Doktorantura va boshqa ilmiy tadqiqot yo‘nalishlariga qabul kvotasi tasdiqlandi

Doktorantura va boshqa ilmiy tadqiqot yo‘nalishlariga qabul kvotasi tasdiqlandi

Oliy ta’limdan keyingi ta’limning barcha shakllari va stajyor-tadqiqotchilik uchun hujjatlar qabuli 2025 yil 5 noyabrgacha davom etadi.

2026 yil uchun stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura, doktoranturaga ilmiy kadrlarni tayyorlash bo‘yicha qabul kvotasi tasdiqlandi.

Yuqoridagi barcha yo‘nalishlarga 5300 ta kvota ajratilgan bo‘lib, shundan 4094 tasi tayanch doktorantura, 714 tasi doktorantura, 398 tasi stajyor-tadqiqotchi yo‘nalishlariga beriladi. Maqsadli doktoranturaga (DSc va PhD) 76 ta o‘rin ajratiladi. Ekologiya sohasidagi xotin-qizlar uchun uch yo‘nalishga 18ta o‘rin beriladi.

Oliy ta’limdan keyingi ta’limning barcha shakllari va stajyor-tadqiqotchilik uchun hujjatlar qabuli 2025 yil 5 noyabrgacha davom etadi.

Mazkur yo‘nalishlardagi ta’lim ilmiy tashkilot va ta’lim muassasalarida davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Teglar:

O'xshash xabarlar