Arxitektura-qurilish universitetida ta’limning yangi shakli joriy etiladi

Arxitektura-qurilish universitetida ta’limning yangi shakli joriy etiladi

Prezident qarori bilan Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati yangicha asosda tashkil etiladi.

“Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyatida ta’lim tizimi samaradorligini oshirish va ilmiy tadqiqotlarning amaliyot bilan integratsiyasini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

2025-2026 o‘quv yilidan boshlab universitetda o‘qitishning dual ta’lim shakli joriy etiladi. Bu esa nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalar uyg‘unligida mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiladi.

Dual ta’lim dasturi kredit-modul tizimi asosida quyidagicha tashkil etiladi:

  • 1-kurs talabalari uchun – ta’lim dasturlarining 60 foizi auditoriyalarda, 40 foizi esa qurilish sanoati korxonalarida o‘tkaziladi;
  • 2-, 3- va 4-kurs talabalari uchun – 40 foiz auditoriyalarda, 60 foiz esa ishlab chiqarish amaliyotida amalga oshiriladi.

Qarorda universitet faoliyatining asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari belgilandi.

Teglar:

O'xshash xabarlar