Oliy ta'lim muassasasi

Samarqand davlat chet tillar instituti

Tarjimonlik, Ingliz filologiyasi, Roman-german filologiyasi, Samarqand davlat chet tillar instituti

Mustaqillik hosilasi bo‘lgan Samarqand davlat chet tillar instituti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 8 noyabrdagi Farmoni bilan tashkil etilgan. Hozirda institut oliy va o‘rta maxsus taʼlim va  xalq taʼlimi sohalariga hamda turizm infratuzilmasiga yuqori malakali xorijiy filologiya mutaxassislari, shuningdek, gid-tarjimonlar tayyorlashning halqaro miqyosda eʼtirof etilgan nufuzli yirik markazlaridan biriga aylandi.

Yurtimizda dunyoni yangicha idrok etadigan, millat g‘ururi va haq-huquqi uchun kurashadigan, o‘z taqdirini xalqi, Vatani taqdiri bilan bir deb bilib, faoliyat ko‘rsatayotgan yangi avlod shakllanmoqda. Ular ham ajdodlar maʼnaviy merosini, ham umumbashariy qadriyatlarni barobar o‘zlashtirmoqdalar. Salohiyatli mutaxassis kadrlar - O‘zbekistonning ertangi kunini, millat kelajagini belgilaydi. Shu bois zamon talablariga javob beradigan yuksak madaniyatli, bilimdon yoshlarni tarbiyalash davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi.

Buning natijasi o‘laroq, institutda hozirda 3 fakultet, 16 kafedra, 4 til va madaniyat markazlari, mintaqaviy til o‘rgatish markazi, Taʼlim sifati taʼminoti va innovatsiyalar markazi, eng zamonaviy o‘quv va multimedia uskunalari bilan jihozlangan Axborot – resurs markazi mavjud.

Institutda 12 ta  yo‘nalishda bakalavriatura, 7 mutaxassislik bo‘yicha magistratura, 5 ixtisoslik bo‘yicha doktorantura faoliyat ko‘rsatmoqda. 350 nafar talabaga mo‘ljallangan zamonaviy talabalar turar joyi, 250 o‘rinli oshxona mavjud.

Samarqand davlat chet tillar instituti mustaqillik yillarida nafaqat viloyat, balki mintaqa uchun ilmiy-ijtimoiy o‘ta muhim va eʼtiborga molik oliy taʼlim maskaniga aylandi.

Telefon:
(+998) 66-238-29-37
Sayt:
www.samdchti.uz
Pochta:
info@samdchti.uz
Manzil:
Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Bo‘stonsaroy ko‘chasi, 93- uy, pochta indeksi: 140104

Samarqand davlat chet tillar instituti Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma
1. Filologiya va tillarni o‘qitish: arab tili

Chet tili / Ona tili va adabiyoti

15 / 35

161 135.7
2. Filologiya va tillarni o‘qitish: fransuz tili

Fransuz tili / Ona tili va adabiyoti

10 / 40

104 65.9
3. Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili

Ingliz tili / Ona tili va adabiyoti

54 / 260

176.1 148.5
4. Filologiya va tillarni o‘qitish: ispan tili

Chet tili / Ona tili va adabiyoti

10 / 40

143.4 104.3
5. Filologiya va tillarni o‘qitish: italyan tili

Chet tili / Ona tili va adabiyoti

15 / 35

142 102.1
6. Filologiya va tillarni o‘qitish: koreys tili

Chet tili / Ona tili va adabiyoti

13 / 72

162.3 114.7
7. Filologiya va tillarni o‘qitish: nemis tili

Nemis tili / Ona tili va adabiyoti

27 / 58

84 56.8
8. Filologiya va tillarni o‘qitish: turk tili

Chet tili / Ona tili va adabiyoti

5 / 25

150.6 108.9
9. Filologiya va tillarni o‘qitish: xitoy tili

Chet tili / Ona tili va adabiyoti

15 / 85

151.6 98.9
10. Filologiya va tillarni o‘qitish: yapon tili

Chet tili / Ona tili va adabiyoti

15 / 60

148.3 101.9
11. Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: ingliz tili

Ingliz tili / Ona tili va adabiyoti

11 / 23

169.7 149.5
12. Jurnalistika: xalqaro jurnalistika

Ijodiy (kasbiy) / Chet tili

5 / 25

127.4 95.1
13. Kompyuter lingvistikasi

Ona tili va adabiyoti / Matematika

5 / 25

127 107
14. Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili)

Ingliz tili / Ona tili va adabiyoti

19 / 31

165.7 143.1
15. O‘zbek tili va adabiyoti

O‘zbek tili va adabiyoti / Chet tili

10 / 40

143.9 120.7
16. Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili

Ingliz tili / Ona tili va adabiyoti

36 / 24

167.4 148.3
17. Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili

Ingliz tili / Ona tili va adabiyoti

103 / 315

170.8 147.3
18. Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili-Kattaqo'rg'on tumani

Ingliz tili / Ona tili va adabiyoti

4 / 0

166.6 0
19. Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili-Narpay tumani

Ingliz tili / Ona tili va adabiyoti

1 / 0

169.5 0
20. Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili-Nurobod tumani

Ingliz tili / Ona tili va adabiyoti

11 / 0

144.1 0
21. Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili-Paxtachi tumani

Ingliz tili / Ona tili va adabiyoti

1 / 0

176 0
22. Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili-Payariq tumani

Ingliz tili / Ona tili va adabiyoti

2 / 0

170.7 0
23. Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili-Qo'shrabot tumani

Ingliz tili / Ona tili va adabiyoti

6 / 0

110.4 0
24. Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili-Urgut tumani

Ingliz tili / Ona tili va adabiyoti

7 / 0

151.5 0