Qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun 6 500 ta qo‘shimcha kvota natijalari e’lon qilindi

Qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun 6 500 ta qo‘shimcha kvota natijalari e’lon qilindi

2026/2027-o‘quv yili uchun qoraqalpog‘istonlik abituriyentlarga ajratilgan qo‘shimcha 6 500 ta to‘lov-kontrakt o‘rni bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. Abituriyentlar natijalarini onlayn tarzda tekshirishlari mumkin.

Qo‘shimcha qabul Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining tegishli yo‘nalish va mutaxassisliklar bo‘yicha shakllantirilgan buyurtmasi asosida amalga oshirildi.

Mazkur 6 500 ta qo‘shimcha qabul parametri viloyatlardagi davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat yo‘nalishlariga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida ajratilgan.

Qo‘shimcha qabul parametrlari quyidagi talablarga javob bergan abituriyentlar hisobidan shakllantirildi:

  • davlat OTMlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tgan;

  • ro‘yxatdan o‘tish vaqtida doimiy yashash hududi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘lgan;

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi umumiy o‘rta, o‘rta maxsus yoki kasbiy ta’lim tashkilotini tamomlagan;

  • kirish imtihonlarida 56,7 ball va undan yuqori natija qayd etgan;

  • asosiy qabul yakunida talabalikka tavsiya etilmagan.

Tanlovni shakllantirishda abituriyentlarning kirish imtihonida to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan.

Abituriyentlar qo‘shimcha qabul natijasini ikki usulda bilishi mumkin:

  • my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali;

  • mandat.uzbmb.uz saytida abituriyentning ID raqamini kiritish orqali.

Tanlov yakunlari bo‘yicha qaydnomalar talabalikka qabulni belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun tegishli oliy ta’lim tashkilotlariga yuboriladi.

Teglar:

O'xshash xabarlar