Ikkinchi mutaxassislik uchun sirtqi ta’lim shakli saqlanib qolinadimi? Yoki unda ham yopildimi?

Ikkinchi mutaxassislik uchun sirtqi ta’lim shakli saqlanib qolinadimi? Yoki unda ham yopildimi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati rahbari sirtqi ta’lim shakli tugatilishi yuzasidan fuqarolar va jamoatchilikdan kelib tushayotgan savollarga javob berdi.

JAVOB: 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab ta’limning sirtqi shakliga qabul to‘liq tugatilishi ta’limning barcha yo‘nalishlariga, jumladan, ikkinchi mutaxassislikka ham taalluqlidir.

Shu munosabat bilan, ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha ham sirtqi ta’lim shaklida yangi qabul amalga oshirilmaydi. Ushbu yo‘nalishda ta’lim olishni istovchilar uchun kunduzgi, masofaviy yoki kechki ta’lim shakllarining mavjud ta’lim yo‘nalishlari tavsiya etiladi.

Shu bilan birga, avvalgi yillarda sirtqi ta’lim shaklida ikkinchi mutaxassislikka qabul qilingan shaxslar tahsilni belgilangan tartibda davom ettiradilar.

Teglar:

O'xshash xabarlar