O‘zbekistonda 10 yil ichida OTM soni 153 taga koʻpaygan

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2024/2025 oʻquv yili boshiga Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan oliy taʼlim tashkilotlarining (filiallarni ham hisobga olganda) umumiy soni 222 tani tashkil etgan.
Bu koʻrsatkich 2015/2016 oʻquv yili boshiga nisbatan taqqoslaganda 153 taga yoki 3,2 barobarga ortgan.
Oliy taʼlim tashkilotlari soni yillar kesimida quyidagicha:
— 2015/2016 oʻquv yili – 69 ta;
— 2016/2017 oʻquv yili – 70 ta;
— 2017/2018 oʻquv yili – 72 ta;
— 2018/2019 oʻquv yili – 98 ta;
— 2019/2020 oʻquv yili – 119 ta;
— 2020/2021 oʻquv yili – 127 ta;
— 2021/2022 oʻquv yili – 154 ta;
— 2022/2023 oʻquv yili – 191 ta;
— 2023/2024 oʻquv yili – 219 ta;
— 2024/2025 oʻquv yili – 222 ta.