pochta:
buxdu_rektor@buxdu.uz
Manzil:
Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Muhammad Iqbol ko‘chasi, 11- uy, pochta indeksi: 200118

Buxoro davlat universiteti Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma
1. Agrokimyo va agrotuproqshunoslik

Biologiya / Kimyo

5 / 20

112.3 85.1
2. Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari bo‘yicha)

Biologiya / Kimyo

5 / 20

86.8 63.1
3. Amaliy matematika

Matematika / Fizika

15 / 35

157.4 114.2
4. Arxeologiya

Tarix / Geografiya

5 / 20

145.6 100.3
5. Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

Matematika / Fizika

10 / 15

135.5 101.8
6. Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar

Ijodiy (kasbiy) / Chet tili

5 / 20

119.3 56.8
7. Bank ishi va auditi

Matematika / Chet tili

5 / 20

153 109.5
8. Biologiya (turlari bo‘yicha)

Biologiya / Kimyo

15 / 20

137.2 131.9
9. Biotexnologiya (tarmoqlar bo‘yicha)

Biologiya / Kimyo

10 / 15

122.4 111.3
10. Biznesni boshqarish (qishloq xo‘jaligida)

Matematika / Chet tili

5 / 20

101.2 57
11. Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)

Matematika / Chet tili

5 / 20

165.6 110.3
12. Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi

Biologiya / Kimyo

5 / 20

111 80.9
13. Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

Kimyo / Biologiya

5 / 20

104.2 94.7
14. Elektronika va asbobsozlik (tarmoqlar bo‘yicha)

Fizika / Matematika

5 / 20

70.8 60.2
15. Falsafa (yo‘nalishlar bo‘yicha)

Tarix / Ona tili va adabiyoti

5 / 20

123.3 71
16. Filologiya va tillarni o‘qitish: fransuz tili

Fransuz tili / Ona tili va adabiyoti

10 / 20

116.7 79.4
17. Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili

Ingliz tili / Ona tili va adabiyoti

15 / 45

181.6 164.6
18. Filologiya va tillarni o‘qitish: nemis tili

Nemis tili / Ona tili va adabiyoti

20 / 20

90.4 60.1
19. Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili

O‘zbek tili va adabiyoti / Chet tili

30 / 45

152.5 125
20. Fizika

Fizika / Matematika

10 / 20

132.1 76.7
21. Geografiya

Geografiya / Matematika

15 / 20

99.7 76.7
22. Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: fransuz tili

Fransuz tili / Ona tili va adabiyoti

5 / 10

99.8 73.6
23. Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: ingliz tili

Ingliz tili / Ona tili va adabiyoti

16 / 14

168.5 158.9
24. Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: nemis tili

Nemis tili / Ona tili va adabiyoti

5 / 10

87.2 63.4
25. Ijtimoiy ish: oila va bolalar bilan ishlash

Biologiya / Ona tili va adabiyoti

5 / 18

117.7 84.9
26. Ijtimoiy ish: oila va bolalar bilan ishlash-Buxoro viloyati

Biologiya / Ona tili va adabiyoti

2 / 0

0 0
27. Inson resurslarini boshqarish

Matematika / Chet tili

5 / 20

113.8 70.6
28. Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

Matematika / Chet tili

7 / 18

170.2 137.7
29. Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish

Biologiya / Kimyo

5 / 20

90.1 59.7
30. Jurnalistika: bosma ommaviy axborot vositalari jurnalistikasi

Ijodiy (kasbiy) / Chet tili

5 / 20

106 66.8
31. Kimyo (turlari bo‘yicha)

Kimyo / Matematika

15 / 20

95.7 71.6
32. Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha)

Matematika / Fizika

20 / 30

125.6 95.5
33. Logistika (agrologistika)

Matematika / Chet tili

5 / 20

128.6 73.9
34. Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish

Tarix / Ona tili va adabiyoti

5 / 20

114.4 71.4
35. Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

Matematika / Chet tili

5 / 20

141.7 87.3
36. Matematika

Matematika / Fizika

15 / 35

157.6 118.5
37. Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik: o‘zbek tili

O‘zbek tili va adabiyoti / Chet tili

5 / 20

131.1 108.7
38. Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish

Matematika / Chet tili

5 / 20

122.2 75.1
39. Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

Matematika / Chet tili

5 / 20

152.8 87.4
40. Mexanika va matematik modellashtirish

Fizika / Matematika

10 / 15

85 66.2
41. Moliya va moliyaviy texnologiyalar

Matematika / Chet tili

5 / 20

158.3 86
42. Neft va gaz kimyosi

Kimyo / Matematika

5 / 20

70.5 61.9
43. O‘rmonchilik (o‘rmonchilar va ularning farzandlari uchun)

Biologiya / Kimyo

1 / 0

0 0
44. O‘rmonchilik va aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirish

Biologiya / Kimyo

4 / 20

95.3 57
45. O‘simliklar karantini va himoyasi

Kimyo / Biologiya

5 / 20

93.8 67.6
46. Psixologiya: amaliy psixologiya

Biologiya / Ona tili va adabiyoti

10 / 40

145.9 99.7
47. Psixologiya: oila psixologiyasi

Biologiya / Ona tili va adabiyoti

5 / 20

119.4 86.3
48. Psixologiya: sport psixologiyasi

Biologiya / Ona tili va adabiyoti

5 / 20

108 83.9
49. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha)

Kimyo / Biologiya

10 / 15

77.9 67.1
50. Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

Matematika / Chet tili

5 / 20

158.6 82.7
51. San'atshunoslik: musiqashunoslik

Ijodiy (kasbiy) / Ijodiy (kasbiy)

2 / 23

136.9 57.9
52. San'atshunoslik: tasviriy va amaliy san'at

Ijodiy (kasbiy) / Ijodiy (kasbiy)

3 / 22

142.1 67.6
53. Siyosatshunoslik

Tarix / Chet tili

5 / 20

175.3 153.3
54. Sotsiologiya

Matematika / Ona tili va adabiyoti

5 / 20

94.9 71.8
55. Sport faoliyati: basketbol

Ijodiy (kasbiy) / Ijodiy (kasbiy)

2 / 13

119.8 67.4
56. Sport faoliyati: boks

Ijodiy (kasbiy) / Ijodiy (kasbiy)

2 / 12

170.3 90
57. Sport faoliyati: dzyudo

Ijodiy (kasbiy) / Ijodiy (kasbiy)

2 / 13

173.6 72.3
58. Sport faoliyati: erkin kurash

Ijodiy (kasbiy) / Ijodiy (kasbiy)

2 / 14

144.4 73.8
59. Sport faoliyati: futbol

Ijodiy (kasbiy) / Ijodiy (kasbiy)

3 / 22

141.1 83.4
60. Sport faoliyati: kurash

Ijodiy (kasbiy) / Ijodiy (kasbiy)

2 / 12

132.8 118.3
61. Sport faoliyati: qo‘l to‘pi

Ijodiy (kasbiy) / Ijodiy (kasbiy)

3 / 12

78.3 59.9
62. Sport faoliyati: voleybol

Ijodiy (kasbiy) / Ijodiy (kasbiy)

2 / 12

174.7 121.6
63. Sport faoliyati: yengil atletika

Ijodiy (kasbiy) / Ijodiy (kasbiy)

2 / 13

88.3 74.3
64. Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

Matematika / Chet tili

5 / 20

137.7 61.3
65. Suv bioresurslari va akvakultura

Biologiya / Kimyo

5 / 20

89.4 57.2
66. Tarix (islom tarixi va manbashunosligi)

Tarix / Geografiya

5 / 20

159.2 111.1
67. Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)

Tarix / Geografiya

7 / 43

172.9 129
68. Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili

Ingliz tili / Ona tili va adabiyoti

10 / 25

171.8 153.9
69. Tarjima nazariyasi va amaliyoti: nemis tili

Nemis tili / Ona tili va adabiyoti

5 / 10

85.8 56.8
70. Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha )

Tarix / Chet tili

5 / 20

177.1 141.4
71. Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha)

/ Chet tili

5 / 45

181.5 157.4