Aniq javoblarni qaysi tashkilotdan so‘rash kerak

Aniq javoblarni qaysi tashkilotdan so‘rash kerak

So‘nggi vaqtlarda Bilimni baholash agentligiga Agentlik vakolatiga kirmaydigan ayrim masalalar yuzasidan murojaatlar soni ko‘paymoqda.

Shu sababli ushbu masalalar yuzasidan qaysi tashkilotlarga murojaat qilish kerakligi to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tmoqchimiz:

  • Bakalavriatga kirishdagi kasbiy (ijodiy) imtihonlar — oliy ta’lim muassasalari;
  • Magistratura mutaxassisliklariga qabul — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda oliy ta’lim muassasalari;
  • Klinik ordinaturaga qabul — Sog‘liqni saqlash vazirligi va tibbiyot oliy ta’lim muassasalari;
  • Ikkinchi mutaxassislikka qabul — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda oliy ta’lim muassasalari;
  • Davlat OTMlari o‘rtasida o‘qishni ko‘chirish — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda oliy ta’lim muassasalari;
  • Islom bilim yurtlariga qabul — O‘zbekiston musulmonlari idorasi va tegishli ta’lim muassasalari;
  • O‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi;
  • Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi.
Teglar:

O'xshash xabarlar