Moliyaviy mustaqil oliygohlar har yili 1 milliard so‘mgacha grant ajratadi

Moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalari har yili o‘zining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan miqdorda talabalarga grant ajratadi.
Grant kimlarga beriladi?
Grantlar GPA ko‘rsatkichi 3.3 dan yuqori bo‘lgan va tegishli ijtimoiy toifaga mansub talabalar uchun mo‘ljallangan. Bu toifalar ro‘yxati Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Grant miqdori qanday hisoblanadi?
GPA ko‘rsatkichiga qarab grant quyidagi foizlarda kontrakt summasining bir qismini qoplaydi:
-
3.3 – 3.39: to‘lov-kontrakt summasining 20%
-
3.4 – 3.49: to‘lov-kontrakt summasining 30%
-
3.5 – 3.59: to‘lov-kontrakt summasining 40%
-
3.6 – 3.69: to‘lov-kontrakt summasining 50%
-
3.7 – 3.79: to‘lov-kontrakt summasining 60%
-
3.8 – 3.89: to‘lov-kontrakt summasining 70%
-
3.9 – 3.99: to‘lov-kontrakt summasining 80%
Bu mablag‘ to‘lov-kontrakt summasining mos foizi miqdorida oliy ta’lim muassasasi tomonidan qoplanadi.
Ariza topshirish tartibi
-
Talabalar har yili 20-iyulgacha oliy ta’lim muassasasining rasmiy veb-sayti orqali ariza topshiradi.
-
Natijalar 5-sentyabrgacha e’lon qilinadi.