Oliy ta'lim muassasasi

Samarqand davlat chet tillar instituti

Tarjimonlik, Ingliz filologiyasi, Roman-german filologiyasi, Samarqand davlat chet tillar instituti

Mustaqillik hosilasi bo‘lgan Samarqand davlat chet tillar instituti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 8 noyabrdagi Farmoni bilan tashkil etilgan. Hozirda institut oliy va o‘rta maxsus taʼlim va  xalq taʼlimi sohalariga hamda turizm infratuzilmasiga yuqori malakali xorijiy filologiya mutaxassislari, shuningdek, gid-tarjimonlar tayyorlashning halqaro miqyosda eʼtirof etilgan nufuzli yirik markazlaridan biriga aylandi.

Yurtimizda dunyoni yangicha idrok etadigan, millat g‘ururi va haq-huquqi uchun kurashadigan, o‘z taqdirini xalqi, Vatani taqdiri bilan bir deb bilib, faoliyat ko‘rsatayotgan yangi avlod shakllanmoqda. Ular ham ajdodlar maʼnaviy merosini, ham umumbashariy qadriyatlarni barobar o‘zlashtirmoqdalar. Salohiyatli mutaxassis kadrlar - O‘zbekistonning ertangi kunini, millat kelajagini belgilaydi. Shu bois zamon talablariga javob beradigan yuksak madaniyatli, bilimdon yoshlarni tarbiyalash davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi.

Buning natijasi o‘laroq, institutda hozirda 3 fakultet, 16 kafedra, 4 til va madaniyat markazlari, mintaqaviy til o‘rgatish markazi, Taʼlim sifati taʼminoti va innovatsiyalar markazi, eng zamonaviy o‘quv va multimedia uskunalari bilan jihozlangan Axborot – resurs markazi mavjud.

Institutda 12 ta  yo‘nalishda bakalavriatura, 7 mutaxassislik bo‘yicha magistratura, 5 ixtisoslik bo‘yicha doktorantura faoliyat ko‘rsatmoqda. 350 nafar talabaga mo‘ljallangan zamonaviy talabalar turar joyi, 250 o‘rinli oshxona mavjud.

Samarqand davlat chet tillar instituti mustaqillik yillarida nafaqat viloyat, balki mintaqa uchun ilmiy-ijtimoiy o‘ta muhim va eʼtiborga molik oliy taʼlim maskaniga aylandi.

Telefon:
(+998) 66-238-29-37
Sayt:
www.samdchti.uz
Pochta:
info@samdchti.uz
Manzil:
Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Bo‘stonsaroy ko‘chasi, 93- uy, pochta indeksi: 140104

Samarqand davlat chet tillar instituti Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma
1. Filologiya va tillarni o‘qitish: arab tili

15 / 35

158.55 134.4
2. Filologiya va tillarni o‘qitish: fransuz tili

12 / 168

149.1 66.15
3. Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili

51 / 209

166.95 119.7
4. Filologiya va tillarni o‘qitish: ispan tili

12 / 68

152.25 115.5
5. Filologiya va tillarni o‘qitish: italyan tili

12 / 22

154.35 128.66
6. Filologiya va tillarni o‘qitish: koreys tili

12 / 168

162.75 126
7. Filologiya va tillarni o‘qitish: nemis tili

12 / 168

148.05 93.45
8. Filologiya va tillarni o‘qitish: xitoy tili

12 / 118

154.35 109.2
9. Filologiya va tillarni o‘qitish: yapon tili

12 / 68

150.15 111.3
10. Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: ingliz tili

8 / 22

158.55 122.85
11. Jurnalistika: xalqaro jurnalistika

5 / 20

161.7 137.55
12. Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili)

30 / 55

159.6 122.85
13. Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili

42 / 88

155.4 110.25
14. Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili

91 / 315

165.9 118.65
15. Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili (Ishtixon tumani)

3 / 0

156.45 0
16. Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili (Kattaqo`rg`on tumani)

4 / 0

152.25 0
17. Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili (Nurobod tumani)

19 / 0

116.55 0
18. Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili (Paxtachi tumani)

1 / 0

175.35 0
19. Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili (Payariq tumani)

1 / 0

168 0
20. Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili (Qo`shrabot tumani)

16 / 0

142.57 0