Germaniya OTMda o‘zbekistonlik yoshlarga grantlar ajratiladi

O‘zbekiston elchisi Dilshod Axatov Germaniyaning Konrad Adenauer jamg‘armasining Yevropa va xalqaro aloqalar bo‘yicha bosh kotibi o‘rinbosari Gerxard Vallers bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Foto: "Dunyo" AA
Muloqot avvalida jamg‘armaning O‘zbekistondagi islohotlarga qo‘shgan hissasi, jumladan huquqiy davlat qurilishi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlari yuqori baholandi.
Tomonlar, shuningdek, ikki tomon o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari xususida fikr almashdi.
Bundan tashqari, qo‘shma tadbirlar tashkil etish, parlamentlararo delegatsiyalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, o‘zbekistonlik yoshlarga Germaniyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida magistratura va ilmiy tadqiqotlar uchun grantlar ajratish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.