Sirtqi ta’limda tahsil olayotgan xodimlarga sessiya topshirish uchun oylik saqlangan ta’til beriladi

Sirtqi ta’limda tahsil olayotgan xodimlarga sessiya topshirish uchun oylik saqlangan ta’til beriladi

Oliy ta’lim muassasalari, texnikum yoki kollejlarda kechki yoki sirtqi ta’limda o‘qiyotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyalarida qatnashish uchun o‘rtacha ish haqi saqlangan holda quyidagi muddatlarda o‘quv ta’tillari beriladi:

  • Oliy ta’lim muassasalarida kechki ta’limda o‘qiyotgan 1-2-bosqich talabalariga – kamida 20 kun, texnikum yoki kollejlarda – kamida 10 kun, Oliy ta’lim muassasalari va texnikum yoki kollejlarda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlarga esa – kamida 30 kun;
  • Oliy ta’lim muassasalarida kechki ta’limda 3-4-bosqichlarda yoki undan yuqori kurslarda o‘qiyotganlarga – kamida 30 kun, texnikum yoki kollejlarda – kamida 20 kun, OTM va texnikum yoki kollejlarda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlarga esa kamida 40 kalendar kun.
Teglar:

O'xshash xabarlar