Oliy ma’lumotli kadrlarga davlat buyurtmasi qanday shakllantiriladi?

Oliy ma’lumotli kadrlarga davlat buyurtmasi qanday shakllantiriladi?

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Oliy ma’lumotli kadrlarga davlat buyurtmasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Hujjat bilan 2025-2026 o‘quv yilidan boshlab quyidagilar belgilandi:

  • oliy ma’lumotli kadrlarga davlat buyurtmasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimidagi maxsus elektron platformada to‘plangan ma’lumotlar hamda mehnat bozoridagi talab tahlili asosida aniqlanadi;
  • kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj 4 yillik davrga shakllantiriladi va har yili mehnat bozoridagi o‘zgaruvchan tendensiyalar, mintaqalar ijtimoiy muassasalari va iqtisodiyot tarmoqlarining kadrlar bilan ta’minlanganligini hisobga olgan holda platformaga tegishli tuzatishlar kiritiladi.

Tasdiqlangan Nizom quyidagilarni belgilaydi:

  • davlat buyurtmasini shakllantirishda ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash hamda buyurtmani yuqori organlarga taqdim etish tartibi;
  • ish beruvchilarning oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash usullari;
  • iqtisodiyot tarmoqlarining mutanosib rivojlanishi maqsadida davlat buyurtmasini shakllantirishning ustuvor yo‘nalishlari.

Platformada quyidagi ma’lumotlar joylashtiriladi:

  • iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlarida rasmiy band bo‘lganlar soni;
  • davlat va nodavlat oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarining oliy o‘quv yurtini tugatgandan keyin faoliyat turlari bo‘yicha rasmiy ishga joylashishi;
  • mehnat resurslari balansi, mehnat bozoridagi bo‘sh ish o‘rinlari, iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha bandlik darajalari;
  • respublika hududida faoliyat yuritayotgan davlat, nodavlat va xorijiy oliy o‘quv yurtlari hamda ularning filiallari bitiruvchilari soni;
  • bakalavriat va magistratura dasturlari bo‘yicha o‘qitish uchun professor-o‘qituvchilar tarkibi va moddiy-texnik baza bo‘yicha mavjud resurslar hajmi.
Teglar:

O'xshash xabarlar