Oliy ta'lim muassasasi

Samarqand davlat chet tillar instituti

Tarjimonlik, Ingliz filologiyasi, Roman-german filologiyasi, Samarqand davlat chet tillar instituti

Mustaqillik hosilasi bo‘lgan Samarqand davlat chet tillar instituti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 8 noyabrdagi Farmoni bilan tashkil etilgan. Hozirda institut oliy va o‘rta maxsus taʼlim va  xalq taʼlimi sohalariga hamda turizm infratuzilmasiga yuqori malakali xorijiy filologiya mutaxassislari, shuningdek, gid-tarjimonlar tayyorlashning halqaro miqyosda eʼtirof etilgan nufuzli yirik markazlaridan biriga aylandi.

Yurtimizda dunyoni yangicha idrok etadigan, millat g‘ururi va haq-huquqi uchun kurashadigan, o‘z taqdirini xalqi, Vatani taqdiri bilan bir deb bilib, faoliyat ko‘rsatayotgan yangi avlod shakllanmoqda. Ular ham ajdodlar maʼnaviy merosini, ham umumbashariy qadriyatlarni barobar o‘zlashtirmoqdalar. Salohiyatli mutaxassis kadrlar - O‘zbekistonning ertangi kunini, millat kelajagini belgilaydi. Shu bois zamon talablariga javob beradigan yuksak madaniyatli, bilimdon yoshlarni tarbiyalash davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi.

Buning natijasi o‘laroq, institutda hozirda 3 fakultet, 16 kafedra, 4 til va madaniyat markazlari, mintaqaviy til o‘rgatish markazi, Taʼlim sifati taʼminoti va innovatsiyalar markazi, eng zamonaviy o‘quv va multimedia uskunalari bilan jihozlangan Axborot – resurs markazi mavjud.

Institutda 12 ta  yo‘nalishda bakalavriatura, 7 mutaxassislik bo‘yicha magistratura, 5 ixtisoslik bo‘yicha doktorantura faoliyat ko‘rsatmoqda. 350 nafar talabaga mo‘ljallangan zamonaviy talabalar turar joyi, 250 o‘rinli oshxona mavjud.

Samarqand davlat chet tillar instituti mustaqillik yillarida nafaqat viloyat, balki mintaqa uchun ilmiy-ijtimoiy o‘ta muhim va eʼtiborga molik oliy taʼlim maskaniga aylandi.

Telefon:
(+998) 66-238-29-37
Sayt:
www.samdchti.uz
Pochta:
info@samdchti.uz
Manzil:
Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Bo‘stonsaroy ko‘chasi, 93- uy, pochta indeksi: 140104

Samarqand davlat chet tillar instituti Qabul kvotalari va kirish ballari 2024

Mutaxassislik Qabul Grant Shartnoma
1. Filologiya va tillarni o‘qitish: arab tili

15 / 35

128.4 98.1
2. Filologiya va tillarni o‘qitish: fransuz tili

12 / 118

92.1 56.8
3. Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili

51 / 134

173.8 142
4. Filologiya va tillarni o‘qitish: ispan tili

12 / 43

107.1 57.2
5. Filologiya va tillarni o‘qitish: italyan tili

12 / 23

114.1 57.3
6. Filologiya va tillarni o‘qitish: koreys tili

12 / 118

140.1 82.2
7. Filologiya va tillarni o‘qitish: nemis tili

12 / 118

100 56.7
8. Filologiya va tillarni o‘qitish: xitoy tili

12 / 68

121.2 66.8
9. Filologiya va tillarni o‘qitish: yapon tili

12 / 43

117.3 68.3
10. Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: ingliz tili

15 / 15

166.6 147.5
11. Jurnalistika: xalqaro jurnalistika

5 / 20

100.6 56.9
12. Kompyuter lingvistikasi

5 / 20

132.3 107.6
13. Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili)

30 / 50

156.9 120.1
14. O‘zbek tili va adabiyoti

5 / 20

156.3 116.5
15. Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili

42 / 38

160.1 135.6
16. Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili

96 / 315

169.5 127.2
17. Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili-Ishtixon tumani

2 / 0

165.3 0
18. Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili-Kattaqo'rg'on tumani

5 / 0

140.4 0
19. Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili-Narpay tumani

3 / 0

102.6 0
20. Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili-Nurobod tumani

9 / 0

144 0
21. Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili-Paxtachi tumani

1 / 0

163.4 0
22. Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili-Payariq tumani

5 / 0

135.6 0
23. Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili-Qo'shrabot tumani

5 / 0

104.4 0
24. Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili-Urgut tumani

9 / 0

142.1 0